Mavzu Kredit va uning mazmuni. Reja (2)
Download 96.51 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kredit sub’ektlari
Kredit
iqtisodiy kategoriya bo`lib, u vaqtincha o`z egalari qo`lida bo`sh turgan pul mablag`larini boshqalar tomonidan ma’lum muddatga haq to`lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlarni ifodalaydi. SHunday qilib pulning ssuda kapitali tariqasida ya’ni daromad olish uchun qarzga berish va qaytarib olish bilan bog`liq munosabatlar vujudga keladi. Kredit munosabatlari faqat pul bilan bog`liqmi? Tovar shaklida ham kredit berilishi mumkin-ku degan savol tug`ilishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida hamma kredit asosan pul shaklida bo`ladi. Tovar shaklida berilgan taqdirda ham pul kredit shaklida hujjatlashtiriladi. Kredit munosobatlari ikki sub’ekt o`rtasida yuz beradi. Biri bo`sh pul egasi, ikkinchisi unga muxtoj, ya’ni qarz oluvchi. Kredit sub’ektlari har xil. Bular yuridik hamda jismoniy shaxslar; bank, korxona, firma, davlat turli toifa aholi bo`lishi mumkin. Bir sub’ektning o`zi bir vaqtda ham qarz oluvchi, ham qarz beruvchi bo`lishi mumkin. Kredit aloqalari pul egasi bilan qarz oluvchi o`rtasida bevosita yoki bilvosita bo`lishi mumkin. Birinchi holda ular to`g`ridan-to`g`ri muomalaga kirishadi. Ikkinchi holda ular vositachilar orqali aloqaga kirishadilar. Odatda, asosiy vositachi rolini banklar o`ynaydi. Kredit iqtisodiy kategoriya sifatida qator vazifalarni bajaradi. 1. Taqsimlash. Bo`sh pul mablag`larini qaytarish sharti bilan qarzga berish orqali kapitalni turli tarmoqlar, korxonalar o`rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashni amalga oshiradi va ishlab chiqarish resurslarini ko`chib yurishini ta’minlaydi. 2. Emissiya. Kredit asosida va unga bog`liq holda pul belgilari, pulga tenglashtirilgan naqd pulsiz to`lov vositalari, turli qimmatbaho qog`ozlar emissiya qilinadi, xo`jalik oborotiga kiritiladi. 3. Nazorat qilish. Kredit operatsiyalarini bajarish jarayonida iqtisodiy faoliyat, moliyaviy ahvol nazorat qilinadi. Davlat kredit munosabatlari orqali pul oborotining barcha jarayonlarini boshqarishni amalga oshiradi. 4. Bo`sh pul mablag`larining harakatdagi, oborotdagi kapitalga aylantirish. Bunda pulni pul topadi degan naql amalga oshadi. 5.Rag`batlantirish. U yoki bu maqsad uchun qarz berish, qarzni undirish orqali, tejamkorlik, iqtisodiy o`sish rag`batlantiriladi. 6. Tovar ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlaydi, ishlab chiqarish vaqtini qisqartiradi. Kredit berish uchun avvalo qarz beradigan mablag` bo`lishi kerak. Bu mablag`lar qaerdan olinadi, manbai nima? degan savol tug`iladi. Mablag`lar manbai quyidagilar: Download 96.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling