Mavzu: Korxonalarda materiallardan samarali foydalanish tahlili Kirish


Material resurslarning shartnomalar bilan ta’minlanganligi va haqiqatda bajarilishini tahlil qilish uchun quyidagi jadvalni tuzamiz (1-jadval)


Download 96.07 Kb.
bet6/13
Sana17.06.2023
Hajmi96.07 Kb.
#1551281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1 Korxonaning materiallar bilan ta’minlanganligi va samarali fo

Material resurslarning shartnomalar bilan ta’minlanganligi va haqiqatda bajarilishini tahlil qilish uchun quyidagi jadvalni tuzamiz (1-jadval). 1-jadval
Material resurslarning shartnomalar bilan ta’minlanganligi va haqiqatda bajarilishi

Materiallar nomi

Rejaviy ehtiyoj, tonna

Ehtiyojlarni qoplash manbalari, tonna

Shartno-malar tuzish, tonna

Yetkazib beruvchi-lardan kelib tushdi, tonna

Ehtiyojlar-ning shartnoma-lar bilan ta’minlan-ganligi,%

Shart-nomalar-ning bajarili-shi,
%

ichki

tashqi

A

1

2

3

4

5

6=gr.4:gr.3

7=gr.5:gr.4

Saralangan konstruksion po‘lat

1100

300

800

700

650

87,5

92,8

Ingichka listli po‘lat

160

-

160

150

150

93,7

100,0

Mis prokat

1800

100

1700

1450

1450

85,3

100,0

Latun prokat

400

30

370

360

350

97,3

97,2

1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, sifatli po‘lat materialiga ehtiyoj rejasi yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar hamda ichki qoplash manbalari bilan to‘liq ta’minlanmagan.


Reja bo‘yicha ta’minlanganlik koeffitsiyenti:
Kt.r = (300 + 700) : 1100 = 0,909.
Haqiqatda yetkazib berish rejasi 86,3 % ga bajarilgan.
Kt.r = (650 + 300) : 1100 = 0,863.
Ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlashda ombor zaxiralarini to‘ldirishni to‘g‘ri tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir nomlanishdagi materiallar bo‘yicha me’yorlar o‘rnatilgan bo‘lishi va shu doirada ushbu zaxiralar o‘zining maksimal miqdoridan minimal miqdorigacha tebranishi lozim.
Korxonaning moddiy qimmatliklar zaxirasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: normal saqlash zaxiralari – joriy va sug‘urta (ehtiyot); texnologik va mavsumiy zaxiralar.
Zaxiraning maksimal me’yoriga sanab o‘tilgan tarkibiy qismlarning barchasi kiradi va u materiallarning navbatdagi partiyasi kelib tushgan vaqtdagi zaxiralar holatini aks ettiradi. Minimal me’yor­ga joriy zaxira kiritilmaydi. Bu me’yor joriy zaxira to‘liq sarflangan va yetkazmalarning keyingi partiyasi kelib tushishi kutilayotgan davrdagi zaxiralar holatini aks ettiradi.
Korxonaning moddiy qimmatliklar zaxirasi (resurslar qiymati) ham yildan-yilga ortib bormoqda, moddiy resurslarni tayyorlash va qazib chiqarishdagi xarajatlar ham ortib bormoqda. Shu sababli ularni tayyorlash, qazib chiqarish hisobiga ko`paytirish o`rniga, ularni ishlab chiqarishda tejash orqali miqdorini orttirish samarali hisoblanadi. Sanoat korxonalarida moddiy resurslarni tejash, ularni yangisini olishga qaraganda 2-4 marta arzonroq tushadi. Shu sababli, ularni tejashda samarali foydalanishga katta e`tibor qaratish lozim. Har qanday korxona o`z faoliyatida asosiy e`tiborni moddiy resurslardan foydalanishga qaratishi kerak, chunki moddiy resurslar korxona ishlab chiqaradigan mahsulotlar asosini tashkil qiladi. Shu sababli ulardan samarali foydalanish korxonadagi boshqaruvning barcha yo`nalishlari, sohalari va darajalari faoliyatida asosiy maqsad sifatida qabul qilinadi. Ishlab chiqarish korxonalarida moddiy, xom ashyo ta`minotining asosiy vazifasi quyidagilardan iboratdir: 1. Ishlab chiqarishni xom ashyo bilan uzluksiz ta`minlash. 2. Yordamchi materiallardan samarali foydalanish. 3. Yonilg`i va elektroenergiyani o`z vaqtida yetkazib berish. 4. Butlovchi qismlar ta`minoti Shu bilan birgalikda moddiy, xom ashyo ta`minoti resurslardan samarali foydalanishni, ularni qabul qilish, omborlarga joylashtirish va saqlashni nazarda tutadi.
Tahlilda har bir nomlanishdagi materiallar ishlab chiqarish uchun sarflash kunlarida ifodalangan zaxiraning minimal me’yori bilan taqqoslanadi. Shu maqsadda quyidagi shaklli analitik jadval qo‘llaniladi (2-jadval).

Download 96.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling