Mavzu: kreativ shaxsni shakllantirish va rivojlantirishda qo'llaniladigan ilmiy-tadqiqot metodlari


Download 35.28 Kb.
bet5/6
Sana08.04.2023
Hajmi35.28 Kb.
#1341535
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KREATIV SHAXSNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHDA QO\'LLANILADIGAN ILMIY-TADQIQOT METODLARI

Kompetensiya turlari

Zamonaviy ta’limning asosiy maqsadi jamiyat va davlat uchun har tomonlama rivojlangan, jamiyatga, mehnat faoliyatiga ijtimoiy moslashuvchan, o’z ustida ishlay oladigan shaxsni tayyorlashdan iborat. Demak, har tomonlama rivojlangan shaxs tarbiyasida pedagoglarning kompetentlik darajasi muhim ahamiyatga ega. Pedagogika fanida psixologik-pedagogik kompetentlik tushunchasi pedagogning ta’lim-tarbiya jarayonida eng yuqori darajada natijaga erishishi, yuqori kasbiy salohiyat, shuningdek, muloqotchanlik va ijobiy fazilatlarga ega bo’lish degan xulosaga kelinadi.
Pedagogik-psixologik adabiyotlarda “kompetensiya” tushunchasi nisbatan yaqindan boshlab keng qo’llanila boshlandi. 1960 yillarning oxiri va 1970 yillarning boshlarida G’arbda, 1990 yillarning o’rtalariga kelib zamonaviy ta’limda kompetensiyali yondoshuv yo’nalishi kirib keldi.
Hozircha “kompetensiyali yondashuv” tushunchasini ochib beruvchi yagona ta’rif yo’q. Bu masala yuzasidan ko’p sonli olimlar turlicha taxminlarni ilgari surmoqdalar. Biz shunday taxminlarning bir nechtasini ko’rib chiqamiz.
Kompetensiya lotincha compete so’zidan olingan bo’lib, erishaman, muvofiqman, mos kelaman ma’nolarini anglatadi. SHu bilan bir qatorda kishi egallagan muayyan bilim, ko’nikma, malakalar majmuasi ham kompetensiya sanaladi. Kompetensiya so’zi muayyan vazifani bajarish uchun biror shaxs yoki tashkilotga berilgan vakolat va huquq ma’nosida ham qo’llaniladi.
Kompetensiya – ma’lum bir sohada sifatli produktiv faoliyat olib borish uchun zarur bo’lgan mutaxassisning ta’limiy tayyorgarligiga qo’yilgan talabdir.
Kompetensiya – davlat ixtiyorida bo’lgan, oldindan belgilangan ijtimoiy talab bo’lib, u o’quvchi (ishchi)ning muayyan sohada samarali faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan ta’limiy (professional) tayyorgarligiga nisbatan qo’yiladi.
Kompetensiya shaxsning murakkab, ta’limiy tuzilishi bo’lib, u o’zida shaxsning inttellektual, irodaviy, kreativ, emotsional sifatlarini o’zida jamlaganki, ular faoliyatdan ko’zlangan maqsadga uning o’zgarib boruvchi sharoitida amalga oshuvini ta’minlaydi. SHunday qilib, kompetensiya shaxsning yuksak sifatiy xislati bo’lib, uning shakllanishi ta’limning hal qiluvchi oqibat, natijasi hisoblanadi.
Kompetentlik” so’zining ma’nosi xabardorlik, obro’, o’z sohasi bo’yicha keng qamrovli tushuncha va tajribaga ega bo’lish bilan belgilanadi.

Download 35.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling