3-rasm. Qisqa muddatli oraliqda foydani maksimallashtirish grafigi.
3-rasmdagi grafikdan kо‘rish mumkinki, ishlab chiqarish hajmi kichik bо‘lganda, firma foydasi manfiy bо‘ladi, firma zarar bilan ishlaydi, firmaning daromadi xarajatlarni qoplash uchun yetarli emas.
Ishlab chiqarish hajmi oshib borishi bilan firmaning foydasi musbat bо‘lib oshib boradi va ishlab chiqarish hajmi ИЧХ ga teng bо‘lganda daromad (УД) bilan umumiy xarajat (УХ) о‘rtasidagi farq maksimal bо‘ladi. Demak, foyda ishlab chiqarish hajmi ИЧХ bо‘lganda maksimallashadi. Ishlab chiqarish hajmi dan oshganda ИЧХ umumiy xarajatlarning о‘sishi daromad о‘sishiga nisbatan ustunroq bо‘lgani uchun foyda kamayib boradi. Rasmdan kо‘rinib turibdiki, ishlab chiqarish hajmi Q1 gacha bо‘lganda firma zarar bilan ishlaydi, nima uchun deganda . Firma ИЧХ oraliqda foyda oladi va bu foyda ICHX2 ga qadar oshib, ishlab chiqarish hajmi ga teng bо‘lganda maksimal qiymatga yerishadi. N nuqtada daromad chizig‘ining burchak koyeffitsiyenti umumiy xarajat chizig‘ining burchak koyeffitsiyentiga teng
Shunday qilib, firmaning chekli daromadi bilan chekli xarajati bir-biriga teng bо‘lganda foyda maksimal qiymatga erishadi. foydani maksimallashtirish sharti bо‘lib, firma qaysi bozorda (raqobatlashgan, monopol, oligopol) faoliyat kо‘rsatmasin, u о‘z kuchini saqlab qoladi.
Yuqoridagi mulohazalardan shu kelib chiqadiki, agar bо‘lganda, firma mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishi kerak (har bir qо‘shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot umumiy foydani oshirib boradi), agar bо‘lsa, ishlab chiqarish hajmini qisqartirish kerak bо‘ladi.
Maksimallik shartini matematik tomondan keltirib chiqarish mumkin:
.
Funksiya maksimal qiymatga erishadi, qachonki ishlab chiqarish hajmini kichik miqdorga oshirganimizda foyda о‘zgarmasa, ya’ni
, bundan
.
va ,
bо‘lgani uchun foydani maksimallashtirish shartini quyidagicha bо‘ladi:
.
Do'stlaringiz bilan baham: |