Mavzu: Korxonaning moliya funksiyasi
Download 123.8 Kb.
|
xurshidjon
Mavzu:Korxonaning moliya funksiyasiTekshirdi: Akramova O.Bajardi: Murtazoyev X.Reja: 1.Korxonaning moliya funksiyasi. 2.Moliya tizimi. 3.Moliya siyosati.Moliya tizimiMoliya o‘z mohiyatiga ko‘ra iqtisodiy kategoriya bo‘lib, hozirda ijtimoiy-siyosiy tuzumi turlicha bo‘lgan davlatlar tomonidan birdek foydalanilmoqda. Bukategoriya boshqa iqtisodiy kategoriyalar (pul, foyda, tannarx, qiymat, kredit va h.k. )kabi jamiyatdagi ma’lum munosabatlarMoliyatizimi Yagona moliya tizimining asosi korxonalar moliyasi hisoblanadi,chunki ular moddiy ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadilar. Markazlashgan davlat fondlarining manbai moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilayotgan milliy daromad hisoblanadi. Umum davlat moliyasi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari rivojlanishining ma’lum sur’atlarini ta’minlashda, moliyaviy resurslar ni iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat hududlari o‘rtasida,ishlab chiqarish va noishlabchiqarish sohalari o‘rtasida hamda mulk shakllari, aholining alohida guruh va qatlamlari o‘rtasida qayta taqsimlashda yetakchi rol o‘ynaydi. Moliyaviy resurslardan samarali foydalanish davlatning faol moliyaviy siyosati asosidagina mumkin bo‘ladi. Moliya tizimi orqali davlat markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini, jamg‘arish va iste’mol fondlarini soliqlar, davlat budjeti xarajatlari, davlat kreditini qo‘llash bilan shakllantirishga ta’sir o‘tkazadi. Davlat budjeti davlat moliyatizimining bosh bo‘g‘ini hisoblanadi . U davlat boshqaruv organlari funksiyalarini ta’minlash uchun markazlashgan pul fondlarini shakllantirish va ishlatish shaklidir.Muomala harajatlari — tovar muomalasi jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan jami sarflar. Muomala harajatlari mohiyatiga koʻra sof va qoʻshimcha harajatlarga boʻlinadi. Sof harajatlar tovarlarni bevosita oldisotdi qilish bilan bogʻliq harajatlardir. Sof harajatlarga bevosita savdoni uskunalar bilan jihozlash, binolarni isitish, yoritish, savdo xodimlariga haq toʻlash va h.k. harajatlar kiradi.Moliya tizimi iqtisodiyot pul sektorining bir qismi, moliya amaliyoti. Moliya tizimi faqat moliya munosabatlarini emas, balki moliyaga taallukli siyosiy, tashkiliy munosabatlarni ham qamrab oladi. Bu tizim tarkibiga qu-yidagilar kiradi: a) moliya obʼyektini hosil etuvchi pul fondlari yoki moliya resurslari; b) korxonalar, xonadonlar, davlat idoralari va nodavlat tashkilotlaridan iborat moliya munosabat larining subʼyektlari ishtirokchilari; v) moliya mexanizmi, yaʼni moliya munosabatlarida qoʻllaniladigan va pul bilan bogʻliq vositalar (foyda, zarar, rentabellik, likvidlik, byudjet byudjetdan tashkari fondlar, subsidiya, subvensiya, dotatsiya, sanatsiya, moliya norma tivlari, moliyaviy sanksiya va boshqalar); g) moliya institutlari va davlatning moliya idoralari (moliya kompaniyalari, moliya jamgʻar malari, moliya vazirligi, uning mahalliy boʻlinmalari, soliq idoralari, gʻaznachilik xizmati, soliq politsiyasi va boshqalar); d) moliya bozori fond bozori, sugʻurta xizmati bozori, valyuta bozori;e) moliya siyosati iqtisodiyot subʼyektlarining moliyaga oid yul-yoʻriklari va xatti harakati.Moliya siyosati, byudjet siyosati — davlat umumiy iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismi; davlat faoliyatini taʼminlash, mamlakat farovonligini oshirish maqsadlarida moliya tizimini tashkil etish, moliyaviy resurslarni safarbar etish va ulardan foydalanish, davlat oldida turgan ichki va tashqi siyosat vazifalarini bajarish buyicha amalga oshiriladigan barcha davlat tadbirlarini uz ichiga oladi.Moliya siyosati taʼsir koʻrsatadigan asosiy obʼyektlar — aholining turli katlamlari, davlat institutlari (tashkilotlari), sanoat va xoʻjalikning b. sohalari, mintakalar va mamlakatlarning umumiy hududi. Moliya siyosatining asosiy quroli va tarkibiy qismi — davlat byudjeti daromadlari va harajatlari, zayomlari, soliq imtiyozlaridir.Download 123.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling