Mavzu Kredit va uning mazmuni. Reja (2)
Download 96.51 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6 . Kredit berishga tabaqalashgan xolda yondashish
- Tijorat krediti
- Bank krediti
5. Maqsadliligi. Kredit qat’iy ravishda aniq maqsad uchun beriladi. Bank kredit berish
uchun qarz olayotgan uni nima maqsadda olayotgani, undan qanday foyda olishi mumkinligini tahlil qiladi. Tadbirkorlar uni «biznes-reja»da ko`rsatishadi. Kredit berayotganda bank albatta uni hisobga oladi, kreditni qaytarmaslik xatarini belgilaydi. 6. Kredit berishga tabaqalashgan xolda yondashish. Bu tamoyil turli qarz oluvchilarga individual tarzda yondashishni ifodalaydi. Bank qarz berib, qaytarib olmaslik xatarini hisoblab chiqib, har bir mijoz uchun qarz berish yoki bermaslik masalasini har tomonlama tahlil etib hal etadi. Kreditning tarixiy rivojlanish jarayonida turli shakllari kelib chiqib, ularning eng asosiylari tijorat va bank kreditidir. Tijorat krediti - bu korxonalar, tadbirkorlar va boshqa xo`jalik sub’ektlarining bir-biriga tovar shaklida beradigan kreditidir. Bunda tovarlar qarzga beriladi. Ko`pincha tijorat krediti veksel (qarz majburiyatnomasi) bilan hujjatlashtiriladi. Tijorat krediti cheklangan tarzda qo`llaniladi. Uni keng tarzda qo`llanishiga quyidagilar to`sqinlik qiladi: a) qarz beruvchini rezerv mablag`i, rezerv fondini cheklanganligi; b) tovar shaklida kreditni ishlatilishini cheklanganligi. Aytaylik korxona material qarz olgan bo`lsa, uni faqat ishlab chiqarish vositasi xom-ashyo sifatida ishlatishi mumkin, uni ish xaqi tarzida ishlata olmaymiz; v) bu qarz ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaradigan korxonalardan ularni iste’mol qiladiganlarga berilishi mumkin, aksincha emas. Tijorat kreditining bu cheklanganligi bank krediti yordamida xal etiladi. Bank krediti - bu moliya kredit muassasalari (banklar, fondlar, assotsiatsiyalar) tomonidan har qanday xo`jalik sub’ektlari (tadbirkorlar, korxonalar, tashkilotlar va boshqalar)ga pul shaklida - ssuda tarzida beriladi. Bank krediti qisqa (1 yilgacha), o`rta (1 yildan 5 yilgacha) va uzoq (5 yildan ortiq) muddatga berilishi mumkin. Kredit faqat tovar muomalasi (aylanishini)ga xizmat ko`rsatib qolmay, kapital jamg`arilishga ham xizmat ko`rsatadi. Bank krediti bitimlar hajmi, muddati, yo`nalishi bo`yicha cheklanmaganligi jihatidan tijorat kreditidan farq qilishi, uni kreditning asosiy va ustun shakliga aylantiradi. Kreditning ulardan tashqari quyidagi shakllari mavjud. Download 96.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling