Mavzu: Korxonalarda moliyaviy xisobotni tashkil etish masalalari Mundarija


Download 93.17 Kb.
bet4/18
Sana22.02.2023
Hajmi93.17 Kb.
#1222743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
moliya,AZAMAT

Birinchi navbatda, shuni aytish joizki, korxonalar (xorijiy investitsiyali korxonalardan tashqari) majburiy tartibda quyidagi foydalanuvchilarga chorak va yillik hisobotini topshiradi:

  1. taʼsis hujjatlariga binoan mulkdorlar (mulkni boshqarish boʼyicha vakolatli https://lex.uz/ru/docs/-2931253 organlar, taʼsischilar);

  2. davlat soliq inspektsiyasiga (bir nusxa);

  3. Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan korxona faoliyatini ayrim tomonlarini tekshirish va tegishli hisobotni olish vazifalari yuksaltirilgan boshqa davlat organlariga.

Buxgalteriya hisobi toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuniga binoan:6 barcha korxona va muassasalar uchun hisobot yili 1-yanvardan 31-dekabrgacha boʼlgan davr hisoblanadi.
Yangi tashkil etigan korxona va muassasalar uchun birinchi hisobot yili boʼlib, ular yuridik huquqqa ega boʼlgan sanadan shu yilning 31 dekabrigacha boʼlgan davr hisoblanadi. 1-oktyabrdan keyin tashkil etilgan (tugatilgan, qaytadan tashkil etilgan) korxonalar va ularning strukturaviy boʼlinmalari asosida tashkil etilganlardan tashqari korxonlara uchun ularning yuridik huquqqa ega boʼlgan sanadan keyin yilning 31-dekabrigacha boʼlgan davrni birinchi hisobot yili davri hisoblashga ruxsat beriladi.
Korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini Oʼzbekiston Respubilkasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshiradilar.
Hisobot rahbar, bosh buxgalter, bashorati korxonaning buxgalteriya hisoboti shartnoma asosida ihtisoslashgan tashkilot yoki mutaxassis tomonidan yuritilsa, hisob yurituvchi shaxs tomonidan imzolanadi.
Shuni ham eslatib oʼtish kerakki, korxonaning xoʼjalik faoliyati natijalari, mulkiy va moliyaviy holati toʼgʼrisidagi yillik buxgalteriya hisoboti foydalanuvchilar (birja, haridor, mol yurituvchi va boshqalar) uchun ochiq boʼlib nashr etilishi mumkin. Nashr etilgan hisobotning toʼgʼriligi mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi.
Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qabul qiladigan iqtisodiy qarorlar xoʼjalik yurituvchi subektning pul mablagʼlarini koʼpaytirish, ularning koʼpayish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishga umid qilishdagi qobiliyatini baholashni talab qiladi. Bunday qobiliyat pirovard natijada masalan, xoʼjalik yurituvchi subekt oʼz xodimlari va mahsulot yetkazib beruvchilariga haq toʼlay oladimi, foizlarni toʼlab turadimi, kreditlarni uza oladimi va daromadni (foydani) taqsimlay oladimi yoki yoʼqmi ekanini aniqlaydi.
Foydalanuvchilar pul mablagʼlarini koʼpaytirish qobiliyatini yaxshiroq baholaydilar, agar u xoʼjalik yurituvchi subektning moliyaviy ahvoli faoliyatini va moliyaviy ahvolidagi oʼzgarishlarni aks ettiradigan axborot bilan taʼminlangan boʼlsa.
Xoʼjalik yurituvchi subekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, toʼlovga qobiliyati, ishlayotgan muhit oʼzgarishlariga munosabat bildira olishi xoʼjalik yurituvchi subektning moliyaviy ahvoliga taʼsir oʼtkazadi. Xoʼjalik yurituvchi subekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar haqidagi va uning ana shu resurslarni qayta ishlash qobiliyati toʼgʼrisidagi axborotlar xoʼjalik yurituvchi subektning kelgusida pul mablagʼlarini va ularning ekvivalentini koʼpaytirish imkoniyatini prognozlash uchun zarurdir. Moliyaviy ahvol haqidagi axborot kelgusida kreditlarga boʼlgan ehtiyojni aniqlash uchun, shuningdek keladigan daromadlar bilan pul oqimlarini xoʼjalik yurituvchi subektning aksiyalariga (payiga) ega boʼlganlar oʼrtasida taqsimlashda zarurdir, shuningdek xoʼjalik yurituvchi subekt keyinchalik oʼzining moliyaviy ahvolini qanchalik muvaffaqiyat bilan yaxshilay olishini aniqlash uchun zarurdir. Likvidlik va toʼlovga qobiliyat haqidagi axborot xoʼjalik yurituvchi subektning moliyaviy majburiyatlarini oʼz vaqtida toʼlay olishini aniqlash uchun zarurdir. Likvidlik yaqin kelgusida ana shu davr ichidagi moliyaviy majburiyatlarni toʼlash uchun pul mablagʼlari mavjudligini anglatadi. Toʼlov qobiliyati moliyaviy majburiyatlarni oʼz vaqtida toʼlash uchun pul mablagʼlari mavjudligini anglatadi.
Xoʼjalik yurituvchi subektning faoliyat koʼrsatkichlari, uning rentabelligining oʼziga xos xususiyatlari toʼgʼrisidagi axborot iqtisodiy resurslardagi potensial oʼzgarishlarni baholash uchun talab etiladi. Bunday axborot kelgusida nazoratni amalga oshirishga imkon beradi, shuningdek xoʼjalik yurituvchi subektning faoliyatidagi oʼzgarishlar haqidagi muhim axborot hamdir.
Faoliyat haqidagi axborot xoʼjalik yurituvchi subektning mavjud resurslar bazasidan pul mablagʼlari toʼplay olishini prognozlash uchun zarurdir, bu esa korxona qoʼshimcha resurslarni jalb qilishi mumkin boʼlgan samaradorlikka baho berishni shakllantirishda muhimdir.
Pul oqimlari haqidagi axborot xoʼjalik yurituvchi subektning pul mablagʼlarini jalb qilish qobiliyatiga baho berish uchun zarurdir, bu esa foydalanuvchilarga har xil xoʼjalik yurituvchi subektlarining pul oqimlarini baholash va taqqoslash uchun yangi usullar ishlab chiqishga imkon beradi.
Moliyaviy hisobotlar oʼzaro bir-biri bilan boglangandir, chunki ular xoʼjalik faoliyatiga doir bir xil holatlarning har xil jihatlarini aks ettiradi. Har bir hisobot bitta maqsadga xizmat qilmaydigan va foydalanuvchilarning muayan ehtiyojlarini aniqlash uchun zarur boʼlgan butun axborotni bermaydi. Masalan, moliyaviy-xoʼjalik faoliyatning natijalari toʼgʼrisidagi hisobot, agar undan buxgalterlik balansi va pul oqimlari haqidagi hisobot bilan uygʼunlikda foydalanilmasa, faoliyatning butun manzarasini aks ettirmaydi.
Аktivlar, majburiyatlar, xususiy sarmoya, rezervlar, daromadlar va xarajatlar moliyaviy holatni aniqlash bilan bevosita bogʼliq elementlardir. Ular quyidagi tarzda aniqlanadi:
1. Аktivlar – subekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir.
2. Majburiyatlar – shaxsning (qarzdorning) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayan ishni amalga oshirish, masalan, mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, pul toʼlash va boshqa majburiyatlaridir yoxud muayan xatti-harakatdan tiyilib turish majburiyatidir, kreditor esa qarzdordan oʼz majburiyatlarini bajarishini talab qilishga haqlidir;
3. Xususiy sarmoya – subektning majburiyatlarni chegirib tashlagandan keyingi aktivlaridir;
4. Zaxiralar – kelgusida muayan xarajatlarga sarflanishi mumkin boʼlgan xususiy sarmoyaning bir qismidir;
5. Daromadlar – hisobot davrida aktivlarning koʼpayishi yoxud majburiyatlarning kamayishidir;
6. Xarajatlar – hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud majburiyatlarning koʼpayishidir;
7. Moliyaviy natijalar – xoʼjalik yurituvchi subektning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakunidir.
Moliyaviy hisobot turlari va ularni tuzish tartibi
Korxonaning yillik buxgalteriya hisoboti tegishli organlarga topshirishidan oldin taʼsis hujjatlarida belgilangan tartibda koʼrib chiqiladi va tasdiqlanadi. Oʼzbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi toʼgʼrisida»gi 7Qonun (22-modda) bilan yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish nazarda tutilgan:

  1. “Buxgalteriya balansi” (1-shakl);

  2. “Moliyaviy natijalar toʼgʼrisida hisobot” (2-shakl);

  3. “Pul oqimi toʼgʼrisida hisobot” (3-shakl);

  4. “Xususiy kapital toʼgʼrisida hisobot” (4-shakl).

Yuqoridagi hisobot shakllariga izohlar hisob-kitoblar va tushuntirishlar ilova qilinadi. Turli xoʼjalik yurituvchi subektlar faoliyatining koʼp qirraliligi hisobga olinadi, moliyaviy hisobotlar ulardan foydalanuvchilarni iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun zarur boʼlgan barcha axborot bilan taʼminlay olmaydi, shu sababli yillik moliyaviy hisobotlarga qoʼshimcha ravishda maʼmuriyat tomonidan tuziladigan moliyaviy sharh kiritiladi, unda xoʼjalik yurituvchi subekt moliyaviy faoliyati va moliyaviy holatining asosiy belgilari tushuntirib beriladi va ular duch kelayotgan asosiy noaniqliklar bayon qilinadi.
Bu sharhda xoʼjalik yurituvchi subektning faoliyati natijalariga, faoliyatini qoʼllab-quvvatlash va mustahkamlash uchun investitsiya siyosatiga, jumladan joriy davrda, xususan kelgusi davrlarda dividendlar siyosatiga taʼsir qiluvchi asosiy omillar ochib beriladi, yaʼni:
1. Xoʼjalik yurituvchi subektni moliyalash manbalari va xatarlarni boshqarish;
2. Xoʼjalik yurituvchi subekt ishlab turgan tashqi muhitdagi oʼzgarishlar va shu oʼzgarishlar munosabati bilan koʼrilgan chora-tadbirlar hamda ularning subekt faoliyatiga taʼsiri;
3. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qaror qabul qilishi uchun boshqa muhim axborotlar.




  1. Download 93.17 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling