Mavzu: Korxonaning Xavfsizlik Xizmati Qanday Vazifani Bajaradi
Korxona xavfsizlik xizmati, uning funksiyalari va tarkibi
Download 37.94 Kb.
|
Mavzu Korxonaning Xavfsizlik Xizmati Qanday Vazifani Bajaradi
Korxona xavfsizlik xizmati, uning funksiyalari va tarkibi
Bozor munosabatlari sharoitida korxonaning umumiy xavfsizligini, ayniqsa, uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash o’ta muhim ahamiyatga ega. Zero, korxona bankrotlikka uchramasligi, barqaror faoliyat ko’rsatishi, muntazam ravishda iqtisodiy o’sishni ta’minlab borishi uchun, eng avvalo, uning xavfsizligi ta’minlashi lozim. Ammo hozirgi paytda turli mulk shaklida faoliyat ko’rsatuvchi juda ko’p korxonalar tarkibida xavfsizlik xizmati tashkil qilinmagan. Bu bilan, asosan korxona rahbariyati shug’ullanadi. Ammo bu erkin raqobat sharoitida yetarli emas. Xavfsizlik xizmati juda ko’p funksiyalar bilan shug’ullanadi va bir qancha muhim vazifalami bajaradi. Shu tufayli har bir korxona tarkibida maxsus xavfsizlik xizmati bo’limi faoliyat ko’rsatishi lozim. Xavfsizlik hodisalaming oldini olish va ogohlantirish chorasi sifatida, har bir alohida holatdagi aniq harakat bo’lib, korxona xarakteri, uning joylashuvi, ahamiyati va hokazolarga bog’liq bo’ladi. Mazkur jarayonda xavfsizlik tizimining o’zini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Uning rahbari xavfsizlik konsepsiyasini ishlab chiqarishning muayyan sharoitlariga nisbatan ishlab chiqishda shaxsan ishtirok etishi zarur. Xavfsizlik konsepsiyasi birinchidan, korxonaning maqsad va vazifalariga zid kelmasligi, ikkinchidan, korxona xavfsizligiga bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan tashqi muhit ta’sirini inobatga olishi zarur. Shu bilan bir vaqtda korxona o’z faoliyatining muhim yo’nalishlari xavfsizligini ta’minlash uchun muayyan chora-tadbirlarni amalga oshirishi kerak va buning uchun avvalo, mos keluvchi qo’riqlash tartibini yaratish lozim. Mamlakatimiz va xorij amaliyoti tajribasi bunda quyidagi faoliyat turlarini ajratib ko’rsatadi: 1. Bino va inshootlar, aloqa tarmog’i qurilma va uskunalarini qo’riqlash tartibini ta’minlash. 2. Tezkor xavfsizlik - maxfiy axborotlarga bo’ lgan vakolatni boshqarish, kelib-ketuvchilar, transport va yuk tashishni nazorat qilish, qoidabuzarlik holatlarini tekshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash. 3. Xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha ma’muriy faoliyat personalni tayyorlash va o’qitish, inspeksiya, taftish va nazorat, muammoli vaziyatlaming oldini olish, istiqbolli chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 4. Moddiy boyliklami himoya qilish va tabiiy ofatlar bilan kurash - yong’inlarning oldini olish, yong’in xavfsizligi va ogohlantirish qurilmalari holatini kuzatib borish va hokazolar. Korxonalar rahbarlari mehnat jamoalarini doimiy ravishda xavfsizlikni ta’minlash natijalari to’g’risida xabardor etishlari lozim. Faqat zarur hollardagina xavfsizlik chora-tadbirlari maxfiy bo’lishi mumkin. Xavfsizlik chora-tadbirlarining maxfiyligi korxona bo’limlarini zaruriy qoidalami qo’llash va ularga amal qilishini nazorat qilishni maxsus tashkil etishni ko’zda tutadi. Hozirgi jamiyatning axborotlashtirish va elektronlashtirish sharoitlarida korxonalaming xavfsizligini ta’minlash uchun doimiy ravishda faoliyat ko’rsatuvchi, tijorat faoliyatining xavfsizligini ta’minlashning barcha shakl va usullarini qamrab oluvchi tizim amal qilishi lozim. Shu sababli xavfsizlik xizmati marketing va menejment xizmati, valuta, kredit va huquqiy bo’limlar kabi iqtisodiy bo’linmalar bilan chambarchas bog’liqlikda ishlab, iqtisodiy xavfsizlikka ko’proq yondashgan holda ularning faoliyatini to’ldirishi zarur. Xavfsizlik xizmati o’z faoliyati davomida juda ko’p me’yoriy hujjatlarga tayanadi. Bu hujjatlar davlat miqyosida ishlab chiqilib tasdiqlangan bo’lsa, shu me’yoriy hujjatga tayaniladi, agar bunday hujjat bo’lmasa, tashkilotning (korxonaning) o’zida xavfsizlik xizmati bo’yicha Nizom ishlab chiqilib, shunga amal qilinadi. Umuman olganda, korxona xavfsizligi bilan bog’liq me’yoriy hujjatlar quyidagilardan iborat bo’Imog’i lozim: • korxonaning xavfsizlik xizmati to’g’risida umumiy nizom; • xavfsizlik xizmati xodimlarining funksional majburiyatlari; • tartib (rejim) va soqchilikni tashkil etish bo’yicha nizom; • mehnatni muhofaza qilish bo’yicha yo’riqnoma; • rahbarlar, mutaxassislar va texnik xodimlaming maxfiy axborotlar bilan ishlashlari bo’yicha mansabdorlik qo’llanmalari; • yong’in xavfsizligi to’g’risida nizom; • maxfiy axborotlar mavjud bo’lgan ish hujjatlarining arxivda saqlanishini tashkil etish bo’yicha mansabdorlik qo’llanmalari; • texnik xavfsizlik to’g’risida nizom; • axborotlarni muhandislik-texnik jihatdan himoya qilishni tashkil etish bo’yicha mansabdorlik qo’llanmalari; • xorijiy vakillar va vakolatxonalar bilan ishlash tartibi bo’yicha mansabdorlik qoilanmalari. Korxonaning xavfsizlik xizmati tarkibini turli xavf-xatarlardan saqlab qolish maqsadida axborot-tahlil bo’linmasi, xavfsizlikni ta’minlash yo’nalishi bo’yicha aniq vazifalami yechish uchun tajribali mutaxassislardan iborat vaqtincha tuzilmalar tashkil etilishi mumkin. Korxonaning xavfsizlik xizmati o’z faoliyati davomida juda ko’plab vazifalami bajaradi. Ushbu vazifalarni bajarish uchun bir qancha fimksiyalami ham ijro etadi. Download 37.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling