Kremniyorganik birikmalarning qutblanishi analog uglerod hosilalarning qutblanishidan farq qiladi, chunki kremniy atomining elektromanfiyligi C atominikidan kichik.
Kimyoviy xossalari va qo’llanilishi
Kremniyorganik birikmalarning kimyoviy xossalari C ga nisbatan Si atomining elektrmanfiyligi kichikligi va 1 yoki 2ta d-orbitali hisobiga donor-akseptor bog’lanish hosil qilishi bilan izohlanadi. Si ning koordinatsion soni 6 ga yetishi mumkin. Si ning atom radiusi (0,133 nm) C ning atom radiusi (0,077 nm) ga nisbatan katta va u qo’shbog’ hamda uchbog’li birikmalar hosil qilmaydi.
Kremniyorganik birikmalar ichida Si-Hal bog’li galogenli hosilalari juda faol, Si-O, Si-N, Si-H bog’lilar sustroq, Si-S bog’li birikmalar inert hisoblanadi.
1. Si-Hal bog’li birikmalarning reaksiyalari. Si-Hal bog’li birikmalar kuchli qutblangan, shuning uchun kuchsiz nukleofillar, hatto suv bilan oson ta’sirlashadi.
Spirtlar, alkoksidlar, ammiak, aminlar va metallorganik birikmalar bilan oson ta’sirlashadi. Kremniy atomida nukleofil almashinish reaksiyasi ketadi:
Kremniy atomi bilan ikkita galogen birikkan moddalarning suv, ammiak, birlamchi aminlar bilan reaksiyalarli o’ziga xos. Bunda oligomer va polimerlar hosil bo’ladi, masalan:
Oligomerlanish
Polimerlanish
Silandiollar
Silandiolar kuchli reaksion qobiliyatli va radikal (alkil yoki aril) tabiatiga qarab tez yoki sekin siklooligomerlar va chiziqli polimerlarni hosil qiladi:
geksaalkil(aril)siklotrisiloksan
oktaalkil(aril)siklotetrasiloksan
polisiloksanlar (R2SiO)n
Siklooligomerlar qizdirilganda polioksanlarga aylanadi. Polioksanlar rangsiz, qovushqoq suyuqliklar yoki elastik moddalardir. Ular termik va kimyoviy jihatdan barqaror, shuning uchun xalq xo’jaligida keng foydalaniladi. R ning tabiati va molekulyar massasiga ko’ra polisiloksan (silikon) lar surkov moylar sifatida, kauchuklar (silikon elastomer), tormoz suyuqliklari ishlab chiqarishda ishlatiladi. Ularning asosiy xususiyati barqarorligi va gidrofobligidir.
Dixlorsilanlarning ammiak yoki aminlar bilan ta’siri natijasida tsiklooligomerlar-silazanlar hosil bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |