Mavzu: Kosmik tadqiqotlarda infra qizil nurlar mundarija: kirish


II-BOB Pirometrlarning tasnifi va nurlanish


Download 482.54 Kb.
bet6/9
Sana19.06.2023
Hajmi482.54 Kb.
#1615021
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kosmik tadqiqotlarda infra qizil nurlar

II-BOB Pirometrlarning tasnifi va nurlanish
2.1 Optik pirometrlarning ishlash prinsipi infraqizil nur
Optik pirometrlarning ishlash prinsipi harorati o‘lchanayotgan jismning nurlanish ravshanligini etalon jismlarning monoxromatik nurlanish ravshanligi bilan solishtirishga asoslanadi. Etalon jism sifatida, odatda, nurlanish ravshanligi rostlanadigan cho‘g‘lanish lampasining tolasidan foydalaniladi. Bu guruhdagi keng tarqalgan asboblardan biri – cho‘g‘lanish tolasi yo‘qolib ketadigan monoxromatik optik pirometrdir. Bu asbobning prinsipial sxemasi 2.24-rasmda keltirilgan. Qizdirilgan jismning nurlanish oqimi ob’yektiv 1 orqali yig‘iladi va pirometrik lampa 2 ning toza yuzasiga proeksiyalanadi. Okulyar 3 yordamida ob’yektning tasviri bilan kesishgan lampa tolasining tasviri kuzatiladi. Lampa tolasi ta’minlash manbai E ning o‘zgarmas tokidan cho‘g‘lanadi. Manbaning kuchlanishi reostat R yordamida sekin-asta rostlash yo‘li bilan ob’yekt va tola ravshanliklari tenglashguncha oshirib boriladi. Shu payt ob’yekt tasviri bilan kesishgan tolaning qismi, rasmda ko‘rsatilganidek yo‘qolib ketadi. Ravshanliklari tenglashgandan so‘ng tok kuchini yoki lampa kuchlanishini o‘lchaydigan asbob bilan pirometr ko‘rsatishlari hisoblanadi.
Optik pirometrlarning haroratni o‘lchash oralig‘i 800 °C dan 10000 °C gacha. Yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatoliklar chegarasi ±1,5 % dan oshmaydi.

2.1.1 – rasm. Optik pirometrning prinsipial sxemasi

Optik pirometr ko‘chma asbobdir. U bilan uzluksiz o‘lchash va haroratni qayd qilish mumkin emas.


Bunday pirometrdan farqli o‘laroq, fotoelementli pirometrlar (fotoelektr pirometrlar) ko‘rsatishlarni yozib olish va ularni masofaga uzatish imkoniga ega. Bu asboblardan tez o‘tadigan jarayonlardagi haroratni o‘lchashda foydalaniladi.
Fotoelektr pirometrlarning ishlash prinsipi fotoelementning fototokni o‘zgartirish xususiyatiga asoslangan. Fototok tushayotgan yorug‘lik oqimi intensivligiga bog‘liq bo‘lib, uning kuchi quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:
I = a∙Tn (2.1.1)
bu yerda, a – asbobning sezgirligiga bog‘liq bo‘lgan asbob doimiysi; n – asbobning spektr xarakteristikasiga bog‘liq bo‘lgan asbob doimiysi; T – fizik jismning harorati.
Olingan haroratning nurlanishini xarakterlovchi fototok juda kichik bo‘lib, uni kuchaytirish uchun elektron kuchaytirgichlar qo‘llanadi.

FEP (2.1.2-rasm) turidagi fotoelektr pirometrlarda nur oqimi bo‘yicha manfiy teskari bog‘lanishdan foydalaniladi. Mazkur bog‘lanish yorug‘ligi elektron kuchaytirgich chiqishida kuchlanish funksiyasidan iborat bo‘lgan qizdirish lampasining fotoelementni yoritishi bilan amalga oshiriladi. Nurlanayotgan jismdan chiqayotgan nur oqimi linza bilan bir joyga yig‘iladi va qizil yorug‘lik filtri 2 kassetasining yuqori teshigi orqali fotoelement 3 ga tushadi.
Fotoelementga kassetaning pastki teshigi orqali ham cho‘g‘lanish lampasi 4 dan nur oqimi tushadi. Fotoelementning galma-gal goh nurlanayotgan jismdan, goh cho‘g‘lanish lampasidan yoritilishi yorug‘lik filtri kassetasining oldiga o‘rnatilgan yorug‘lik modulyatorining 50 Hz chastota bilan tebranuvchi to‘sig‘i 5 yordamida ta’minlanadi.
Yorug‘lik filtri kassetasida tebranuvchi to‘siq va teshiklar shakli shunday tanlanganki, fotoelementga ikkala nurlanish manbaining sinusoidal o‘zgaruvchi nur oqimlari tushadi. Bunda ikkala nur oqimlarining fazalari 180° ga siljigan bo‘ladi.
Fotoelement chiqishida fototok paydo bo‘ladi, uning kattaligi jism va lampa tomonidan yoritilganlik darajasiga bog‘liq. Shu yoritilganliklar teng bo‘lmasa, fotoelement zanjirida o‘zgaruvchan fototok hosil bo‘lib, u yo jism fototoki bilan, yo lampa fototoki bilan ustma-ust tushadi. Bu tok fotoelement chiqishida R1 rezistorda kuchlanishning sinusoidal tushuvini hosil qiladi, bu kuchlanish C kondensator orqali uch bosqichli elektron kuchlanish kuchaytirgichi 6 ga uzatiladi. Fototokning nur oqimlari farqiga mutanosib bo‘lgan o‘zgaruvchi tashkil etuvchisi 6 kuchaytirgichda kuchaytiriladi va fotosezgir detektor 7 orqali elektron lampaga uzatiladi. Shu lampa toki chiqish parametridan iborat. Elektron lampaning anod zanjiriga manfiy teskari bog‘lanishli lampa 4 ulangan. Lampani qizdirish toki o‘lchanayotgan jism va lampaning yoritilganligi o‘zaro teng bo‘lguncha va fototokning o‘zgaruvchi tashkil etuvchisi o‘zaro nolga teng bo‘lguncha o‘zgartirib boriladi. Bu bilan lampadagi tok kuchi o‘lchanayotgan jismning yorug‘lik harorati bilan bir qiymatli bog‘liq bo‘lib qoladi.
Lampani ta’minlovchi tok kuchi tezkor avtomatik potensiometr bilan lampa zanjiridagi R qarshilikdagi kuchlanish tushuvi miqdori bo‘yicha o‘lchanadi. Potensiometr yorug‘lik harorati darajalari bilan darajalangan. Fotoelektr pirometrning o‘lchash chegaralari 800 dan 4000 °C gacha. Asosiy xatolik o‘lchash yuqori chegarasining ±1 % ini tashkil etadi.

Download 482.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling