Mavzu: Korxonalarning kreditga layoqatliligini tahlili. Reja: kirish


Korxonaning ishonchliligini baxolash


Download 51.21 Kb.
bet5/7
Sana19.06.2023
Hajmi51.21 Kb.
#1609808
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TEMUR TAHLIL KURS ISH

Korxonaning ishonchliligini baxolash.

Quyida tavsiya etilayotgan uslubiyot korxonalar ishonchligini baholashning, tahlil etishning mavjud nazariy manbalariga tayangan holda tuzib chiqildi va undan barcha tijorat banklari o'z kredit siyosatini yo'lga qo'yishda, faoliyatini maqsadli boshqarishida foydalanishlari mumkin. Ushbu metodika amaldagi Qonunchilik normalariga, tartiblarga va eng muhimi tahlil uchun zarur bo'lgan axborotlar bazasini shakllantirishning umum belgilangan talablariga tula mos tushadi. Bunda asosiy jixatlar korxoaning yaqin yillar oralig'ida bankrotli bo'lmaslik, moliyaviy krizislar qiyinchiliklar, depsinishlar va sinishlar holatiga tushmasligi, majburiyatlarni qoplash yuzasidan ishonchli manbalarga ega va ega emasligini baholashga qaratiladi.
Baholashning ummuiy qoidalariga quyidagilarni kiritish mumkin: birinchi navbatda korxoaning e'lon chilinadigan va chop etiladigan moliyaviy hisobot ma'lumotlari asosida uning keng qamrovli moliyaviy axvolini, uning kutilishlarini baholash lozim. Ayniqsa aktsionerlik jamiyati, yoki mulki fond birjasida sotiladigan kompaniyalarning qimmatli qag'ozlari, aktsiyalarining aylanishiga, bozordagi holatiga muhim ahamiyat qaratish zarur. Korxona ishonchligini baholashda eng muhim xulosalar shuningdek moliyaviy hisobotlar ma'lumotlari asosida naiqlanadigan koeffitsentlar natijalariga qarab chiqariladi. Ekspres tahlil asosida korxonaning faoliyat samaradorligi, moliyaviy sog'lomligi, ishonchlilik darjasi bitta aktsiyaga to'g'ri keladigan foyda normasining o'zgarishi; aktsiya bahosining o'zgarishi; dividend summalarining o'zgarishiga qarab korxonaning ishonchlilik darajasini dastlabki xulosalarni berish mumkin.
O'z navbatida kompaniyalarning, aktsionerlik jamiyatlarining dividend stavkalarini doimiy o'rganish nafaqat ushbu korxonalarning kredit munosbatlarini tartibga solish balki bank foiz stavkalariga o'zgarishlar kiritish, kredit shartlarini belgilash moliyaviy boshqaruv strategiyalarini belgilashda ham muhim masala hisoblanadi.6
Tahlilda muhim ahamiyat korxonalar aktsiyalariga e'lon qilingan dividendlar va bank depozitlari foizi orasidagi nisbat, aloqadorligiga qaratiladi. Xalqaro amaliyotda ular orasidagi nisbat bo'yicha quyidagi qategoriyalar tarkiblanadi.
a) aktsiyalar bo'yicha dividend qaytimi depozit foizidan 20 foiz oshganda - kompaniyaning investision jozibadorligi eng yuqori deb baholanadi.
b) aktsiyalar bo'yicha dividend qaytimi depozit foizidan 20 foizdan kam bo'lgan hollarda - kompaniyaning investision jozibadorligi nisbatan past deb baholanadi.
c) aktsiyalar bo'yicha dividend qaytimi depozit foizidan etmagan hollarda hollarda - kompaniyaning investision jozibadorligi yo'q deb baholanadi
d) aktsiyalar bo'yicha dividend qaytimi depozit foizidan kam bo'lgan va ular orasidagi interval 20 foizdan ortadigan bo'lsa - kompaniya faoliyat samaradorligi pas deb baholanadi va investisiya jalb chilish imkoniyatiga ega bo'lmaydi (bunda uzoq muddatli investisiyalar mustasno deb qaralishi mumkin);
e) aktsiyalar bo'yicha divedendlar to'lanmasa yoki to'lash imkoniyatlari bo'lmasa bunday korxonalar krizis, bankrotlik holatida deb deb qaraladi.
Korxonalar ishonchligini baholashda ularning moliyaviy holati, samaradorligining reyting bahosiga ham muhim axamiyat qaratiladi. Reyting baholash amaliyoti yuqoridagi ko'rsatkichlar tizimini kategoriyalar bo'yicha ranjirlashni talab etadi. Xuddishu tarkibilash va ranjirlash moliyaviy koeffitsentlar bo'yicha ham amalga oshiriladi. Moliyaviy koeffitsentlar bo'yicha quyidagi kategoriyalarni tarikblash mumkin.
K1-kategoriyaga barcha moliyaviy koeffitsentlar (likvidlik, kapital tarkibi, rentabellik va aylanuvchanlik) darajasi o'rtacha tarmoq ko'rsatkichdan yuqori bo'lgan korxonalar-ishonchli, moliyaviy barqaror, investision jozibador, to'lovga Qobil, sifat menejmentiga ega korxonalar kiritiladi.
K2-kategoriyaga likvidlik va xususiy kapital tarkibi bo'yicha moliyaviy koeffitsentlari o'rtacha tarmoq ko'rsatkichlaridan ortadigan biroq, rentabellik va aylanuvchanlik ko'rsatkichlari o'rtacha tarmoq ko'rsatkichlaridan past bo'lgan 7korxorxonalar kiritiladi.Bunday korxonalarni to'lovga Qobil, moliyaviy barqaror deyish mumkin lekin investision jozibadorligi, samaradorlikning sifati menejmenti past deb qabul qilinadi.
K3-kategoriyaga likvidligkning barcha ko'rsatkichlari bo'yicha yuqori lekin qolgan moliyaviy ko'rsatkichlar bo'yicha axvoli o'rtacha tarmoq ko'rsatkiyalaridan past bo'lgan korxonalar kiritiladi. Bunday korxonalar qisqa muddatli to'lovga Qobil, lekin moliyaviy nobarqorlikga ega, investision jozibadorligi va samradorlikning sifat menejmenti juda past korxonalar sifatida tarkiblanadi.
K4-kategoriyaga joriy to'lov layoqatiga ega lekin oralik va tezkor to'lov layoqatiga ega bo'lmagan, kolgan moliyaviy koeffitsentlar guruhi bo'yicha o'rtacha tarmoq ko'rsatkichlaridan juda past bo'lgan ko'rsatkichlarga ega bo'lgan korxonalar kiritiladi. Bunday korxonalar bankrotlik ning boshlang'ich bosqichidagi korxonalar sifatida qaraladi.
Korxona ishonchligini baholashda qator ko'rsatkichlar ifodasi va ularning jamlanmasidan iborat Altmanning formulasidan ham foydalaniladi. Ushbu formulasi korxona iqtisodiy nochorligini baholash modeli sifatida ham tan olingan.
Z = 6,56X1 + 3,26X2 + 6,72X3 + 1,05X4
Bunda:
X1 – aylanma mablag'lar (joriy aktivlar)/jami aktivlar;
X2 – sof foyda/jami aktivlar
X3 – foizlar va soliqlar to'loviga qadar foyda/ balans jami
X4 – xususiy kapital/majburiyatlar jami
Korxona ishonchligini bilishning qo'shimcha baholash normalari sifatida ustav kapitalining majburiyatlar nisbatan ustunligiga, korxonaning innovasion aktivligiga, ko'rgazma va yarmarkalarda qatnashish darajasiga, yutuqlariga, tanlovlarda g'oliblik darajalariga ham ahamiyat qaratish lozim.


XULOSA
Dunyoning barcha davlatlari uchun bosh maqsad bu iqtisodiy o'sishga, xalq farovonligini taminlashga qaratilgan. Shu sababli jaxonning barcha davlatlarida raqobatdosh xujalik yuritish tuzilmalarini yaratishga, ularni ularni modernizasiya va rekonstruktsiya qilishga, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning zamonaviy, samarali shakllariga o'tishga muhim ahamiyat qaratilmoqda. Korxoani raqobatdoshligi - uning bozordagi raqiblarga nisbatan ustunligi va iqtisodiy navflikka ega bo'lishidir. Raqobatdoshlik kompleks ko'rsatkichlar tizimi orqali baholanadi. Uni baholashdan maqsad-korxonaning tarmoq, xudud va xalqaro bozordagi o'rnini belgilashdan iborat.
Korxona raqobatdoshligini baholash algoritmi quyidagilarni o'z ichiga oladi:
-baholash maqsadini aniqlash;
-baholash, tahlil etish faoliyat turlarini belgilash;
-taqqoslash tanlovi;
-ko'rsatkichlarini tanlash va tasniflash;
-ko'rsatkichlarni baholash, tahlil etish;
-ko'rsatkichlar baholash natijalarini umumlashtirish;
-raqobatdoshlikni baholash xulosalarini tayyorlash.
Kredit inspektorlari daromadlar tahlilida operasion faoliyatdan daromadlarning muhim qatori hisoblangan mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan sof tushumlar, sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni ishlab chiqarish tannarxi hamda mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan yalpi foyda ko'rsatkichlarini o'zgarishlariga, ularning o'zgarish sabablariga, sof foyda tarkibidagi salmog'iga ahamyait qaratishlari lozim. Negaki bu foyda kreditlarning foizlarini qoplash manbasi ham hisoblanadi. Kreditorlarning olingan kreditlar hisobiga to'lovlari va ularga tegishli foizlarning to'lash imkoniyatlarining mavjudligini faqat ularning o'zigagigina axamiyatli masala emas. mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan sof tushumlarning o'sishi bilan, sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni ishlab chiqarish tannarxining o'sishi, shu bilan birgalikda mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan yalpi foydaning o'zgarishlarini baholashda albatta ularning o'zaro bog'liqligiga va uzviylikdagi aloqadorligia muhim e'tibor berish lozim. Kreditning muddatligi - bu olingan kreditni o'z vaqtida qaytarib berishligi bilan tavsiflanadi. Kreditning muddatlilik tamoyili qarzdor uchun qulay bo'lgan har qanday vaqtda emas, balki kredit bitimida ko'rsatilgan malum muddatda kreditning qaytarilishi zarur ekanligini bildiradi. Kreditning muddatliligi har ikkala tomon, kreditor va qarz oluvchi uchun muhimdir. Agar kreditor qarzni foizi bilan o'z vaqtida qaytib olsa, uni egasiga o'z vaqtida qaytarish yoki yana kreditga berish imkoniyatiga ega bo'ladi. Qarz oluvchi kreditni samarali ishlatib, uni o'z vaqtida kreditorga qaytarish va shu bilan shartnomadagi jazo choralaridan qutilishidan manfaatdor. Kreditning muddati bo'yicha kredit shartnomada ko'rsatilgan shartlarning buzilishi natijasida qarz beruvchi qarz oluvchiga iqtisodiy choralar ( jarimalar shaklida, kredit bo'yicha foiz darajasini oshirish, kreditning muddatini qisqartirish va boshqalar)ni qo'llashi mumkin. Bu choralar ham yordam bermagan hollarda qarz beruvchi moliyaviy talablarni xo'jalik sudi orqali undirib olishi mumkin. Kreditning muddatliligi kelib tushuvchi boyliklarni tejamli va qayta ishlatish, ishlab chiqarilgan mahsulotni jo'natish, tovarlarni sotish muddatlariga va pirovard natijada aylanma fondlarining doiraviy aylanishining tezligiga bog'liqdir. Olingan kreditning maqsadli ishlatilganligi muhim masala hisoblanadi. Bu tamoyilning mohiyati shundaki, qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar aniq bir maqsadni amalga oshirishga yo'naltirilgan bo'lishi zarur. Kreditning qaysi maqsadga yo'naltirilganligi, masalan, tovar-moddiy boyliklar sotib olishga yoki biror ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga va hokazo aniq biror ob'ektga maqsadli yo'naltirilganligi korxona bilan bank o'rtasida tuziladigan kredit shartnomada ko'rsatilgan bo'ladi.


8

Download 51.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling