Mavzu: Korxonaning moliyaviy ko‘rsatkichlari. Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati. Moliya tizimi ва унинг sohalari


Download 164.97 Kb.
bet9/10
Sana07.03.2023
Hajmi164.97 Kb.
#1246075
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-mavzu

6. Korxona rentаbelligi.

Korxonalarining muhim moliyaviy kо‘rsatkichlaridan biri rentabellikdir. Ishlab chiqarish rentabelligi korxona (fir­ma) ishi samaradorligini umumlashtiruvchi kо‘rsatkichlardan biridir. U korxonaning daromad olish darajisini ifodalaydi.


Rentabellik nazariyasida uning bir qancha turlari mav­jud bо‘lib, ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
- sotish rentabelligi;
- asosiy faoliyat rentabelligi;
- xususiy kapital rentabelligi;
- asosiy kapital (fondlar) rentabelligi;
- permanent kapital rentabelligi;
- aylanma kapital rentabelligi;
- qarzga olingan kapital rentabelligi;
- real asosiy kapital rentabelligi;
- investirlashgan kapital samaradorligi.
1. Sotish rentabelligi deganda, har bir sotilgan mahsulot summasiga qancha xarajat qilinganlik darajasi tushuniladi. Demak, bu kо‘rsatkich sotilgan mahsulot qiymati bilan ana shu mahsulotni ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni taqqoslash asosida yuzaga keladi. Bunday koeffitsiyent baholash siyosatidagi о‘zgarishlarni va sotilgan mahsulot tannarxini nazorat qilish bо‘yicha korxonaning qobiliyatini tavsiflaydi.
Sotish rentabelligini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:



TН –mahsulot tannarxi, TM-Tovar mahsulot
2. Asosiy faoliyat rentabelligi — bu, ishlab chiqarishning foydaliligi, natijaliligidir. Bu kо‘rsatkich ishlab chiqarish samaradorligini tavsiflaydi va quyidagicha ifodalanadi:

3. Xususiy kapitalning rentabelligi - bu, korxona (fir­ma), tarmoq xususiy kapitalining foydaliligi va natijaliligi. U quyidagi formula yordamida aniqlanadi:





XKX - xususiy kapital xarajatlari
Bunday koeffitsiyent xususiy kapitaldan foydalanish darajasini, ya’ni korxona tomonidan xususiy kapitalning о‘rtacha qiymatiga qancha sof foyda olinganligini kо‘rsatadi.
4. Asosiy kapital (fondlar) rentabelligi — bu, asosiy
fondlar va boshqa oborotdan tashqari aktivlarning foydaliligi. U quyidagicha aniqlanadi:

УMA - Uzoq muddatli aktivlar
5. Aylanma kapital ( )ning rentabelligi - bu, aylanma kapitalning foydaliligi, natijaliligi. U har bir sо‘mli aylanma kapitaldan qancha foyda olish mumkinligini kо‘rsatadi. Uni quyidagi formula asosida aniqlash mumkin:



6. Qarzga olingan kapital(QK)ning rentabelligi - bu, qarzga


olingan kapitalning foydaliligi, unumliligi. U quyidagicha
aniqlanadi:

Bu koeffitsiyent har bir sо‘mli qarzga olingan kapital qancha foyda keltirganligini ifodalaydi.


8. Real asosiy kapital (РК)ning rentAbelligi uning foydaliligini ifodalaydi va har bir sо‘mli real asosiy kapital qanchasо‘m foyda keltirganligini kо‘rsatadi. U quyidagi formula asosida aniqlanadi:

Rentabellik darajasi kо‘rsatkichining yuqori bо‘lishi korxona ixtiyoridagi asosiy va aylanma fondlardan oqilona foydalanilayotganini va korxonaning ma’­lum miqdorda foyda olayotganligini kо‘rsatadi.


Rentabellik darajasini kо‘tarish uchun sanoatning barcha tarmoqlari va korxonalari sotilgan mahsulot hajmini oshi­rishga, uni ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan xarajatlarni kamaytirishga, ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishlari zarur.



Download 164.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling