Mavzu: Korxonalarda innovatsion portfelni boshqarish samaradorligini oshirish. Reja


Download 68.89 Kb.
bet5/7
Sana08.03.2023
Hajmi68.89 Kb.
#1254061
1   2   3   4   5   6   7
2 yilda ikkita investitsion loyiha

  1. «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ tomonidan 2017-2019 yillar mobaynida faqat ikkita investitsion loyiha amalga oshirilgan.

Birinchi loyiha «Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi» AJ korxonasini modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlash bo‘lib, 13,6 million AQSh dollari sarflangan va 100 ishchi o‘rni yaratilgan. Qayta jihozlash sababli universal paxta kultivator, chizel kultivator, mexanik bug‘doy ekish seyalka, kanal qazigich, tekislagich, ozuqabob ekinlarni yig‘ish kosilkasi, to‘rt qatorlik pnevmatik seyalka kabi qishloq xo‘jaligiga zarur keng turdagi tirkama va osma qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarilgan.
Ikkinchi loyiha «Amkodor-Agrotexmash» MChJ Qo‘shma korxonasida qurilish texnikasini ishlab chiqarish loyihasi bo‘lib, 35 kishi ish bilan ta’minlangan. Texnik iqtisodiy asosga ko‘ra, 2 million AQSh dollari hajmidagi bank krediti va 2,5 million AQSh dollari xorijiy investitsiya jalb etilishi ko‘zda tutilgan, lekin loyiha qiymati 2,26 mln. dollargacha qisqarib, «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyatining o‘z mablag‘lari hisobiga yakunlangan.
2020-2021 yillarga esa «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ tomonidan umumiy qiymati 44,9 mln. dollar bo‘lgan ikkita yirik investitsion loyiha amalga oshirilmoqda.
Loyiha №1. Umumiy qiymati 41 million AQSh dollari bo‘lgan metall buyumlarni quyish zamonaviy sexini ishga tushirish.
Hozirgi kunga qadar "GEMCO« (Gollandiya) kompaniyasi bilan umumiy qiymati 20,2 mln. yevrolik shartnoma imzolandi, uskunalar uchun avans to‘lovi amalga oshirildi. Uskunalarning birinchi qismi joriy yilning sentyabr oyida yetkazib berilishi kutilmoqda. Investitsiya loyihasining texnik iqtisodiy asosi ishlab chiqildi va moliyalashtirish uchun “Asaka” bankiga taqdim qilindi. Hozirda loyiha doirasida moliyalashtirishni ochish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Loyihaning birinchi bosqichida 2020 yilning so‘ngiga qadar yiliga 12 ming tonna metallni qayta ishlash yo‘lga qo‘yiladi. Loyihaning yakuniy qayta ishlash quvvati 30 ming tonnaga yetkaziladi.

Download 68.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling