Mavzu: Korxonalarning kreditga layoqatliligini tahlili. Reja: kirish


Kriditga layoqatlilikni baxolashda moliyaviy va moliyaviy bo’lmagan ko’rsatkichlar tahlili


Download 51.21 Kb.
bet4/7
Sana19.06.2023
Hajmi51.21 Kb.
#1609808
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TEMUR TAHLIL KURS ISH

Kriditga layoqatlilikni baxolashda moliyaviy va moliyaviy bo’lmagan ko’rsatkichlar tahlili.

Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarining kreditga layoqatliligini baholashda moliyaviy va moliyaviy bo'lmagan ko'rsatkichlardan foydalaniladi.. Xo'jalik yurituvchi sub'ektni moliyaviy jihatdan o'rganganda asosan moliyaviy holatini, moliyaviy natijalarini va pul oqimlarini ifodalovchi ko'rsatkichlarni o'rganishga va kelgusidagi moliyaviy ahvolini bashoratlashga e'tibor qaratish zarurdir. Xo'jalik yurituvchi sub'ektni moliyaviy ahvoliga baho berishda banklar amaliyotida bir qancha metodlardan foydalanib kelinmoqda. Bulardan eng aniq natija beradigan metodlardan biri kompleks tahlil metodidir. Kompleks tahlil metodi xo'jalik yurituvchi sub'ektni moliyaviy ahvolini kompleks o'rganish asosida aniq xulosa shakllantirish imkonini beradi.
Kreditga layoqatlilikni baholashning kompleks tahlili quyidagilarni o'z ichiga oladi:
-korxona likvidlilik ko'rsatkichlari va balans likvidligi tahlili;
-korxona mablag'lari aylanishini tahlili;
-korxona faoliyati samaradorlik ko'rsatkichlari tahlili;
-moliyaviy barqarorlik ko'rsatkichlari tahlili;
-skoring modeli bo'yicha kreditga layoqatlilikni baholash usuli.
Korxona faoliyati natijaviyligiga rentabellik ko'rsatkichlari yordamida baho beriladi. Rentabellik ko'rsatkichlarining yuqori bo'lishi, uning natijasida yuqori foyda hisobidan har hil ko'rinishdagi aktivlarni sotib olish imkoniyati yuzaga keladi. Quyidagi eng muhim rentabellik koeffisientlarini keltirib o'tamiz: joriy aktivlar rentabellik ko'rsatkichi (kja;ROA); xususiy kapital rentabellik ko'rsatkichlari(KXK; ROE); sotish rentabellik ko'rsatkichi(Ks; ros).
Moliyaviy barqarorlik ko'rsatkichlari tahlili korxona moliyaviy mustaqil yoki qaramliligini ifodalaydi. Mablag'lar tarkibida qarz mablag'lari ulushi yuqori bo'lishi, moliyaviy barqarorlik pasayishiga olib keladi. Korxonaning kreditga layoqatliligini baholashda foydalaniladigan asosiy ko'rsatkichlar qo'yidagilar:mustaqillik koeffisienti; qarz va o'z mablag'lari o'rtasidagi nisbat koeffisienti; xususiy kapital xarakatchanlik koeffisienti. Mustaqillik koeffisienti(Kmus) – jami mol-mulk qiymatida xususiy kapital ulushini ko'rsatadi. Ushbu koeffisientning 0,5 dan yuqori bo'lishi korxonaning moliyaviy barqarorligini 0,5 dan past bo'lishi moliyaviy qaramligini bildiradi. Korxona rentabellik darajasi joriy aktivlarga nisbatan o'tgan yilga nisbatan 8.7 foizga kamaygan, xususiy kapital rentabelligi o'tgan yilga nisbatan 3.1 foizga ortgan, sotish rentabelligi esa 12.0 foizga ortgan. Korxonaning mustaqillik koeffitsenti o'tgan yilda 58.6 foizdan joriy davrga kelib 41.7 foizga tushib qolgan. Qarz va o'z mablag'lari nisbatidani bog'lanish 0.70 dan 1.39 ga ko'tarilgan. Bu holat joriy davrda kredit va qarzlar summasining keskitn ravishda ortganligidan dalolat beradi. Xususiy kapitalning xarakatchanlik koeffitsenti 0.28 dan 0.97 ga ortgan.
Xo'jalik yurituvchi sub'ektni moliyaviy bo'lmagan ko'rsatkichlariga quyidagilar kiradi: mijozning bozordagi obro'si; mijozning xarakteri; kreditning maqsadli yo'nalishlari; ta'minlanganligi(garov); kreditni qaytarish shartlari. Ushbu modellar ko'p parametrlarni o'z ichiga olganligi sababli korxonalarning kreditga layoqatliligini baholashda eng to'g'ri qaror qabul qilish imkonini beradi. Korxona olgan kreditini faqatgina kredit shartnomada ko'rsatilgan ishni bajarishga sarflashi kerak. Bunda kredit muayyan, aniq ob'ektga: ishlab chiqarish xarajatlariga, ishlab chiqarish zaxiralariga, tayyor mahsulotga, jo'natilgan tovarlarga, hisob-kitob hujjatlariga va hokazolarga beriladi. Jahon amaliyotida umumiy biror ehtiyojni qoplash uchun ishlatiladigan kreditlar mavjud. Bunda bank tomonidan beriladigan kreditlar qarz oluvchining moliyaviy resurslarga bo'lgan turli ehtiyojlarini qondirish uchun o'z ixtiyori bo'yicha ishlatiladi. Hozirgi sharoitda ular qisqa muddatli kreditlash sohasida cheklangan tarzda qo'llaniladi, o'rta va uzoq muddatli kreditlashda umuman qo'llanilmaydi. Bizning amaliyotimizda banklar tomonidan biror maqsadni amalga oshirish uchungina kreditlar beriladi. O'zining faoliyat doirasiga qarab, qarz oluvchi korxona va tashkilotlarni bir necha guruhlarga bo'linishi mumkin. Tijorat sohasi uchun kreditlar berish. Bu soha bo'yicha kreditlar savdo va xizmat ko'rsatish sohasida faoliyat ko'rsatuvchi xo'jalik sub'ektlariga beriladi. Bu kreditlar tez aylanib kelish xususiyatiga ega bo'lib, tijoratchilar ehtiyojini qondirishda katta ahamiyatga egadir.
Bank tomonidan kreditlar qimmatli qog'ozlar bo'yicha oldi sotdi operasiyalarini amalga oshiruvchi, fond birjasi vositachilari: broker, makler, dilerlik firmalariga ham beriladi.
5



  1. Download 51.21 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling