Mavzu. Korxonadagi ziddiyatlarning rivojlanish dinamikasi


Download 72.85 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi72.85 Kb.
#1541977
1   2   3
Bog'liq
4.KORXONADAGI ZIDDIYATLARNING RIVOJLANISH DINAMIKASI.

Silliqlash. Bu usul kishilarni yaxshilikka undash yo`li bilan nizoni bartaraf qilishga qaratilgan. Ziddiyatli vaziyatda qarama-qarshi tomonlar bir-biri bilan xushmuomalali bo`lishga, arzimagan narsaga achchiqlanish, umuman, bir vaqtning o`zida birga suzayotgan qayiqni “qaltis tebratish” yaramasligiga chaqirishadi. Bunday usul ikkala tomondan bittasining lavozim darajasi yoki mavqei yuqori bo`lgan va u mazkur ziddiyat bo`yicha o`zini bahslashishga tushishni lozim deb bilmagan hollarda qo`llaniladi. Bunda ziddiyatga tushishdan voz kechgan tomon muxolifiga o`z istagiga erishish imkon bersa-da, ikala tomon o`rtasidagi dahshatli “yong’in” so`nadi va kelajakda ham yaxshi munosabat saqlanib qolishiga erishiladi.
Shu tariqa ishonch orqali vaziyat silliqlashadi.
Majburlash – bu tomonlardan birining xohish-irodasini, so`zini majburan, zo`rlab qabul qildirishdir. So`zini o`tkazmoqchi bo`lgan tomon qarshi tomonning fikri bilan hisoblashmaydi, uni inkor etadi. Bunday strategiyani qo`llaydigan tomon tajavvuzkorlik bilan o`z xohishini qarshi tomonga majburlab o`tkazadi. Bu usulni ko`proq rahbarlar qo`l ostida ishlaydiganlarga nistaban qo`llashadi. Majburlash strategiyasi tashabbusni bo`g’adi, korxonada “ruhiy iqlim”ning beqarorligiga olib keladi. Ayniqsa, bu usul yuqori malakali, nisbatan yosh mutaxassislarda nafrat uyg’otadi.
Kelishuv. Nizoli holatdan muvaffaqiyatli chiqishning eng muhim sharti – bu murosaga keli olishdir. Kelishuv Bilan nizolarni hal etish, bu yuqori baholanuvchi strategik usul bo`lib, bunda ikkala tomonni qanoatlantiruvchi echimga kelinadi.
Muammoni hal qilish. Bu usul barcha tomonlarni qanoatlantiruvchi echimni topish uchun nizoni chaqiruvchi sabablarni chuqur tahlil qilish va barchaning fikrlarini inobatga olishga asoslanadi. Bu usul tarafdorlari o`z maqsadiga boshqalar maqsadi orqali emas, balki nizoning eng oqilona echimini topish evaziga erishishni xohlaydilar.
Jamoaga a`zo bo`lgan har bir shaxsning qalbiga yo`l topa bilish rahbarning ish faoliyatida asosiy ahamiyatga ega. Buni bilgan rahbar o`z jamoasi ichida mehnat jarayonida vujudga keladigan har xil nizolarni jamoada jamoat tashkilotlari bilan birga, yuqori tashkilotlarga chiqarmasdan o`zida hal qilishga qodir bo`ladi.
Bunday rahbar o`z ishini to`g’ri tashkil qiladi, jamoa oldiga qo`yilgan maqsad va reja topshiriqlarini o`z vaqtida muvaffaqiyatli bajaradi. Jamoalarda sog’lom ruhiy iqlim yaratish uchun rahbar quyidagilarga, ya`ni:



har xil xodimning shaxsiy fazilatlariga:



yoshi, qobilyati, malakasi, iste`dodiga;



ishchilar o`rtasidagi hamjihatlikka;



o`zaro yordamni bir-biri bilan chambarchas bog’laydigan ijtimoiy aloqa maromiga;



raqobat muhitini tashkil qilinganiga;



korxonada pirovard natijalar uchun har bir xodimning m`uliyat sezish tuyg’usini mustahkamlanganlik darajasiga;



jamoa a`zolari ishining unumdorligiga;



motivlashtirish darajasi kabilarga

e`tibor berishi lozim.
Har bir nizoli vaziyatni rahbar bosiq, hovliqmasdan hal etishi kerak. Nizoli holatlarning oldini olish va undan muvaffaqiyatli chiqishning eng ishoncli vositasi – bu har bir kasbga xos xulqni, muomala madaniyatini shakllanib, sayqallanib mahorat darajasiga yetkazilganidir.
Nizoli holatdan muvaffaqiyatli chiqishning birinchi sharti – bu murosaga kela olishlikdir. Ikkinchi sharti – bu nizoli holatni aniq idrok etishdir. Ya’ni o’z izzatnafsini yengib o’tib, suhbatdoshidan kechirim so’rashdir.
Stress – inglizcha (stress) so`zidan olingan bo`lib, asabiylik, keskinlik degan ma`nolarni anglatadi.
Asabiylik turli jismoniy va aqliy ishlar haddan oshib ketishi, xavfli vaziyat tug’ilgan paytlarda, zarur choralarni zudlik bilan topishga majbur bo`lganda vujudga keladigan ruhiy holatdir. Bunday holatga tushgan kishilarga nisbatan: «u asabiylashdi” deb aytishadi. Shu ma`noda asabiy tushunchasi:

  • salga asabiylashaveradigan, bo`lar - bo`lmasga qizishib, tutaqib ketadigan, zardasi tez, jizzaki kishi;

  • asablarning kasalligi tufayli yuz bergan, asablarning faoliyatining buzilganligi natijasida yuzaga kelgan xastalik;

  • asablarning qo`zg’alishi bilan bog’liq holat (janjal, baqiriq-chaqiriq ) kabilar ma`nosida talqin qilinadi;

Kanadalak buyuk fiziolog Gans Sel’s asabiylashni odam yoki hayvon organizmining har qanday ta`sirga o`ziga xos munosib javob deb baholaydi. U uch bosqichga bo`linadi:

  1. Boshlang’ich ta`sirchanlik (emotsional) tuyg’usi (g’alayon); a`zoi badandagi kuchlarning safarbarlikka tortilishi.

  2. Qarshilik ko`rsatish bosqichi.

  3. Toliqish bosqichi.

Stress-bu oddiy va ko`p uchrovchi holat. Qattiq bezovta bo`lish, hayajon va uyqusizlikdan biz hammamiz uni sezamiz. Ozgina stresslarning ziyoni bo`lmasligi mumkin. Shuning uchun bir rahbar yoki xodim yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan va haddan tashqari asabiylashganlik darajasini bilmog’i lozim. Nol holatdagi asabiylashish bo`lishi mumkish emas. Ya`ni asabiylashmaydigan kishi mutlaqo yo`q. Tanida joni bor har qanday kishi u yoki bu darajadagi asabiylik holatiga tushadi. Ammo: haddan tashqari asabiylashishdan qochish kerak. Uning oqibati kutilmagan noxushlikka olib keladi.
Stresga duchor bo`lmaslik uchun xayrli ishlarni, masalan, mahalla, qarindoshurug’, ishda – ijodiy ishlarni ko`proq qilish kerak. Sabr-qanoatli bo`lish, har qanday mushkul vaziyatga tayyor bo`lish, har qanday mushkul vaziyatga tayyor bo`lish, o`zini chalg’itish lozim. Mashaqqatli mehnatni yaxshi dam bilan birga olib borish, hech bo`lmasa bir oz orom olish, tinchlanish kerak. Ishda xushfe`l, tavozelik bo`lish, o`zaro hurmat va xushmuomalali inson bo`lish kerak.
Srtessning sodir bo’lishiga asosan ikki yo’nalishdagi omillar sabab bo’ladi (6.2.6-chizma).

Download 72.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling