Mavzu: Korxonaning moliyaviy ko‘rsatkichlari. Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati. Moliya tizimi ва унинг sohalari


Download 164.97 Kb.
bet5/10
Sana07.03.2023
Hajmi164.97 Kb.
#1246075
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-mavzu

4. Korxona daromadlari.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning daromadi talab va taklif asosida о‘rnatilgan narxga bog‘liqdir. Shu bilan birga bozor mukammal raqobatlashgan va monopol raqobatlashgan holatda faoliyat kо‘rsatadi. Monopol raqobatlashgan holat yirik bozorlarda kam uchraydi. Mukammal raqobatlashgan bozorda korxonalar erkin faoliyat kо‘rsatib, narxga ta’sir kо‘rsata olmaydi. Bunday holatda korxonalar daromadni ishlab chiqarish hajmini oshirish hisobiga kо‘paytirish mumkin. Demak, raqobatlashgan bozorda umumiy daromadni о‘zgarmas narxni о‘zgaruvchan ishlab chiqarish hajmiga kо‘paytirish orqali aniqlash mumkin:



Bu yerda - umumiy daromad; - narx; - ishlab chiqarish hajmi.
Umuman olganda, daromad sotilgan mahsulot miqdoriga bog‘liq bо‘lganligi uchun, u kо‘rinishida yoziladi.
О‘rtacha daromad - sotilgan bir birlik mahsulotga tо‘g‘ri keladigan daromaddir, ya’ni:
.
(2) formuladan kо‘rinib turibdiki, о‘rtacha daromad raqobatlashgan bozorda narxga teng bо‘ladi.
Har bir korxona egasining strategik maqsadi kо‘proq daromad olishdir. Erkin raqobatlashgan bozorda daromadni oshirishni narx о‘zgarmas bо‘lganda qо‘shimcha bir - birlik mahsulot ishlab chiqarib sotishdan olingan chekli daromad narxga teng bо‘lguncha davom ettirish mumkin.
Chekli daromad - bu qо‘shimcha bir birlik ne’matni sotish natijasida umumiy daromadning о‘sgan qismi , ya’ni:


.

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, korxonalarning daromadi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va ishlab chiqarish hajmini chegaralangan darajagacha oshirish imkonini beruvchi xо‘jalik faoliyatini tashkil etish lozim.


Korxonalarning ishlab chiqarish, xо‘jalik faoliyati natijasida olinadigan daromadlar quyidagilardan iborat:

Yalpi tushum mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan, undan qо‘shilgan qiymat, aksiz solig‘i va eksport boj poshlinasi, chegirilgan tushum sifatida aniqlanadi. Unga tovarlarning qaytarilishi, xaridorlar uchun berilgan chegirmalar va boshqalar kiritilmaydi.
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi:

  • Undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida tо‘lanmagan qarzlar va xо‘jalik shartnomalari shartlarini buzg‘anlik uchun boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek yetkazilgan zararlarni undirish bо‘yicha daromadlar.

  • Hisobot yilida aniqlangan о‘tgan yillardagi foyda.

  • Ishlab chiqarish va mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bevosita bog‘liq bо‘lmagan operatsiyalardan renta daromadi, xо‘jalik yurituvchi subyektlar huzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar sifatidagi boshqa daromadlar.

  • Xо‘jalik yurituvchi sub’yektning asosiy fondlarini va boshqa mol-mulklarini sotishdan olingan daromadlar.

  • Da’vo bildirish muddati о‘tgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar.

  • Tovar-moddiy boyliklarni puxta baholash. Tovar-moddiy boyliklarni tо‘liq baholash summasi mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishiga kо‘ra soliq solinadigan daromadga kiritiladi).

  • Davlat subsidiyalaridan daromadlar

  • Xolisona moliyaviy yordam

  • Boshqa operatsion daromadlar

Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:

  • Olingan royaltilar (har qanday nomoddiy aktivlardan foydalanganlik yoki ulardan foydalanish huquqi uchun to'lovlar, shu jumladan, dasturiy ta'minot va ma'lumotlar bazalari, rasm, dizayn yoki model, reja, maxfiy formulalar, texnologiya yoki jarayon, audiovizual asarlar va turdosh huquqlar ob'ektlari, shu jumladan ijro va fonogrammalar uchun mualliflik huquqi) va sarmoya transferti.

  • О‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xо‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatida ulush qо‘shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aksiyalar bо‘yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xо‘jalik yurituvchi sub’yektga tegishli qimmatli qog‘ozlar bо‘yicha daromadlar.

  • Mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing tо‘lovini olish).

  • Valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi operatsiyalar bо‘yicha ijobiy kurs tafovutlari.

  • Sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, shо‘ba korxonalarga va hokazolarga) mablag‘larni qayta baholashdan olingan daromadlar.

  • Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar.


Download 164.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling