Ikkinchidan, moliya - kredit muassasalarining pul mablag`lari. Ularning daromadlari
bilan
xarajatlari
o`rtasidagi
farq
xarajatlarni
qoplaganidan
ortgani
bo`sh pul
mablag`larini tashkil etadi. Tijorat banklari va moliya-kredit muassasalarining minimal pul
rezervlari ham ssuda fondi manbai bo`ladi.
Uchinchidan, davlat ixtiyoridagi pul. Davlatning zahiradagi pul mablag`lari, markaziy
va mahalliy hokimiyatlarning xarajatlari bilan soliq tushumlari o`rtasidagi farq tarzida bo`sh
pullar mavjud bo`ladi. Byudjet tizimi mablag`lari harakati natijasida ma’lum miqdorda
bo`sh pullar hosil bo`ladi.
To`rtinchidan, turli
maxsus (pensiya, sug`urta, xayriya), ijtimoiy fondlarning
mablag`lari. Bu fondlarning pullarini hosil bo`lishi va ishlatilishi har xil vaqtda yuz
beradi. Bu ma’lum miqdorda pul mablag`larini bo`sh qolib, qarz fondiga aylanishi uchun
imkon beradi.
Beshinchidan, aholi pul daromadlari va jamg`armalari. Fuqarolarning iste’molchi
sifatida
qimmatbaho tovarlar olish, uy qurish, marosimlar o`tkazish uchun jamg`arilgan
pullari ishlatilgunga qadar bo`sh bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: