Mavzu. Kredit tizimi kreditning turlari va shakllari. Kreditning tarmoq yo‘nalishiga ko‘ra turlari


Kreditning bahosiga ta’sir qiluvchi omillar


Download 66.95 Kb.
bet10/12
Sana02.02.2023
Hajmi66.95 Kb.
#1146889
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
kredit tizimi kreditning turlari va shakllari

Kreditning bahosiga ta’sir qiluvchi omillar. Bankning foiz siyosati kredit siyosatining asosiy bo‘limi hisoblanadi. Bu siyosat turli kreditlar va qarzdorlar bo‘yicha belgilanuvchi foiz stavkalarini aniqlashda foydalaniladigan quyidagi 3 omillarni o‘z ichiga oladi:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi;

  2. kredit resurslari (o‘z va jalb qilingan mablag‘lari) manbalari;

  3. kreditlash, qarzdorlar turlari va yo‘nalishlari/

Kreditlarni bahosiga quyidagi omillar ta’sir etadi.
I.Bank tomonidan berilgan kreditlarning iqtisodiyotning tarmoqlari o‘rtasida joy lashtirilganlik holati. Ushbu yo‘nalishning ahamiyati shundaki, tijorat banklari kredit portfelini diversifikatsiya qilishning asosiy mezonlaridan biri kreditlarni mijozlarning tarmoq xususiyatiga ko‘ra joylashtirilganligi hisoblanadi. SHu jixatdan olganda, ushbu yo‘nalish kredit siyosatining samaradorligini belgilashda hisobga olinadigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. 
II. Tijorat banki tomonidan berilayotgan qisqa va o‘zoq muddatli kreditlarning o‘zaro nisbati. Tijorat banklari faoliyatining mazmuniga ko‘ra, avvvalo, qisqa muddatli kreditlash institutlari hisoblanadi. Ular xo‘jalik subyektlarining aylnma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o‘ynaydi. Ko‘pchilik rivojlanayotgan davlatlarda inflyasiya darajasining nisbatan yuqori va nobarqaror ekanligi tijorat banklarining kredit portfelida qisqa muddatli kreditlarning salmog‘ining yanada oshishiga sabab bo‘ladi. Inflyasiya darajasi nisbatan yuqori bo‘lmagan va barqaror bo‘lgan sharoitda o‘zoq muddatli kreditlar xajmini oshirish tijorat banki daromad bazasini mustaxkamlashning sinalgan usullaridan biri hisoblanadi.
III. Tijorat banklari tomonidan berilgan jami kreditlar hajmida muddati o‘tgan kreditlar salmog‘ining o‘zgarishi.  Tijorat banklari tomonidan berilgan jami kreditlar hajmida muddati o‘tgan kreditlar salmog‘ining o‘zgarishi kredit siyosatining samaradorligini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Rivojlangan xorijiy davlatlarda bank amaliyotida, xususan, G‘arbiy Evropa davlatlarining bank amaliyotida muddati o‘tgan kreditlar jami kredit qo‘yilmalari hajmidagi salmog‘ini 3 foizdan oshmasligi normal xolat hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegaraviy miqdori 5 foizni tashkil qiladi.
IV. Kreditlardan olingan foizli daromadlarning jami foizli daromadlar hajmidagi salmog‘ining barqarorligini ta’minlash. Tijorat bankining moliyaviy barqarorligini ta’minlashning birlamchi omillaridan biri kreditlardan olingan foizli daromadlarning jami foizli daromadlar hajmidagi yuqori va barqaror darajasini ta’minlash hisoblanadi. Buning boisi shundaki, kreditlash tijorat banklari faoliyatining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. SHuning uchun banklar yalpi daromadining asosiy qismini kreditlash faoliyatidan olishlari lozim.
V. Kreditlash shakllaridan foidalanish darajasi. Kreditlash shakllaridan to‘laqonli tarzida foydalanish kredit siyosatining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Kreditlash shakllari bankning kreditlash imkoniyatini oshirishga bevosita ta’sir qiladi. Hozirgi vaqtda, respublikamiz bank amaliyotida kreditlashning asosan ikki shaklidan foydalanilmoqda. Bo‘lar mijozni alohida ssuda hisobraqamidan kredit liniyasi ochmasdan turib kreditlash shakli va faktoring shaklidir.
Respublikamiz tijorat banklari tomonidan kreditlashning overdraft, kontokorrent, kredit liniyasi ochish yo‘li bilan kreditlash, forfeyting shakllaridan foydalanilmayotganligi ularning kredit siyosatining samaradorligiga salbiy ta’sir qiladi.
VI. Foizlarni o‘stirmaslik maqomiga ega bo‘lgan kreditlar va ularga hisoblangan foizlar miqdoining o‘zgarishi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998- yil 2 - dekabrdagi “Tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foizlarni o‘stirmaslik siyosati to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, banklar quydiagi hollarda kreditlarga foiz hisoblashni to‘xtatadilar:
a) Bir yilgacha muddatga berilgan kreditlar uchun kreditning asosiy summasini va foizlarni to‘lash 90 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda, yaxshi ta’minlangan va tiklash jarayonidagi kreditlar bundan mustasno;
b) Bir yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar uchun kreditning asosiy summasini va unga hisoblangan foizlarni to‘lash 90 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda, yaxshi ta’minlangan va tiklash jarayonidagi kreditlar bundan mustasno;
v) Berilgan kreditning asosiy summasi yoki unga hisoblangan fozlarni qaytarilish muddati necha kunga kechiktirilganligidan qat’iy nazar banklarda shubxa uyg‘otgan xolda.
Foiz hisoblash to‘xtatilgan kundan boshlab hisoblangan foizlar summasi tegishli foizli daromadlar hisobraqamidan chegirib tashlanishi lozim. Bunda tegishli foizli daromadlar hisobraqami debetlanadi, 16309-“Hisoblangan, lekin undirilmagan foizlar” hisobraqami kreditlanadi.
VII. Banklarning kreditlash faoliyatida garov obyektlaridan foydalanish samaradorligi. Respublikamiz tijorat banklarining faoliyatida kreditlarni garov asosida berish kredit siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. SHu sababli, garov obyektlaridan unumli foydalanish masalasini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda asosiy e’tibor garov obyektlarini sotish evaziga kreditlarning asosiy qarz summasi va ularga hisoblangan foizlarni undirishga qaratiladi.
VIII. Tijorat banklarining etarli darajada barqaror resurs manbalariga ega ekanligi. Tijorat banklarining samarali kredit siyosatini amalga oshirish imkoniyati bevosita ularni etarli darajada kredit resurslari bilan ta’minlanganligiga bog‘liq. Hozirgi kunda kredit siyosatini to‘zishda har bir tijorat banki mustaqil bo‘lib, ular kredit siyosatining mohiyati, maqsadi va tarkibini takomillashtirib bormoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning faoliyatida xo‘jalik subyektlarini kreditlash funksiyasi birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun banklar faoliyatining samaradorligi va likvidliligini ta’minlash uchun avvalambor, banklarning kredit siyosatini turli ishlab chiqishga e’tibor berish zarur. Banklar oladigan daromadlar uning aktiv operatsiyalari natijasida, asosan kredit operatsiyalar tufayli vujudga kelishi banklar tomonidan kredit siyosatini oqilona tanlash va o‘tkazishni taqazo qiladi.

Download 66.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling