Mavzu: Korxonaning moliyaviy resruslari
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Korxonaning moliyaviy resruslari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tulik to’lovli lizing
- Korxonaning moliyaviy ahvolini baholashi.
Operativ lizing - lizing beruvchining, asbob-uskunaning sotuv qiymatini
moliyalashtirish bilan birga lizing oluvchiga xizmat ko’rsatish, remont qilish va texnik konsulhtao’iya berish majburiyatlarini olgan notulik to’lovli lizing hisoblanadi. Oxirgi yillarda maxsuslashgan xizmat ko’rsatish lizingi keng yoyildi. Bunda lizing beruvchi asbob-uskunaning remonti va xizmat ko’rsatilishiga tulaligicha javobgarlikni o’z buyniga oladi. Lizing beruvchi bunda ma’lum mulk yoki mashina va asbob-uskunaning bir turiga ixtisoslashadi. Tulik to’lovli lizing - mashina yoki asbob-uskunaning ishlash o’ikliga teng muddatdagi davriga imzolanadigan lizing shartnomasidir. Bunda, lizing shartnomasining asosiy davrida lizing beruvchi asbob-uskunaning tulik sotish qiymatini tulaligicha oladi. Bunday kelishuvlarga misol bo’lib, moliyaviy lizingni keltirsak bo’ladi. Moliyaviy lizing operatsiyalari orasida ajratilgan va qaytuvchi lizingni aloxida ajratish kerak. Ajratilgan lizing moliyaviy lizingni murakkablashgan turi hisoblanadi. Ajratilgan lizing operatsiyalarida lizing firmasi ijaraga berilayotgan mulkning egasi mulkdor bo’lib va mulkdorning xamma huquq va majburiyatlarini uzida saqlab kolgan xolda operatsiyaning faqat bir kismini moliyalashtiradi. Moliyaviy vositalarning katta kismi qoida bo’yicha kattarohi bank zayomlari yoki boshqa zayom beruvchilar tomonidan ta’minlanadi. Qaytuvchi lizing operatsiyalarida esa faqatgina ikki tomon qatnashadi - ma’lum mulkka ega shaxs va lizing firmasi. Mulkdor mulkini lizing firmasiga sotadi, so’ng uni moliyaviy lizing shartlariga asosan ijaraga oladi. 10.5. Korxonaning moliyaviy ahvolini baholashi. Xar qanday korxonaning, xissadorlik jamiyatining moliyaviy axvoli barcha uchun befark emas. Chunki, ularning moliyaviy axvoli davlat, xissadorliklar va ta’sischilarning manfatlariga bevosita ta’sir etadi. Shuning uchun korxonalarning moliyaviy axvolini baxolash katta axamiyatga ega. Korxonalarda mulkiy va moliyaviy munosabatlarni rasmiy xujjatlashtirish uchun buxgalteriya xisobi olib boriladi. Davr oxirida u moliyaviy xisobot tuzish bilan yakunlanadi. Xujjatning moliyaviy xisobotlari esa xar 1 xo’jalik yili oxirida xissadorliklarning yoki ularning vakillarining umumiy yigilishida muxokama etiladi xamda tasdiklanadi. Xujjatning ta’sis xujjatlari va ta’sis shartnomasida kuzda tutilgan takdirda unga kredit ajratuvchi bank muassasasiga, jamiyat ixtiyoriy a’zo bo’lgan assoo’iao’iyalarga, birjalarga va boshqa tashkilotlarga buxgalterlik xisobining nusxasi topshiriladi. O’z mablagi yoki mulkini xujjat faoliyatiga safarbar etgan investor yoki kreditor mulkdan jamiyatning nechogli samarali foydalanganini baxolay olishi, foydaning va dividentning to’g’ri xisoblanganiga ishonch xosil qilishi kerak. Moliyaviy xisobotning asosiy shakli buxgalterlik balansidir. Yangicha xisobot balansida aktivlar va passivlarning tavsifi bozor iqtisodiyoti munosabatlariga muvofik keladigan darajada o’z ifodasini topgan. Xujjatning aktivlari balansda jamiyat tomonidan xisobot davrida tasarrufida bo’lgan va uning nazoratiga olingan vositalar xamda bergan qarzlarning qiymati sifatida ifodalangan. Passiv uzilishi vositalar qiymati va tushadigan daromadlarning kamayishiga olib keladigan qarz xamda kreditorlik qarzi bo’yicha jamiyat zimmasidagi majburiyatlardir. Aktivlar qiymatining passivlar qiymatidan oshishi jamiyatning o’ziga qarashli vositalarini tovarlar etadi va uning qiymati xisobot balansining passivida, o’ziga qarashli vositalar manbai bo’limida ifodalanadi. Shu yerda jamiyat foydasi xam o’z foydasini topadi. Xujjatning yangicha balansi aktivlarning 3 ta bo’limi va passivlarning 3 ta bo’limidan iborat. Balans aktivlarining 1-bo’limida asosiy vositalar nomaterial aktivlar, sarmoya sarflari va pudratchilarga berilgan avanslar, uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar qiymati ifodalanadi. Shu yerda foydaning ishlatilishi, ziyonlar, xissador kuygan vositalar amalga oshirilgan xisob kitoblar xam ifodalanadi. Balansning aktiv kismi 2-bo’limida jamiyat ixtiyoridagi moddiylashgan aylanma vositalar: ishlab chiqarish zaxiralari qiymati, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor maxsulotlar va boshqalar to’g’risidagi ma’lumotlar beriladi. Ishlab chiqarishdagi arzon vositalar, maxsus jixozlar va moslamalar, maxsus kiyimlar va poyafzal dastlabki qiymatida ifodalanadi. Jamgarilgan emirilishi, eskirish qiymatiga esa aloxida modda shaklida balans passivida ifodalanadi. Balans aktivlarining 3- bo’limida gaznadagi va bank schetidagi mavjud pul mablaglari, qisqa muddatli qiymatli kogozlar sotib olishga qilingan sarflar va boshqa sarmoya sarflari, tovarlar va xizmatlar bo’yicha debitorlik qarzlari to’g’risida ma’lumotlar jamlangan. Balans passivining 1-bo’limida xujjatning o’ziga qarashli aktivlari manbai to’g’ri ma’lumotlar o’z ifodasini topgan. Bu yerda ustav fondi, maxsus fondlar, ta’minlash fondi, kelgusi davr daromadlari va balans foydasi, xisob-kitoblar va moliyaviy kapital qo’yilmalari bo’yicha kreditorlik qarzlarining xajmi kayd etiladi. Ushbu bo’limda asosiy fondlar va nomaterial aktivlarining eskirishiga qilingan ajratmalar, kam qiymatli vositalar, kutilayotgan xarajatlar va to’lovlarni koplashiga ajratilgan rezerv mablaglari, xam sotilmagan tovarlar savdo ustamasining jamlangan qiymati foydalaniladi. Balans passivlarining 2- bo’limida banklardan va boshqa mablaglardan olingan kredit to’g’risidagi ma’lumotlar ifodalanadi. Shu bo’limda barcha turdagi uzaytirilgan ssudalar bo’yicha jamiyatning bankdan qarzi to’g’risidagi ma’lumotni xam ifoda etiladi. Balansda bank kreditlari 3 modda bo’yicha turlarga ajratiladi: qisqa muddatli kreditlar (1yilga); o’rta muddatli kreditlar (1yildan 3yilgacha); uzoq muddatli kreditlar (3 yildan ortik muddatga olingan kreditlar) Balans passivlarining 3 - bo’limida tulash muddati yuzaga kelgan kunidan boshlab, 1 yil mobaynida tugaydigan qisqa muddatli kreditorlik qarzlari ifodalanadi.Ushbu bo’limda tulash muddati 1 yildan oshmaydigan vekselh evaziga olingan qarzlar xam ko’rsatiladi. Uzoq muddatli veksellar bilan rasmiylashtirilgan qarzlar esa balans passivining 2- bo’limida “uzoq muddatli qarzlar” tarkibida ifodalanadi. Balans foyda xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijasi sifatida xar qanday jamoa uchun katta ijtimoiy-iqtisodiy axamiyatga ega. Balans foyda mazmunan brutto ko’rsatkich bo’lib, xujjat undan foydaga qo’yilgan soliqni tulagan kolgan sof foydaga egalik qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xujjatning barqarorligi sarmoyadorlarning diqqatini tortishi, boshqa korxonalar bilan raqobatlashga olishi uning rentabellik darajasiga boglik. Xo’jalikning rentabelligi uning foydaliligi bo’lib, foyda summasining vositalar qiymati va sarmoyaga nisbatan foiz xisobidagi darajasini bildiradi. Tahlil amaliyotida 3 turdan iborat rentabellik ko’rsatkichlari: maxsulot rentabelligi; ishlab chiqarish fondlari rentabelligi; korxonalarga qo’yilgan qo’yilmalar rentabelligi -hisoblanadi. Ishlab chiqarish fondlarining rentabelligi sotilgan maxsulot rentabelligi, fondlarning xajmi va tarkibi, aylanma vositalar aylanishi tezligi o’zgarishi, foyda o’zgarishi va boshqa kuplab omillar ta’sir etadi. Rentabellik ko’rsatkichlari sof foyda bo’yicha hisoblanadi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling