Mavzu: korxonalarda soliq menejmentini tashkil qilish


 Korporativ soliq menejmentida soliqlarni optimallashtirish usullari


Download 104.63 Kb.
bet2/5
Sana20.12.2022
Hajmi104.63 Kb.
#1038133
1   2   3   4   5
3. Korporativ soliq menejmentida soliqlarni optimallashtirish usullari
Korxonalar miqyosida soliqlarni optimallashtirish usullari o‘zining tabiatiga 
ko‘ra turli xil ko‘rinishga ega. Ulardan eng keng tarqalgani 1-rasmda aks ettirilgan.


1-rasm. Soliqlarni optimallashtirish usullari 
Bu usullarning har birini batafsil ko‘rib chiqamiz. Munosabatlarni almashtirish 
metodining mohiyati shundaki, korxona o‘zining kontragentlari bilan xo‘jalik 
operatsiyalarini yuridik jihatdan rasmiylashtirish jarayonida qabul qilingan 
qarorlarning soliq oqibatlarini hisobga olgan holda shartnomaviy munosabatlarga 
kirishadi. Shartnomaviy munosabatlar bo‘yicha turli xil stavkalar qo‘llanilishi soliqqa 
tortish ko‘rsatkichlarining ham o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Natijada korxona huquqiy 
munosabatlarda deyarli bir xil, lekin soliqqa tortishda imtiyozli rejimga ega bo‘lishga 
harakat qiladi. Ya’ni bunda xo‘jalik operatsiyalarining iqtisodiy mohiyati o‘zgarishsiz 
qoladi. Shuni alohida qayd etish kerakki, huquqiy munosabatlarda barcha huquq va 
majburiyatlarni shartnomalar tuzish jarayonida inobatga olish noqonuniy hatti-
harakatlarni qisqartirishga sabab bo‘ladi.
Misol uchun O‘zbekiston soliqqa tortish amaliyotida mahsulotlarni eksportga 
sotish bo‘yicha shartnomalar tuzishga o‘tish mahsulotlarni eksportga sotish bo‘yicha 
belgilangan soliqqa tortish rejimiga mos keladi va qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortish 
bo‘yicha 0% lik stavka qo‘llanilishiga olib keladi. 


Soliqlarni optimallashtirish usullari 
Munosabatlarni 

almashtirish 


Munosabatlarni 

taqsimlash 


To‘lovlarni 

kechiktirish 


Ob’ektni 

qisqartirish 


Javobgarlikni 

taqsimlash 


Yurisdiksiyani 

almashtirish 


Hisob siyosati 

Imtiyozlar va 


preferentsiyalar 

260 



Asosiy vositalar bo‘yicha savdo-xarid shartnomalarini almashtirish bo‘yicha 
lizing shartnomalarini qo‘llash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki lizingga 
berilgan asosiy vosita lizing oluvchining balansida aks etadi. Natijada korxona 
lizingga berilgan ob’ekt bo‘yicha lizing to‘lovlari bo‘yicha tushumga ega bo‘ladi, 
mol-mulk solig‘i bo‘yicha xarajatlari qisqaradi. 
Korxonaning mehnatga haq to‘lash tizimi bo‘yicha siyosatidan kelib chiqqan 
holda ish natijalari bo‘yicha har xil rag‘batlantiruvchi mukofotlarni tartibga solish 
(almashtirish) jarayonida to‘lanadigan mukofot summalari xarajatlarini foyda 
solig‘iga tortish jarayonida qayta qo‘shilishini inobatga olish maqsadga muvofiq. 
Munosabatlarni taqsimlash metodi almashtirish metodi kabi bir xil mavqega 
egalik, ya’ni tenglik tamoyiliga asoslanadi, lekin mazkur holatda bir xo‘jalik 
munosabatini almashtirish ko‘zda tutilmaydi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, 
oddiy xo‘jalik operatsiyalari tizimida munosabatlarni taqsimlash murakkab jarayon 
hisoblanadi va birinchi navbatda mustaqil vazifalarni belgilash orqali amalga 
oshiriladi.
Masalan, binoni rekonstruktsiya qilish bo‘ycha operatsiyalarda rekonstruktsiya 
va kapital ta’mirlash xarajatlarini taqsimlay bilish maqsadga muvofiq. Bunda 
xarajatlar asosiy vositalar qiymatining oshishiga sabab bo‘ladi va sof foyda yoki 
korxonaning boshqa aktivlari hisobiga amalga oshiriladi. Mahsulot tannarxining 
oshishiga sabab bo‘ladi va o‘z navbatida foyda solig‘i bo‘yicha soliqqa tortiladigan 
bazani kamaytiradi.
Mulk bo‘yicha savdo-xarid shartnomalarini taqsimlash paytida xususiy savdo-
xarid shartnomasi va informatsion-kosultativ xizmat ko‘rsatish shartnomasi 
summasini hisobga olgan holda ikkinchi shartnoma bo‘yicha to‘langan summa bir 
vaqtning o‘zida mahsulot tannarxiga kiritiladi. Natijada, mulk qiymati kamayadi va 
o‘z-o‘zidan mol-mulk solig‘i summasi ham kamayadi; xizmat ko‘rsatish xarajatlari 
amortizatsiya sifatida bir necha yil davomida emas, balki faqat bir marta chegiriladi. 
Soliq to‘lovlarini kechiktirish metodi soliqlarni soliqqa tortish ob’ekti paydo 
bo‘lgan vaqtni kalendar davri (yil, chorak, oy)ga bog‘liq ravishda to‘lash muddatini 
uzaytirishga asoslanadi.
Soliqqa tortish ob’ektini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qisqartirish metodi operatsiyalarni 
yoki mulkni soliqqa tortiladigan ob’ekt qatoridan chiqarishni o‘zida aks ettirib
korxona xo‘jalik faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Bunda quyidagilardan 
foydalanish mumkin: 
 savdo-xarid operatsiyalarini takomillashtirish paytida soliqqa tortish ob’ektini 
qisqartirish va tovar (ish, xizmat)lar narxini oshirish; 
 mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish ob’ektini inventarizatsiya o‘tkazish 
yo‘li bilan, fizik jihatdan yaroqsiz yoki ma’naviy jihatdan eskirgan mulklarni 
hisobdan chiqarish orqali qisqartirish; 
 soliqqa tortiladigan mulk qiymatini qayta baholash o‘tkazish orqali 
qisqartirish (deflyatsiya sharoitida); 
Soliq majburiyatlarini taqsimlash metodi korxonada asosiy soliq to‘lovlari 
bo‘yicha maxsus javobgarlikni belgilaydi. Bunda tashkil etilgan javobgarlikdan kelib 
chiqqan holda fiskal bosimni kamaytirishga harakat qilinadi. Mazkur soliq 

261 

ajratmalarini kamaytirish usulini amalga oshirish uchun soliqlarni rejalashtirishdan 
foydalaniladi.
Iqtisodiyot tarmoqlari va soliq to‘lovchilar guruhlari bo‘yicha qonuniy 
o‘rnatilgan imtiyozlar va preferentsiyalardan foydalanish metodi alohida soliqqa 
tortish rejimlari o‘rnatilgan, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan iqtisodiy o‘sishni va 
mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlaydigan alohida sohalar, faoliyat turlari 
(qishloq xo‘jaligi, telekommunikatsiya, ilm-fan va tajriba-konstruktorlik ishlari), 
soliq to‘lovchilarning alohida guruhlari (kichik biznes sub’ektlari, maxsus bitimlar 
asosida faoliyat yurituvchi investorlar), alohida hududlar (erkin industrial-iqtisodiy 
zonalar), ijtimoiy masalalarni hal qilishda qatnashuvchi tashkilotlar (nogironlarni ish 
bilan ta’minlash, notijorat tashkilotlariga va sport musobaqalarini o‘tkazishga 
homiylik yordamlarini ko‘rsatish); eksportga yo‘naltirilgan tovar ishlab chiqaruvchi 
korxonalar va boshqa sub’ektlar uchun foydali hisoblanadi. 
Yurisdiktsiyani almashtirish metodida korxona mustaqil yuridik shaxs sifatida 
o‘zining ishlab chiqarish quvvatlarini va boshqaruv binosini imtiyozli soliq 
tartiblaridan kelib chiqib joylashtiradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan metodlar anchayin ajratuvchan (bir-biriga o‘zaro 
bog‘liqligi mavjud bo‘lmagan) va qisqa muddatli. Soliqlarni optimallashtirishning 
bunday metodlarini tanlash korxonaning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi (sotish, foyda 
va boshqa ko‘rsatkichlarning o‘sishi)ga erishishida samaralidir. Bu jarayon oraliq 
vaqtlar davomida xarajatlarni kamaytirish hisobiga korxonaning uzoq muddatli 
iqtisodiy o‘sishi va moliyaviy barqarorligi kelajakda ta’minlanadi. 
Korporativ soliq menejmentida rejalashtirilayotgan davr uchun soliq to‘lovlari 
summalarini prognozlash, ya’ni byudjetlashtirish alohida ahamiyatga ega. Soliqli 
byudjetlashtirishsiz korxona umumiy byudjetining samaradorligi va realligini 
ta’minlash ancha murakkabdir. 
Soliqni byudjetlashtirish korporativ soliqlarni rejalashtirish, tartibga solish va 
nazorat, shuningdek xo‘jalik sub’ektida soliq oqimlarini optimallashtirishning 
jamlangan usulining natijaviy qismi bo‘lib hisoblanadi. Soliqni byudjetlashtirish soliq 
foydasini yuqori darajada olish maqsadida soliq daromadlari va xarajatlari doirasida 
qabul qilingan qarorlar samaradorligidan kelib chiqqan holda optimal qarorlarni 
tanlashga asoslangan. Soliqni byudjetlashtirishning yakuniy maqsadi korxonaning 
uzoq muddatli moliyaviy barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Korporativ miqyosda 
soliqlarni byudjetlashtirish korxonada ishlab chiqilgan soliq byudjetida aks etishi 
lozim.


Download 104.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling