Mavzu. Kredit va uning mazmuni kreditning turlari va shakllari. Kreditning tarmoq yo‘nalishiga ko‘ra turlari


Download 61.25 Kb.
bet6/12
Sana20.10.2023
Hajmi61.25 Kb.
#1711311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mavzu Kredit va uning mazmuni

4. Kreditning shakllari.
Kreditning quyidagi shakllari mavjud: pul shaklidagi kreditlar; tovar shaklidagi kreditlar; aralash shakldagi kreditlar, bank, tijorat, davlat, iste,mol, ipoteka, хalqaro kreditlar.
Kredit obyektlarining iqtisodiy moxiyatiga qarab:

    • tovar moddiy boyliklari uchun beriladigan kreditlar;

    • ishlab chiqarish xarajatlari (maxsulotning yangi turini o‘zlashtirish, mavsumiy xarajatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni) uchun beriladigan kreditlar;

    • xisob-kitoblarni amalga oshirish uchun beriladigan kreditlar (akkredetiv ochilganda, tayyor maxsulotni junatganda va boshqa xollarda).

Qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar aniq bir maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Kreditning qaysi maqsadga yo‘naltirilganligi, masalan, tovar moddiy boyliklar sotib olishga yoki biror ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga va xakozo aniq biror obyektga maqsadli yo‘naltirilganligi korxona bilan bank o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomada ko‘rsatilgan bo‘ladi. Korxona olgan kreditini fakatgina kredit shartnomada ko‘rsatilgan ishni bajarishga sarflashi kerak.
Bunda kredit muayyan, aniq obyektga: ishlab chiqarish xarajatlariga, ishlab chiqarish zaxiralariga, tayyor maxsulotga, junatilgan tovarlarga, xisob-kitob xujjatlariga va xakozolarga beriladi. Ssuda kapitali xarakatining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, ssuda kapitali xarakati sanoat va savdo kapitali xarakatidan farq qilib, “sotuvchi” (kreditor) va “xaridor” (qarz oluvchi) o‘rtasidagi munosabat, yani kapital xarakati, pul (P-T) ko‘rinishida bo‘ladi.
KREDITNING BAHOSI VA UNGA TA’SIR QILUVCHI
OMILLAR
Korxonalar foydalanilgan qarz mablag‘lari uchun kreditorga foiz shaklida to‘lovni o‘tkazadilar. Kreditning to‘lash uni to‘liq summada o‘z egasiga qaytarilishinigina emas, shu bilan kredit uchun foiz shaklidagi to‘lov bilan qaytarilishini ifodalaydi. Demak, kreditor o‘z mablag‘larini hech vaqt o‘z hajmida qaytarib olish sharti bilan bermaydi, bunda u mablag‘ni qarzga berganligi uchun muayyan to‘lov talab qiladi (foizsiz imtiyozli kreditlar bundan mustasno).
Kreditning to‘lovi nafaqat banklar xo‘jalik hisobi maqomiga, shu bilan birga, korxonalarni bevosita foydasi bilan bog‘liq xo‘jalik hisobiga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Kredit uchun haq to‘lashning iqtisodiy mohiyati qarz beruvchi va qarz oluvchi o‘rtasidagi qo‘shimcha olingan foydaning taqsimlanishini qayd qilishda namoyon bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan tamoyilning amaliyotda uchta asosiy funksiyasini bajaruvchi bank foizi me’yorini o‘rnatish jarayonida namoyon bo‘ladi.
Tijorat banklarining foiz siyosati depozitlar va kreditlarning okilona foiz stavkalarini shakllantirish va foiz riskini boshkarish bilan boglik tadbirlar majmuasidir.
Tijorat banklarining foiz siyosatining asosiy jixatlari kuyidagilardan iborat:
1. Foiz siyosatining asosiy maksad va vazifalari: foiz siyosatining asosiy maksadi foiz siyosatida anik belgilab kuyilgan bo‘lishi lozim. Ayrim banklarda foiz siyosatining asosiy maksadi sifatida foiz risklarini boshkarish tizimini takomillashtirish belgilab kuyiladi, boshkalarida esa sof foizli daromad darajasini oshirish kursatiladi.
2. Foiz riskini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan xolatlar: bunday xolatlar odatda kredit kuyilmalarining xajmini keskin oshirilishi natijasida yoki kreditlarning bozor stavkalarini sezilarli darajada oshishi natijasida yuzaga kelishi mumkin.
3. Foiz riskini boshkarish usullari: odatda bank amaliyotida foiz riskini asosiy boshkarish usullari sifatida foizli svoplardan keng foydalanadilar, kichik banklarda esa ko‘proq kredit riskiga limitlar o‘rnatish uslubidan foydalanadilar.
4. Foiz stavkalarini o‘stirmaslik makomini belgilash tartibini joriy kilish.
Tijorat banklarining daromad olish soxasi faoliyati uning foiz siyosati orkali amalga oshiriladi. Bank kredit bera turib mijozning foyda olishi uchun shart-sharoit yaratar ekan, demak, o‘zining manfaatini xam amalga oshirgan bo‘ladi. Banklar foiz siyosatini amalga oshirishda omonatlar bo‘yicha to‘lanadigan foizni ularning o‘zlari takdim etadigan ssudalar uchun oladigan ssuda foizidan pastroq qilib belgilaydi. Olingan va to‘langan foizlarning summalari urtasidagi farq banklarning foydasini tashkil etadi.
Tijorat banklari xar bir aniq kelishuvlarida foiz me’yorini xisoblaganda quyidagilar e’tiborga olinadi:
- ta’minlangan ssudalar bo‘yicha eng kreditga layokatli mijozlar uchun aniq muddatga beriladigan bazaviy foiz stavkasining darajasini;
- xar bir aloxida kelishuvning shartlarini inobatga olgan xolda tavakkalchilik uchun qo‘shimcha to‘lov.

Download 61.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling