Mavzu: Korxonaning Xavfsizlik Xizmati Qanday Vazifani Bajaradi


Mustaqillik va mas’uliyatlilik tamoyili


Download 37.94 Kb.
bet4/11
Sana23.12.2022
Hajmi37.94 Kb.
#1043994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu Korxonaning Xavfsizlik Xizmati Qanday Vazifani Bajaradi

3. Mustaqillik va mas’uliyatlilik tamoyili. Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun, eng avvalo, o’z faoliyatini mustaqil boshqarishi lozim. Ammo mustaqillik - bu o’zboshimchalik emas. Mustaqil faoliyat o’ta mas’uliyatni ham talab qiladi. Zero, korxonaning foydasi o’ziniki bo’lganidek, zarar ham o’zlari hisobidan qoplanadi. Ko’p zarar ko’rish korxonaga iqtisodiy jihatdan xavf tug’dirishi tabiiy.
4. Mehnat va ijro intizomi. Barcha muvaffaqiyatlar kaliti intizomda. Agar mehnat jamoasi korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash maqsadi bilan ishlasa, albatta, u qattiq mehnat va ijro intizomiga rioya qilishi lozim. Intizom orqali qonuniylik, mustaqillik, mas’uliyat, maqsadlilik kabi tamoyillarga ham amal qilishni ta’minlaydi.
5. Kasbiy va texnologik takomillashuv. Bozor munosabatlari sharoitida erkin raqobat muhiti korxonaning kundalik o’zgarishlar va yangilashlarga, bozor konyunkturasiga moslashib borishni talab qiladi. Bu esa, o’z navbatida korxonaning tez o’zgarishlarga moslashuvchanligini ta’minlashni, bozor talabiga moslashish kabi holatlarni talab qiladi.
6. Mahsulot (ish, xizmat) sifatining doimo oshib borishini, tannarxning nisbiy kamayishini ta’minlash. Korxonaning nufuzi va iqtisodiy qudratini oshirib borishi uchun, eng avvalo, har bir korxona o’z mahsulotining (ish, xizmatining) sifatini oshirish uchun kurashib yashashi kerak. Sifat ko’rsatkichining yaxshilanishi korxonaning nafaqat iqtisodiy xavfsizligini, balki uning raqobatbardoshligini ham ta’minlaydi.
7. Foydalilikni ta’minlash. Har bir korxona iqtisodiy jihatdan qudratli bo’lishiga, o’z xavfsizligini ta’minlashga erishmoqchi bo’lsa, barcha faoliyatini shunday tashkil qilish kerakki, uning har bir harakatidan foyda olish ta’minlansin. Bozor munosabatlari tadbirkorlik va foyda bir-biri bilan ajralmas tushunchalardir. Bu degani, bozor munosabatlari sharoitida har bir korxona tadbirkorlik bilan ish ко’rib, faoliyati natijasida yetarli darajada sof foydaga erishishni ta’minlashdan iboratdir.
Ushbu holatlardan kelib chiqib korxona iqtisodiy xavfsizligi tamoy illariga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi tamoyili deganda, uni ta’minlashga qaratilgan maqsadli strategik va taktik dasturlarni bajarishga qaratilgan iqtisodiy dastaklar majmuasi tushuniladi.

Download 37.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling