Mavzu. Korxonadagi ziddiyatlarning rivojlanish dinamikasi
Download 72.85 Kb.
|
4.KORXONADAGI ZIDDIYATLARNING RIVOJLANISH DINAMIKASI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nizoning kelib chiqishi va uning asosiy sabablari
- 6.6-chizma. Nizoli vaziyatlarni boshqarish usullari.
- Uzoqlashish.
MAVZU. KORXONADAGI ZIDDIYATLARNING RIVOJLANISH DINAMIKASI. Bu turdagi nizolar ayniqsa bir yo`nalishdagi boshqaruv guruhlari bilan shtabli boshqaruv guruhlari o`rtasida sodir bo`ladigan nizoli vaziyatlarda yaqqolroq ko`rinadi. Shtabli boshqaruv guruhlarida band bo`lganlar, odatda bir yo`nalishdagi boshqaruv guruhlarida band bo`lganlarga qaraganda yosh va iqtidorli kishilar bo`ladilar. Ular ko`pincha «ko`cha” so`zlari bilan muomala qilishni xush ko`radilar. Bu esa guruhlar o`rtasidagi muomalani jiddiylashtiradi. Bir yo`nalishdagi rahbarlar axborotlarni olish nuqtai-nazardan shtabli rahbarlarga tobe ekanliklarini pesh qilib, ular bergan tavsiyalarini rad etishlari mumkin. Nizoning kelib chiqishi va uning asosiy sabablari: Qo’pollik, andishasizlik – 24 %. Majburiyat va natijalarni taqsimlash – 30 %. Ko’ra olmaslik va baxillik – 12 % . Ehtiyotkorsizlik, intizomsizlik,jizzakilik,chiqisha olmaslik,sho’rtumshuqlik–34 %. Nizoli vaziyatlarni boshqarishning bir qator samarali usullari mavjud. Ularni quyidagi ikki yirik guruhga bo`lish mumkin (6.6-chizma). 6.6-chizma. Nizoli vaziyatlarni boshqarish usullari. Ta`kidlaganimizdek, rahbar nizoli vaziyatlarning kelib chiqish sabablarini faqat kishilar harakatlaridagi tafovutlardan deb bilmasligi kerak. Albatta, bu ham qandaydir aniq holatda nizoli vaziyatning vujudga kelishida muhim omil vazifasini bajarishi mumkin. Ammo u ta`sir etuvchi omillarning faqat bittasidir. SHu sababli, rahbar, eng avvalo nizoni keltirib chiqaruvchi omillarning tahlilini qilishi, so`ngra esa u yoki bu usulni qo`llash bo`yicha qaror qabul qilishi kerak. Nizoli vaziyatlarning oldini olish yoki ziddiyatni yumshatishning beshta strategik usuli ma`lum: Uzoqlashish. Komil inson janjaldan uzoqlashishga harakat qiladi. Kelishmovchilik avjiga chiqqanda u muhokamaga qatnashmaydi. Bunday usul nizoli vaziyatning echilishiga manfaatdor bo`lmagan va o`zaro munosabatlarning zohiriy yaxshiligicha qolishini istashgan hollarda tomonlar tarafidan qo`llaniladi. Bunday holatli ziddiyat hali etilmagan yoki ziddiyatga chiquvchilarning lavozim darajalari yaqin bo`lgan hollarda kuzatiladi. Agar ziddiyat sub`ektiv sabablar tufayli bo`lgan bo`lsa, u holda uzoqlashish strategiyasi ma`qul strategiyadir. Chunki u tomonlarga tinchlanishga, vaziyat ustida yana bir bor fikr-mulohaza yuritib, fahm-farosat ila anglab olish, oqibatda esa qarama-qarshilikka borishga, uni davom ettirishga hech qanday asos yo`q degan xulosaga kelishiga imkon beradi. Agar ziddiyat ob`yektiv sabablar tufayli yuzaga kelgan bo`lsa, uzoqlashish strategiyasi har ikkala tomonni mag’lubiyatga olib boradi. Chunki uzoqlashish davrida vaqt cho`ziladi, nizoli vaziyatni chaqiruvchi sabablar chuqurlashadi, qisqasi “yara gazak” oladi. Download 72.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling