Mavzu: Korxonaning moliyaviy ko‘rsatkichlari. Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati. Moliya tizimi ва унинг sohalari


-жадвал Xorijiy mamlakatlarda metallarga royalti stavkalari (foiz)


Download 164.97 Kb.
bet6/10
Sana07.03.2023
Hajmi164.97 Kb.
#1246075
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-mavzu

1-жадвал
Xorijiy mamlakatlarda metallarga royalti stavkalari (foiz)



Mamlakatlar

Mis

Oltin

Nodir metallar

Temir

Avistraliya

3,5

1,3

2,7

7

Braziliya

2

1

3

2

Botsvana

3

5

3

3

Chili

7

7

7

7

Janubiy Afrika

3,3

2,3

5

3,3

Favqulodda foyda moddalari - bu kо‘zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega bо‘lgan, hodisa yoki xо‘jalik yurituvchi sub’yektning odatdagi faoliyati doirasidan chetga chiqadigan tusdagi operatsiyalar natijasida paydo bо‘ladigan va olinishi kutilmagan foydadir. Bunga daromadlarning favqulodda moddalari yoki asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar bо‘limida aks ettirilishi kerak bо‘lgan о‘tgan davrlardagi foyda kirmaydi.




5. Korxona foydasi va uni maksimallashtirish.

Korxonalar va uning barcha bо‘g‘inlari ishini tavsiflovchi muhim sifat kо‘rsatkichlaridan biri foyda va rentabellikdir. Foyda bozor munosabatlarining muhim kategoriyasi sifa­tida iqtisodiyotda ma’lum funksiya (vazifa)larni bajaradi:



  • ishlab chiqarish faoliyatining natijasidan olingan iqtisodiy samarani tavsiflaydi, chunki u sо‘nggi moliyaviy natijani ifodalaydi;

  • turli darajadagi byudjetlarni shakllantiradi;

  • xodimlarning manfaatlarini himoya qiladi va bu bora­da iqtisodiy dastak va stimul rolini о‘ynaydi;

  • ilmiy - texnikaviy, tashkiliy va ijtimoiy ishlarni amalga oshirishga imkoniyat beradi.

Foyda sanoat, tarmoq va korxonaning hamma ishlab chiqa­rish xо‘jalik faoliyati natijalarini umumlashtiruvchi kо‘rsatkichdir. Balansdagi foyda yoki foydaning umumiy summasi - korxona balansidagi mavjud ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari, xо‘jaliklarning moliya-xо‘jalik faoliyatlari natijasida olingan foyda summasidir. Foydaning umu­miy summasi tovar mahsulotini sotishdan, ishlab chiqarishdan tashqari, bajarilgan ishlar va xizmatlardan olingan daromadlardan, korxona yordamchi xо‘jaliklarining mahsulotlarini sotishdan olingan daromadlardan, realizatsiyadan tashqari foyda va uy-joy kommunal xо‘jaligi, har xil jarimalar, penya va hokazolardan tashkil topadi.
Xо‘jalik yurituvchi sub’yekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi kо‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi:

  • mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda (YAF), bu so­tishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi о‘rtasidagi tafovut sifatida aniklanadi:

YAF=SST-MIT,


Bu yerda: YAF — yalpi foyda;


SSTsotishdan olingan sof tushum;
MITsotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi.
- asosiy faoliyatdan kо‘rilgan foyda - bu, mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari о‘rtasidagi tafovut va qо‘shimcha asosiy faoliyatdan kо‘rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:


Z

Bu yerda: asosiy faoliyatdan olingan foyda;


— davr xarajatlari;
— asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
— asosiy faoliyatdan kо‘rilgan boshqa zararlar.
- xо‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar) - bu, asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan kо‘rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:



Bu yerda: umumxо‘jalik faoliyatidan olingan foyda;


— moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
— moliyaviy faoliyat xarajatlari.
- soliq tо‘lagungacha olingan foyda - bu umumxо‘jalik faoliyatidan olingan foyda, plyus favqulodda (kо‘zda tutilmagan) vaziyatlardan kо‘rilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi:



Bu yerda: soliq tо‘lagungacha olingan foyda;


FP - favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;
favqulodda vaziyatlardan kо‘rilgan zarar.
- yilning sof foydasi - bu, soliq tо‘langandan keyin xо‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladi, о‘zi dadaromadi (foydasi)dan tо‘lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va tо‘lovlarni chiqarib tashlangan holda soliqlar tо‘lagunga qadar olingan foydani ifodalaydi:



Bu yerda: - sof foyda;


daromad (foyda)dan tо‘lanadigan soliq;
boshqa soliqlar va tо‘lovlar.
Har bir korxona (firma) yashashi va ravnaq topishi uchun foyda olishi kerak. Korxona foydani о‘z rivojini ta’minlovchi birinchi muhim omil deb biladi. Foydani maksimallashtirish bilan shug‘ullanmaydigan korxonaning yashab ketish imkoniyati kam bо‘ladi. Makroiqtisodiyot sohasida uzoq muddatga foydani maksimallashtirish masalasiga katta e’tibor berilishi shundan iboratki, shu asosda firma faoliyati oldindan bashorat qilinadi,
Mulk egasini о‘zi boshqaradigan, unchalik katta bо‘lmagan korxona (firma)da, ularni yuritish bilan bog‘liq bо‘lgan hamma qarorlarda foydani kо‘paytirish asosiy о‘rin tutadi. Juda katta va yirik korxona (firma)larda rahbar (boshqaruvchi)lar kundalik qarorlarni qabul qilishda mulk egalari har doim ham boshqaruvchilar faoliyatini nazorat ostida saqlay olmaydilar. Shuning uchun boshqaruvchilarda va korxonaga rahbarlik qilishda ma’lum darajada erkinliklar bо‘lib, ular foydani maksimallashtirish bilan yetarli shug‘ullanmasliklari, mulk egasi bо‘lmaganliklari uchun uzoq muddatli manfaat о‘rniga qisqa manfaatni afzal kо‘rishlari mumkin. Boshqaruvchilar kо‘pincha foydani maksimallashtirish о‘rniga daromadni kо‘paytirish yoki aksiyadorlarni qiziqtirish uchun dividendni oshirishga harakat qilishlari mumkin. Bundan tashqari, ular yuqori lavozimga erishish yoki katta mukofotlar olish maqsadida foyda keyinchalik kamayib ketsa ham hozirgi kunning о‘zida oshirishga harakat qiladilar. Shu tufayli bunday rahbarlar о‘z lavozimlaridan chetlashtirilishi va korxonani boshqa rahbarlarga topshirish zaruriyati yuzaga keladi.
Yuqorida keltirilgan foyda turlaridan tashqari, uning yana bir qancha turlari mavjud:

  • real foyda;

  • tarmoq foydasi;

  • iqtisodiy renta;

  • maksimal foyda.

Real foyda - bu, haqiqatda erishilgan natija, ya’ni real sarflar asosida olingan foydadir. Bu foyda korxona xо‘jalik faoliyatini tashkil etishda asosiy manbadir.
Tarmoq foydasi deganda, tarmoqda faoliyat kо‘rsatayotgan korxonalar kabi qilingan bir xil foyda olish yoki bir xil rentabellikka ega bо‘lish. Tarmoq foyda - korxonaning faoliyat kо‘rsatayotgan sohada qolishini ta’minlaydi. Bunday foydaning yuzaga kelishi bozorning uzoq muddatli barqarorlikka erishganidan dalolat beradi. О‘rtacha foydani kо‘pincha iqtisodiy foyda deb ataydilar.
Iqtisodiy foyda qachon paydo bо‘ladi? Agar korxona bir mahsulotni tayyorlab, sotib, haqikdtda 100 ming sо‘m foyda olgan bо‘lsa-yu, ana shu mablag‘ni boshqa mahsulot ishlab chiqa­rishga sarflab, uni sotganda 150 ming sо‘mlik foyda olsa, bun­day foydani iqtisodiy foyda deb tushunish kerak. Bu holda foyda ijobiy tus oladi. Ijobiy iqtisodiy foyda korxonani biron-bir investor faoliyat boshlashiga rag‘batlantirsa, ijo­biy haqiqiy foyda ishlab chiqarish yoki firmaning ancha oyoqqa turib olganidan darak beradi.

Download 164.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling