Mavzu: Korxonalarda materiallardan samarali foydalanish tahlili Kirish


-jadval Material resurslar zaxira holati tahlili


Download 96.07 Kb.
bet7/13
Sana17.06.2023
Hajmi96.07 Kb.
#1551281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
1 Korxonaning materiallar bilan ta’minlanganligi va samarali fo

2-jadval
Material resurslar zaxira holati tahlili



Materiallar markasi nomi

O‘rtacha sutkalik sarf, kg

Haqiqatdagi zaxira

Zaxira me’yori,
kunlar

Maksimal me’yordan og‘ish

kg

kunlar

maksimal

minimal

kunlar

kg

Po‘lat mar­kasi U-10

50

4800

96

35

25

+61

+3050

8mm li po‘lat

51,4

3600

70

94

80

-24

-1233,6

Hisoblash: 96 – 35 = +61 kun;


61*50 = +3050 kg.
Ushbu misolda hatto maksimal me’yor bilan taqqoslanganda ham U-10 po‘latda sezilarli qoldiq mavjud. Ayni vaqtda boshqa turdagi po‘lat 1233,6 kg kam.
4. Material resurslaridan foydalanish samaradorligini o`zgarishiga ta`sir qilivchi ommillar tahlili
Mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha rejani muvaffaqiyatli bajarish uchun korxona nafaqat xomashyo, yoqilg‘i va boshqa mehnat vositalari bilan o‘z vaqtida hamda to‘liq ta’minlanishi zarur, balki ulardan ishlab chiqarishda oqilona foydalanish ham muhim o‘rin tutadi. Bu esa materiallarni sarflashning ilg‘or me’yorlarini qo‘llash, yaroqsiz mahsulot chiqarishga yo‘l qo‘ymaslik yoki bu holatni minimumga tushirish, materiallardan faqat bevosita mo‘ljallanganligiga ko‘ra foydalanish, chiqindilarni to‘g‘ri qo‘llashni taqozo etadi.
Ishlab chiqarish korxonalarida moddiy, xom ashyo ta`minotining asosiy vazifasi quyidagilardan iboratdir:

  • Ishlab chiqarishni xom ashyo bilan uzluksiz ta`minlash.

  • Yordamchi materiallardan samarali foydalanish.

  • Yonilg`i va elektroenergiyani o`z vaqtida yetkazib berish.

  • Butlovchi qismlar ta`minoti Shu bilan birgalikda moddiy, xom ashyo ta`minoti resurslardan samarali foydalanishni, ularni qabul qilish, omborlarga joylashtirish va saqlashni nazarda tutadi.

Ishlab chiqarishda xom ashyo va boshqa moddiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish ikki xil mehnat, ya`ni korxonada sarflanayotgan haqiqiy mehnat ham, o`tgan mehnat ham tejaladi. Korxona ishlayotgan xom ashyo va boshqa moddiy resurslarni tayyorlash uchun avvalgi ishlab chiqarishlarda mehnat sarflangan. Paxtani yetishtirish, tolani paxtaning chigitidan ajratish va to`qimachilik korxonalariga yetkazib kelish uchun to`qimachilik korxonasigacha bo`lgan ishlab chiqarishlarda mehnat sarflangan. Korxonalarda moddiy resurslardan foydalanish mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish mahsulot hajmiga ta`sir ko`rsatadi. Xom ashyodan qanchalik samarali foydalansak chiqindi chiqiti foizlarining kamayishiga hamda ko`proq miqdorda mahsulot ishlab chiqarishga muvaffaq bo`lamiz. Xom ashyo va moddiy resurslardan samarali foydalanish xom ashyo resurslari miqdorini orttirish bilan tenglashtiriladi. Korxonalar foydalanayotgan xom ashyo va moddiy resurslar sarfining ortib ketishi korxonalar iqtisodiy ahvolini og`irlashtirad
Sanoat korxonalari sarfining umumiy miqdorida materiallar sarfi miqdori tayyorlanayotgan mahsulotning material sig‘imiga bog‘liq ravishda muhim ahamiyat kasb etadi. Material sarfi ulushi yetarli darajada keng oraliqda tebranadi – u yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida eng yuqori bo‘lsa, kon sanoati tarmoqlarida eng past ko‘rsatkichga ega.
Materiallarni saqlash, moddiy qimmatliklarni yo‘qotish va hisobdan chiqarish, keraksiz materiallarni tashqarida sotish, yo‘qo­tishlar uchun aybdor shaxslardan undirish masalalari, shuningdek, moddiy qimmatliklar qoldiqlarini inventarizatsiya qilish natijalari material resurslardan foydalanish tahlilida o‘z aksini topishi lozim.
Bunday tahlil materiallar qanchalik samarali sarflanayotganligi va mahsulot hajmi hamda tannarxiga qanday ta’sir qilayotganligini aniqlashga imkon beradi.
Tahlil quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1. Mahsulotlar tannarxi kalkulyatsiyasi asosida tovar mahsulotning haqiqatdagi va rejalashtirilgan material sig‘imi aniqlanadi, keyin esa ular o‘rtasidagi farq topiladi.
2. Sarflardan olingan farqni tovar mahsulotni haqiqatdagi ishlab chiqarishga ko‘paytirgan holda materiallar tejalishi yoki ortiqcha sarfining umumiy miqdori topiladi. Hosil bo‘lgan umumiy miqdor ma­terial sig‘imi o‘zgarishining mahsulot tannarxiga ta’sirini tavsiflaydi.
3. Materiallar tejalishi yoki ortiqcha sarfi miqdorini mos ravishda tovar mahsulotning haqiqatdagi yoki rejalashtirilgan material sig‘imiga bo‘lish yo‘li bilan tejash hisobiga qancha qo‘shimcha mahsulot olin­ganligi yoki ortiqcha sarf hisobiga ishlab chiqarish qancha kamay­ganligi aniqlanadi.

Tovar mahsulot material sig‘imi tahlilini 3-jadvalda keltiramamiz.


3-jadval

Download 96.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling