Ishning maqsadi korxonalarni davlat tomonidan tartibga solishni ko'rib chiqishdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
* korxonaga umumiy tavsif berish;
* davlatning tartibga solish funktsiyalarini ko'rib chiqish;
* Korxonalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish usullari va maqsadlarini ko'rib chiqing.
II Asosiy qism 2.1 Korxonalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish.
Avvalo soliqlar tizimi va soliqqa tortish tizimini bir-biridan farqini bilish zarur. Soliqlar tizimi mohiyati jihatdan bir xil, o’zaro bog’liq bo’lgan va markazlashgan pul fondiga hamda boshqa davlat fondlariga tushadigan soliq turlarining yig’indisidir. Qonun chiqaruvchi idoralar tomonidan belgilangan va ijrochi idoralar tomonidan undiriladigan soliqlarning tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillar yig’indisiga soliqqa tortish tizimi deb ataladi. Demak, bu yerda tizim iqtisodiy kategoriyani o’z ichiga oladi. U asosan soliq undirishni tashkil etish masalalarini o’rgatadi. Bu tizimning roli va tuzilishi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi bilan aniqlanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig’imlar, bojlar va majburiy to’lovlar hamda ularning tuzilish tamoyillari, usullari, soliq nazoratining yig’indisi soliq tizimini tashkil etadi. Bu ta‘rif soliq tizimini keng ma‘noda tushunish demakdir.
O’zbekiston Respublikasi Soliqlar tizimi umumdavlat soliqlari, mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tizimidan iborat.
Soliq Kodeksining 23-moddasida e‘tirof etilganidek, O’zbeksiton Respublikasi hududida amal qiladigan soliqlarni va majburiy to’lovlarni quyidagi guruhlarga ajratib o’rganish mumkin.
Soliqlar soliq solish ob‘ektiga qarab to’rt guruhga bo’linadi:
1. Oborotdan olinadigan soliqlar.
2. Daromaddan olinadigan soliqlar.
3. Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar.
4. Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |