Mavzu: Korxonalarda innovatsion portfelni boshqarish samaradorligini oshirish. Reja


yil I yarim yillik natijalariga ko‘ra


Download 68.89 Kb.
bet3/7
Sana08.03.2023
Hajmi68.89 Kb.
#1254061
1   2   3   4   5   6   7
2020 yil I yarim yillik natijalariga ko‘ra, pandemiyaning O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatiga ta’siri nisbatan yumshoq o‘tmoqda. «O‘zavtosanoat» AJ tarkibiga kiruvchi korxonalarning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2020 yilning yanvar-iyun oylarida 16,9 trln. so‘mga yetib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108,9 foizni tashkil etdi. Mazkur davrda yengil avtomobillarni ishlab chiqarish hajmi deyarli 20 foizga ortdi, lekin avtobus va yuk avtotransporti ishlab chiqarish hajmi 32 foizga kamaydi.
O‘zbekistonda investitsion dasturlar 2020 yil 9 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–4563-son Prezident qarori bilan tasdiqlangan. Qarorga asosan, O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturida 850,5 trln so‘m investitsiyalar, shu jumladan, 35,5 mlrd AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan. Undan tashqari 2020 yilda 206 ta yangi ishlab chiqarish quvvatlari va 31 mingdan ziyod ish o‘rinlari yaratilishini nazarda tutuvchi yirik ishlab chiqarish ob’yektlari va quvvatlarini ishga tushirish manzilli dasturi ko‘rsatilgan.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar
Jumladan, mashinasozlik sohasida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar quyidagilardan iborat:

  1. “O‘zavtosanoat” AJ tizimida 2017-2019 yillarda jami 27,1 million AQSh dollarlik investitsion loyihalar amalga oshirilgan, shu jumladan, 17,3 million AQSh dollari o‘z mablag‘lari va 9,8 million AQSh dollari bank kreditlari hisobiga. Investitsion loyihalar Andijon viloyatida (avtomat uzatmali Spark avtomobili ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish), Farg‘ona viloyatida («Avtooyna» MChJda yangi oynani chiniqtirish va oldindan ishlov berish liniyasida xavfsiz avtomobil oynalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish), Toshkent viloyatining Bekobod tumanida (ikki va uch g‘ildirakli mototsikllar ishlab chiqarishni tashkil etish) amalga oshirildi. 2017 yilda amalga oshirilgan investitsion loyihalar natijasida 60 ta ishchi o‘rni yaratildi. 2019 yilda bu ko‘rsatkich esa 140 ishchi o‘rnini tashkil etdi.

Yirik soha uchun yangi ish o‘rinlarining kamligi avvalgi yillarda me’yordan ortiq ishchi-xodimlar ishga olingani bilan izohlanadi. Soha korxonalarida ushbu xodimlarning bir qismini yangi ishlab chiqarish bo‘linmalariga o‘tkazish tizimi joriy etilgan.
Hozirgi kunda 2019-2023 yillarga rejalashtirilgan 5 ta investitsion loyiha doirasida qariyb 667 million AQSh dollari o‘zlashtirilishi rejaga kiritilgan. Shu jumladan, 2020 yil yakuniga qadar 107,2 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilishi kutilmoqda.
Loyiha №1. 2019-2023 yillarda umumiy qiymati 50 million AQSh dollari bo‘lgan korxonalarni modernizatsiya qilish va eskirgan texnologik asbob-uskunalar hamda qoliplarni yangilash loyihasi.
Ushbu Loyiha bo‘yicha, biznes reja ishlab chiqilgan, «O‘zavtosanoat» AJ tarkibiga kiruvchi korxonalardagi yangilanishi lozim uskunalar ro‘yxati belgilangan. Texnologik uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar 2020 yil davomida bosqichma-bosqich tuziladi. 2021-2023 yillarda uskunalarni ishlab chiqarish, manzilgacha yetkazish va o‘rnatish ishlari olib boriladi.

Download 68.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling