Mavzu: Korxonalarning kreditga layoqatliligini tahlili. Reja: kirish
Kriditga layoqatlilik tahlilining mazmuni, tavsifi, maqsadi va vazifalari
Download 51.21 Kb.
|
TEMUR TAHLIL KURS ISH
Kriditga layoqatlilik tahlilining mazmuni, tavsifi, maqsadi va vazifalari.
Kreditga layoqatlilik – bu xo'jalik sub'ektlarining moliyaviy holatini tahlil qilish orqali ularning kreditni o'z vaqtida va to'liq qaytarish qobiliyatini baholashdir. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar o'zlarining iqtisodiy faoliyatida albatta, qarz mablag'lariga zaruriyat sezadilar. Negaki, biznesni dastlabki bosqichida tadbirkorlarda asosiy va aylanma mablag'doimo ham etarli bo'lmaydi. Rivojlangan iqtisodiyotga ega bo'lgan davlatlar biznes faoliyatini kuzatish shuni ko'rsatadiki, biznesni boshlang'ich davrida sarmoyalarning 90 foizi qarz kapitali hisobiga yo'lga qo'yiladi. Bundan ko'rinib turibdiki, korxonalar doimo aniq biznes loyihalari, rejalari asosida qarz kapitali jalb qiladilar va uni ishlatishdan naf ko'radilar. Korxonalarni kreditga layoqatliligini baholashni tasdiq topgan me'yoriy aktlari va nizomlariga ta'yangan holda har bitta biznes subektini kreditni, qarzni qaytarib berish layoqati o'rganilmog'i lozim. Bu mezonlar O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Iqtisodiyot vazirligi, iqtisodiy nochor korxonalar bilan ishlash ko'mitasi va tegishli vazirliklar tomonidan tuzib chiqiladi. Uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlarning tarkiblanishi qarz munosabatlarini rasmiy jihatlariga ta'sir etmaydi. Ya'ni har ikkala holatda ham moliyaviy holat tahlili bo'yicha bir xildagi zaruriy amallar, analitik tadbirlar amalga oshiriladi. Odatda muddatligi bo'yicha kreditlar va qarzlar uzoq, urta va qisqa muddatga tarkiblanishi belgilangan. Lekin hisob amaliyotida ularni uzoq va qisqa muddatli guruxga tarkiblash amaliyoti joriy etilgan. Uzoq muddatli kreditlar -uzoq muddatli aktivlarni (asosiy vositalar, nomoddik aktivlar, kapital qo'yilmalar, o'rnatiladigan asbob uskunalar yuzasidan, ularni sotib olish, qurish, ta'mirlash, ilmiy yangiliklar kiritish kabi yo'nalishlarda) moliyalashtirish yuzasidan bir yildan ortiq muddatga beriladi. Qisqa muddatli kreditlar -joriy, aylanma aktivlarni to'ldirishga. savdo hajmini oshirishga va boshqa maqsadlarga bir yilgacha muddatga beriladi.2 Korxonalarda uzoq va qisqa muddatli kreditlarni jalb etishda, aniq va puxta ishlangan biznes rejaga va investision loyihalarga e'tiborni qaratishi lozim. Biroq, ungacha albatta, ushbu korxonaning moliyaviy holati tahlil qilinmog'i zarur. Kredit resurslarini jalb etishda risklarni baholash va tahlil qilish masalasiga ham alohida ahamiyat qaratish maqsadga muvofiq.Afsuski bu borada amaliyotda analitik echimlarning aniq metodologik jixatlari belgilanmagan. Kredit arizasi bergan korxonaning moliyaviy tahlilida muhim ob'ekt sifatida birinchi navbatda uning to'lovga layoqatliligi va qoplash koeffitsenti baholanadi. Korxonalar tomonidan olingan kredit resurslar nafaqat korxonaning to'lovga qobilligiga balki uning mablag'larining harakatchanlik (likvidlilik) darajasiga ham bog'liq. Shu sababli tahlil etishda buxgalteriya balansi ma'lumotlari asosida korxonalarning harakatchan mablag'larini holatiga, tez va sekin pulga aylanuvchi aktivlariga, nolikvid mablag'lar holatiga, ularning to'lov muddati kelgan, qisqa va uzoq muddati majburiyatlarga nisbatiga, doimiy passivlarni nolikvid va likvid mablag'larni manbalashiga baho berish talab etiladi. So'ngi paytlarda olingan kredit resurslarining o'z vaqtida va qaytmaslik hollariga ko'p duch kelinmoqda. Shu sababli, korxonalarning kreditga layoqatliligini tahlil etishda moliyaviy holat tahlilida quyidagi qo'shimcha mavzularni o'rganish tavsiya etiladi: korxonalarning rentabellik darajasi; aylanma mabalag'larning holati; o'z mablag'larini hajmi, ularning asosiy va oborot kapitalidagi ishtiroki; ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlarni o'sish darajalari; to'lov muddati kelgan va o'tib ketgan debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining holatiga; korxonalarning pul va qimmatli qog'ozlarining mavjudligiga va boshqa jihatlarga ahamiyat beriladi. Korxona faoliyatining joriy va istiqboldagi rivojlanishini baholashda banklar tomonidan quyidagi muhim jihatlarga axamiyat qaratiladi. Kreditga layoqatlilik tahlilining maqsadi - korxonalarning kredit yoki boshqa qarz mablag'larini jalb etishi maqsadida ularning moliyaviy holati, moliyaviy barqarorligi va moliyaviy natijalarini tahlil etish orqali moliyalashtirish manbalarini ko'paytirishdan iborat. korxonalarning kreditga layoqatliligini hisobot davri kvartallari bo'yicha tahlil qilib borish; korxonalarning moliyaviy barqarorligi, aktivlar va kapital rentabelligini baholash; korxonaning ishchanlik koeffisienti, zaxira va o'z mablag'lari aylanuvchanligini baholash; muddati o'tgan majburiyatlarning holati, korxonalarning moliyaviy mustaqillik darajasidagi o'zgarishlar, sotish hajmidagi o'sish, likvid mablag'larning holati kabi qo'shimcha ko'rsatkichlarga baho berish; Kreditga layoqatlilikni tahlil etishning darajasi va sifati axborot manbalarining to'liqligiga va ularning atroflicha o'rganilishiga bog'liq. Shu sababli tahlil etishda o'rganiladigan axborotlarni tarkiblash va ularni tizimlashtirish muhim masala hisoblanadi. Quyida, korxonlar kreditga layoqatliligini baholash, tahlil etishning axborot manbalari va ular qo'yilgan talablarni keltirib o'tamiz. Faoliyatning ruxsat etilgan va etilmagan turlari bo'yicha maxsus axborotlar faoliyatning ruxsat etilgan va etilmagan turlari bo'yicha maxsus axborotlar Maqro iqtisodiy va maxsus axborotlar (davlat dasturlari, tarmoqning rivojlanishi haqidagi manbalar va h.k.) Maqro iqtisodiy va maxsus axborotlar (dalat dasturlari, tarmoqning rivojlanishi haqidagi manbalar va h.k.) Ekologik me'yorlar bo'yicha axborotlar ekologik me'yorlar bo'yicha axborotlar Tahlil etishda taqdim etilgan manbaalarning axborotligi va tarkibi yuzasidan ham muhim talablar qo'yiladi. Bu talablar mijozning kreditga layoqatliligini baholashda tashqi tahlilchiga kredit resurslarini jalb etish yuzasidan to'zib chiqiladigan savolnomaga to'la javoblar tayyorlashga imkon beradi. Bu holat kredit mablag'larini jalb qilishdagi turli havf xatarlarni oldini olishga, kredit tashkilotlarining jalb qilingan resurslarni o'z vaqtida va foizi bilan qaytarib olishiga hamda ularning likvidligini oshirishiga imkon beradi. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarini rivojlanishida kredit munosabatlari va to'lov qobiliyatini o'rganish dolzarb masala hisoblanadi. Banklar xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning kreditga layoqatliligini baholash orqali risklarni kamaytirishga, kredit resurslarini oqilona joylashtirish orqali o'z daromadlarini oshirishga, moliyaviy barqarorligini mustaxkamlashga erishadilar. Kreditga layoqatlilik ko'rsatkichlarini ikki tomonlama ko'rib chiqish lozim: 1.Qarz oluvchi nuqtai nazaridan kreditga layoqatlilik darajasi - kredit shartnomasini tuzish imkoniyati, olingan kreditlarni o'z vaqtida qaytara olish qobiliyati bilan baholanadi. 2. Bank nuqtai nazaridan, kreditga layoqatlilik darajasi korxonaga beriladigan kreditning hajmini to'g'ri aniqlay olish ma'suliyati inobatga olinadi . Ma'lumki, iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida xo'jalik yurituvchi sub'ektlarining, banklar faoliyatining tijoratlashuvi yuzaga keladi. Bu esa tamonlarning qaysi mulk shakliga asoslangan bo'lishiga qaramasdan iqtisodiy jihatdan to'liq mustaqil bo'lib, o'z xarajatlarini daromadlari bilan qoplashnishini talab etadi. Faoliyatning moliyaviy mablag'larga tayanishi oqibatida korxonalar faoliyatini rivojlantirishning ichki imokniyatlari doimo ham etarli bo'lmaydi. Shu sababli sub'ektlar ko'pincha qo'shimcha pul mablag'lariga ehtiyoj sezadilar va bu ehtiyojlar bank kreditlari hisobidan qoplanishi mumkin. Bank kreditlari nafaqat korxona va tashkilotlarni moliyaviy taminlashi manbasi balki ularni maqsadli, muddatli, taminlangan holda joylashtirish orqali o'zining faoliyat davomiyligini ham taminlab berishning zaruriy sharti hisoblanadi. Tijorat banklari faoliyatida qo'ygan maqsadga erishish va bergan kreditlarining samara bilan bankka qaytib kelishini ta'minlashi uchun mijozning moliyaviy holatini uning kreditni o'z vaqtida qaytara olishi imkoniyatlarini tekshirib ko'rishi lozim. Kreditga layoqatlilikni baholashda banklar nafaqat mijozning o'tgan davr ma'lumotlariga baho berishi, shu bilan birga uning kelajakdagi moliyaviy ahvolini ham bashoratlashi zarur. Moliyaviy barqarorlikni va kredit operasiyalaridagi risk hisobini ob'ektiv baholash, bankka kredit resurslarini samarali boshqarish hamda foyda olish imkonini beradi. Iqtisodiyot tarmoqlarini liberallashtirish muhim vazifa sifatida qabul qilinishi korxonalarning to'lov qobiliyati va barqarorligini aniqlashda chet el tajribasiga asoslangan buxgalteriya hisobini yuritish zaruratini tug'dirmoqda. Bunda buxgalteriya balansining yangi tahlilini yuritish asosiy o'rinni egallaydi. Balansdagi aktiv va passivlarni qabul qilingan moddalar bo'yicha guruhlashtirilishi, to'lov qobiliyati va kreditga layoqatlilikni etarli darajada chuqurroq tahlil qilish imkonini beradi. Kreditga layoqatlilikni baholash va tahlil qilishning asosiy usullariga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Ekspert baholash 2. Ballik (skoring) baholash. Bank va korxonalar faoliyatida kreditga layoqatlilikni baholash uslubiyotini shakllantirishda mezonlarga tayaniladi. Ushbu mezonlar korxonalarning kreditga layoqatliligini to'liq baholash imkoniyatini ochib berish zarur. 3 Download 51.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling