Mavzu: Korxonaning Xavfsizlik Xizmati Qanday Vazifani Bajaradi
Tijorat sirini himoya qilish mexanizmi
Download 37.94 Kb.
|
Mavzu Korxonaning Xavfsizlik Xizmati Qanday Vazifani Bajaradi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashkiliy tadbirlar.
Tijorat sirini himoya qilish mexanizmi
Mamlakatimizda ochiq demokratik jamiyat qurilmoqda. Bu hamma narsa «ochiq» bo’ladi degani emas, Bozor munosabatlari sharoitida erkin raqobat mavjud ekan, tijorat sirining ham saqlanib qolishi muqarrar. Shu tufayli korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun uning tijorat sirini saqlay bilishi lozim. Bu o’z-o’zidan amalga oshmaydi. 1. Tashkiliy tadbirlar. Bunda korxonaning xavfsizligini ta’minlash uchun alohida xavfsizlik xizmati tashkil qilindi. Bu xizmat korxonaning tegishli axborotlarining maxfiyligini saqlash chora-tadbirlarini ko’radi. 2. «Ochiq testlar» o’tkazish tadbirlari. Korxonaga xodimlarni ishga qabul qilishda ishlayotganlarini esa vaqti-vaqti bilan test orqali sinab turiladi. Bu test orqali xodimning mazkur korxonaga sodiqligi, axborotlarga, ayniqsa, maxfiy axborotlarga e’tibori aniqlanadi. Chunki nufuzli korxonalarga raqobatchi korxona ayg’oqchilari, maxfiy xufiya iqtisodiyot vakillari kirib olishga harakat qiladilar. Bu vakillarning xodimlar tarkibiga kirib qolishi ushbu jamoada axloqiy, ruhiy muhitni buzishga, tegishli axborotlami 0’g’rilab olishga harakat qiladi. 3. Texnik tadbirlar. Hozirgi paytda raqobatchilar, turli uyushgan jinoiy guruhlar, reketchilar korxona haqidagi maxfiy axborotlami texnika orqali olishga harakat qiladilar. Bunga korxonaning saytiga kirib, tegishli axborotni kompyuter orqali olishi mumkinligini, telefonda gaplashgan gaplami eshitish, orqali muhim shartnomalarga oid axborotlami olish kabilami kiritish mumkin. Bu holatlarga qarshi tegishli texnik tadbirlarni qo’llash lozimki, toki bunday yo’llar bilan maxfiy axborotlaming chetga chiqib ketishiga yo’l qo’yilmasin. 4. Rag’batlantiruvchi tadbirlar. Korxona xavfsizligi bilan shug’ullanadigan o’z xodimlarini doimiy ravishda rag’batlantirib borishi lozim. Odamlarga korxona qanchalik g’amxo’rlik qilsa, odamlar ham shunga javoban korxonani asrab-avaylashga harakat qiladi. Bunda korxonaning xavfsizligi bilan bog’liq jarayonlarga faqat korxonaga sodiq kishilami jalb etish lozim bo’ladi. Zero, xodimda sodiqlik bo’lmasa, korxonaning tashqi raqobatchilari, eng avvalo, shu korxonaning xodimlarini qo’lga olishga harakat qiladilar, shu tufayli maxfiy axborotlarga har kimni ham yaqinlashtirib bo’Imaydi. 5. Tekshiruv tadbirlari. Korxona o’z faoliyati davomida yuzlahamkor tashkilotlar, korxonalar bilan munosabatda bo’ladi. Ammo ularga mol jo ‘natishda, pul o’tkazishda qaytishiga ishonch hosil qilingan bo’lishi lozim. Download 37.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling