Mavzu: korxonaning asosiy fondlari va


Ishlab chiqarish vositalari va ularning tavsifi


Download 17.26 Kb.
bet2/4
Sana31.01.2024
Hajmi17.26 Kb.
#1828763
1   2   3   4
Bog'liq
Reja Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va tartibi-fayllar.org

2. Ishlab chiqarish vositalari va ularning tavsifi
Asosiy fondlar kengaytirilgan takror ishlab chiqarishdagi ishtirokiga ko'ra ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish asosiy fondlariga bo'linadi.
Ishlab chiqarish asosiy fondlari moddiy ishlab chiqarish sohasida qatnashadi. U o'zining amal
qilish sikli davomida ishlab chiqarish jarayonida bir necha marta ishlatiladi. Ishlab chiqarish
asosiy fondlari bosqichma – bosqich eskirib, o'z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga
qismlab o'tkazib boradi. Ular amortizatsiya ajratmalari hisobiga qoplanadi.
Noishlab chiqarish asosiy fondlariga korxona balansida turgan, xodimlarga xizmat qiladigan
turar joylar, bog'cha, sport muassasalari va boshqa madaniy-maishiy xizmat ko'rsatuvchi
ob'ektlar kiradi. Ishlab chiqarish fondlaridan farqli o'laroq ular ishlab chiqarish jarayonida
qatnashmaydi va o'zining qiymatini mahsulotga o'tkazmaydi. Ularning qiymati iste'molda yo'q
bo'lib ketadi. Ularning o'rni to'ldirilmaydi. Ular korxona foydasi hisobiga takror ishlab
chiqariladi.
Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlari quyidagi guruhlarga bo'linadi:
yer uchastkalari, egalik qilish huquqiga ega korxonaga tegishli bo'lgan tabiatdan foydalanish
ob'ektlari (suv,yer osti boyliklari; boshqa tabiiy resurslar);
binolar (ishlab chiqarish – texnik, yordamchi binolar va boshqalar);
inshootlar (injenerlik qurilish ob'ektlari, ishlab chiqarishga yordamlashuvchi inshootlar);
uzatish qurilmalari (elektr uzatish shaxobchalari);
mashina va jihozlar;
o'lcham va nazorat qilish asboblari, qurilmalari va laboratoriya jihozlari;
hisoblash texnikasi;
transport vositalari (ichki va tashqi ishlab chiqarish)
qiymati eng kam oylik ish haqining 50 barobaridan ko'p bo'lgan asbob va moslamalar;
ishlab chiqarish va xo'jalik inventarlari;
xo'jalik ichidagi yo'llar.
Asosiy fondlar tuzulmasini to'g'ri tashkil etish ishlab chiqarishning o'sishiga, tannarxning
pasayishiga va korxona pul mablag'larining ortishga olib keluvchi shart sifatida qaraladi.


Download 17.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling