Mavzu: Kriminal holatlarda biologik o’limni konstatastiya
Download 30.03 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq403-Abdugaffarov Azizbek
Kollaps — toʻsatdan keskin roʻy beradigan qon
tomirlar yetishmovchiligi, kishi hayotini xavf ostida krldiradigan ogʻir holat; arterial va venoz qonbosimining keskin kamayishi, markaziy nerv sistemasi faoliyatining izdan chiqishi, moddalar almashinuvining buzilishi, qon tomirlar devori tonusining toʻsatdan susayishi, harakatdagi qon miqdori (massasi)ning kamayishi bilan ifodalanadi. Hushdan ketish u Hushsizlik, hushdan ketish — miyaning qon bilan taʼminlanishi buzilishi natijasida qisqa muddat roʻy beradigan holat. Ruhiy iztirob, ogʻriq, ichak sanchigʻi, oftob urishi taʼsirida, baʼzida gorizontal holatdan tik holatga oʻtganda va boshqalarda uchraydi. Koʻpincha oʻta toliqqan, och qolgan, infeksion kasalliklar bilan ogʻrigan kishilarda kuzatiladi. u Hushsizlik markaziy nerv sistemasi yoki yurak faoliyati buzilganlik belgisi boʻlishi mumkin. Hushsizlik oldidan bemorning boshi aylanadi, boʻshashadi, koʻzi tinadi, qulogʻi shangʻillaydi, qoʻl- oyoqlari uvushadi; baʼzan Hushsizlik holati shu belgilar bilan oʻtib ketishi, bemor hushini butunlay yoʻqotmasligi ham mumkin. Hushsizlikda bemorning nafas olishi sustlashib, koʻz qorachigʻi torayadi, soʻng kengayadi va yorugʻlikdan taʼsirlanmaydi, pulsi zaiflashadi, tanasini muzdek ter bosadi, rangi oqarib, toʻsatdan yiqiladi. Hushdan ketish sabablari. u Hushdan ketishga sabablar ko‘p bo‘lishiga qaram ay, ularni 4 guruhga birlashtirsak bo‘ladi. u Bosh miyaga qon oqib kelishi buzilganda; u Qonning kislorod bilan to‘yinmasligidan; u Metobolik buzilishlar oqibatida (miyaning oziqlanishi buzilganda); u Bosh miya nerv tolalari orqali impulslar o‘tishi buzilganda yoki miyada patologik qo‘zg‘alish o‘choqlari paydo bo‘lganda. Diagnostikasi u O‘z-o‘zidan hushdan ketishni aniqlab olish qiyin emas, insonda tash qi ta’sirlovchilarga sezgining yo‘qligi, umumiy harakatning yo‘qolishi (epilepsiyadan tashqari), og‘riqni sezmaslik kabi belgilar orqali aniql ab olsa bo‘ladi. Ammo, hushdan ketishga olib keladigan sababni ani qlash ancha qiyinchiliklar tug‘diradi. u Buning uchun barcha tibbiyot fani imkoniyati yetadigan diagnostik t ekshiruvlar o‘tkaziladi: anamnez yig‘ish, o‘tkazilgan kasalliklar, qabul qilgan dori preparatlari, arterial bosim pasayishlari yoki nerv tizimi f unksiyasi buzilishlari kabi kasalliklar o‘tkazganligi haqida ma’lumotla r yig‘ish. Bundan tashqari moyillikni oshiruvchi faktorlar – tezlik bila n turish, dim xonada uzoq muddat o‘tirish, isitma, jismoniy zo‘riqish va boshqalar haqida so‘rab surishtiriladi. u Hushsizlikda bemorni hushiga keltirish uchun u yotgan xona sof havo bilan shamollatiladi, siqib turadigan kiyimlari boʻshatiladi, bosh tomonini pastroq qilib yotqiziladi; yuzi va koʻkragiga sovuq suv purkaladi yoki sochiq hoʻllab bosiladi; nashatir spirti hidlatiladi va chakkasiga surtiladi, oyogʻiga issiq grelka qoʻyiladi yoki dagʻalroq narsa bilan ishqalanadi. Bemor hushiga kelgach issiq shirin choy yoki kofe ichiriladi. Hushsizlik roʻy berganda, albatta, vrach chaqirish kerak. E’tiboringiz uchun rahmat!! Download 30.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling