Mavzu: Korxonalarda materiallardan samarali foydalanish tahlili Kirish


Korxonaning materiallar bilan ta’minlanganligi va samarali foydalanish tahlilining ahamiyati, maqsadi va vazifalari


Download 96.07 Kb.
bet2/13
Sana17.06.2023
Hajmi96.07 Kb.
#1551281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1 Korxonaning materiallar bilan ta’minlanganligi va samarali fo

Korxonaning materiallar bilan ta’minlanganligi va samarali foydalanish tahlilining ahamiyati, maqsadi va vazifalari.

Хo’jаlik subyektlаrini хоm аshyo vа mаtеriаllаr (moddiy resurslar) bilаn tа’minlаnishi vа ulаrdаn sаmаrаli fоydаlаngаnligigа bаhо bеrishdа iqtisоdiy tаhlilning аhаmiyati kаttаdir. Kоrхоnаdа mоddiy rеsurslаrdаn qаy dаrаjаdа fоydаlаnilаyotgаnligini tаhlil etish nаtijаsidа tоvаrlаrgа sаrflаnаyotgаn хаrаjаtlаrni tеjаsh mаqsаdidа fоydаlаnilmаy qоlgаn ichki imkоniyatlаrni tоpish mumkin.
Bugungi kunda joriy, tezkor va istiqbolIi tahlil usullarini iqtisodiy jarayonlarni o'rganishda qo’llashga, korxona faoliyatidagi jarayonlanlari, axborot manbalaridan foydalanib, to'g'ri ta’riflashga, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan foydalanganlik darajasiga obyektiv baho bera olishligiga, mahsulotlarni sotishdan asosiy va umumxo'jalik faoliyatidan ko'rilgan moliyaviy natijalarni to'g'ri aniqlay bilishga, xo'jalikning moliyaviy barqarorligi va to'lovga qodirligi holatini o'rganib, raqobatga barboshli bo'lishlik uchun amalga oshiriladigan tadbirlarni ishlab chiqa bilishga, xo'jalikning iqtisodiy samaradorligini oshirish bo'yicha takliflar berishga va nazoratni usullarini qo'llashga o'rgata bilishligi bilan bo'lajak mutaxassisning kasbiy faoliyatida katta ahamiyat kasb etadi.
Ishlab chiqarish jarayoni mehnat vositalari va mehnat predmet­larining uzluksiz doiraviy aylanishini o‘zida aks ettiradi. Buning natijasida ular shaxsiy iste’mol predmetlariga aylanadi va ishlab chiqarish sohasini tark etadi yoki ishlab chiqarishning yangi vositalari sifatida yana uning tarkibiga qo‘shiladi.
Uzluksiz ishlab chiqarish jarayonida korxonani mehnat predmetlari bilan ta’minotini tashkil qilish samaradorligi, ulardan ishlab chiqarish jarayonida oqilona foydalanish ulkan ahamiyat kasb etadi.
Mehnat predmetlariga quyidagilar kiritiladi: xomashyo va materiallar, qo‘shimcha materiallar, yonilg‘i va energiya, ta’mir uchun ehtiyot qismlar va boshqalar. Moddiy resurslarni iste’mol qilish jarayonida ularning moddiy xarajatlarga o‘zgarishi sodir bo‘ladi, shuning uchun xomashyo, materiallar, yonilg‘i va energiyadan tejamkorlik bilan foydalanish mahsulot tannarxini pasaytiradi.
Material sig‘imi, mehnat sig‘imi, fond sig‘imi, kapital qo‘yilmalar da­rajasi, mahsulot tannarxi va korxona foydasi o‘rtasida o‘zaro cham­barchas aloqa mavjud. Boshlang‘ich materiallarning material sig‘imi kamayganda chiqindilar kamayishi hisobiga jonli mehnat tejamkorligi vujudga keladi, mahsulot tayyorlash mehnat sig‘imi kamayadi.
Moddiy resurslardan samarali foydalanish-bu tashkil etishning ma`lum darajasida moddiy resurslardan foydalanishning sifat tavsifidir. Moddiy resurslarni iste`mol qilish samaradorligini oshirish ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bog`liq tarzda ulardan foydalanishni takomillashtirib borishning uzluksiz jarayonidir. Klassik iqtisodchilar fikriga ko`ra, ishlab chiqarish jarayonida foydalanilayotgan har qanday xom ashyo va materiallar ko`plab xususiyatlarga egadirlar. Shu sababli ularning ana shu xususiyatlariga ko`ra foydalanishgina samara beradi deb hisoblaymiz. Har bir material ma`lum bir sohada katta samara berishi bilan birga, ikkinchi bir sohada samarasiz bo`lishi mumkin. Iqtisoddagi muhim muammolardan biri ham ana shunda, ya`ni har bir resursning samarali bo`ladigan jarayonni topishdir. Aks holda amalga oshirilayotgan barcha tadbirlar samarasiz tugashi mumkin. Tashkilot va korxonalar faoliyatidagi eng muhim holat ham har bir materialning o`ziga xos xususiyatini topib olishdadir. Faqatgina ana shu xususiyat tashkilotga samara keltirishi mumkin. Faqat bu yerda shuni unutmaslik lozimki, kechagina samarali hisoblangan xususiyatlar bugungi kunga kelib fan yutuqlari natijasida samarasiz holatga kelishi mumkin. Moddiy resurslardan foydalanganlar ana shu qonuniyatga amal qilish lozim
Ayni vaqtda material sig‘imining kamayishi bir xil dastgohda bir xil miqdordagi materillardan foydalangan holda vaqt birligida ko‘proq miqdorda tayyor mahsulot olishga imkon beradi. Bu esa mehnat unumdorligi, fond qaytimi ortishiga, fond sig‘imi kamayishiga olib keladi. O‘z navbatida, muayyan hajmdagi mahsulot yaratish uchun fond sig‘imini kamaytirish korxonalarda kapital qo‘yilmalar hajmini nisbatan qisqarishini keltirib chiqaradi.
Mahsulotlar tannarxini kamaytirgan holda moddiy resurslardan oqilona foydalanish rentabellik va foyda o‘sishi omili sanaladi. Lekin moddiy resurslardan tejamli foydalanish faqatgina ishlab chiqarish samaradorligini tavsiflovchi iqtisodiy ko‘rsatkichlar oshishiga olib kelmaydi. Mavjud texnologik tizimlarda inson ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarish hajmining o‘sishi shunga olib keldiki, tabiiy resurslarning tugash sur’ati va atrof-muhitning ifloslanish darajasi yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan chegaraga yetib qoldi.
Resurslar mahsuldorligini to‘rt karra oshirish mumkin va shunday qilish lozim. Boshqacha aytganda, tabiiy resurslarni qayta ishlash hisobiga olinayotgan boyliklar to‘rt karra oshishi darkor. Shuning evaziga biz ikki hissa yaxshi yashab, ikki hissa kamroq sarflashimiz mumkin bo‘ladi.
Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni tejash variantlarini izlash tahlilning asosiy mazmunini tashkil qiladi. Mamlakat iqtisodiyotining intensiv taraqqiyot yo`liga o`tkazishning muhim shartlaridan biri - xomashyo, materiallar, yonilg`i va energiyadan samarali tarzda foydalanish va ularni tejashdir. Bunda avvalambor «samarali» so`ziga tushuncha berishga harakat qilamiz. «Samarali» deganda o`ylab, maqsadga muvofiq, asoslangan holda foydalanish tushuniladi. «Samaradorligini oshirish» deganda takomillashtirish, yaxshilash tashkil etish darajasini orttirishni tushunish mumkin. Moddiy resurslardan samarali foydalanish-bu tashkil etishning ma`lum darajasida moddiy resurslardan foydalanishning sifat tavsifidir. Moddiy resurslarni iste`mol qilish samaradorligini oshirish ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bog`liq tarzda ulardan foydalanishni takomillashtirib borishning uzluksiz jarayonidir.
Moddiy resurslarni tejash va ulardan samarali foydalanish tushunchalari turli xil ma`noni anglatadi. Har qanday tejash ham moddiy resurslardan samarali foydalanishni nazarda tutmaydi. Masalan, moddiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanib, mahsulotning iste`mol qiymatini pasaytirish moddiy resurslarni tejash bo`ladi, ammo bu bilan biz moddiy resurslardan samarali foydalanishni yo`lga qo`ya olmaymiz. Moddiy resurslardan samarali foydalanish birgina korxona yoki tashkilot miqyosida emas, balki butun xalq xo`jaligi miqyosida amalga oshishi lozim, ya`ni korxonada amalga oshirilgan ishlar mahsulotning iste`mol qiymatini oshirishi lozim. Amalga oshirilgan ishlar xalqning moddiy ehtiyojlarini to`laroq qondirishga olib kelsagina, biz moddiy resurslardan samarali foydalangan bo`lamiz va jamiyat miqyosida moddiy resurslarni tejagan bo`lamiz.
Iqtisоdchi оlim А.Х.Shоаlimоvning1 darsligida “Mоddiy rеsurslаr (mаtеriаllаr) dеb, ishlаb chiqаrishning muаyyan siklidа fоydаlаnishdа bo’lgаn vа shu sikldа ishlаb chiqаrilgаn mаhsulоt (ish vа хizmаtlаr) tаnnаrхigа o’z qiymаtini to’liq o’tkаzib bоruvchi buyumlаrgа аytilаdi” dеb ko’rsatilgan.
Moddiy resurslar tahlilining asosiy bosqichlari:
– moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini baholash;
– moddiy resurslardan foydalanish samaradorligining moddiy sarflar miqdoriga ta’sirini baholash;
– korxonaning moddiy resurslar bilan ta’minlanganligini tahlil qilish;
– materiallarni sarflash me’yorlari asoslanganligini tahlil qilish;
– moddiy resurslarga optimal ehtiyojni asoslash.


  1. Download 96.07 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling