Kurs ishning maqsadi: Вolalar faoliyatini tashkil etishda kun tartibini to`g`ri rejalashtirish masalalari mavzuini ilmiy-nazariy jihatdan asoslash.
Kursishining vazifalari:
yosh avlod kamolotida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisiga qo‘yiladigan talablarni aniqlash;
tarbiyachi faoliyatida maktabgacha yoshdagi bolalar ijodiy tafakkurning rivojlanish darajasini aniqlash masalalarini tavsif etish;
o‘yin – maktabgacha yoshdagi bolalarning etakchi faoliyati va unga rahbarlik qilishni asoslash;
Kurs ishining metodologik asosi: O`zbekiston respublikasining “Ta'lim to`g`risida”gi Qonuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar, nutq va ma'ruzalarda maktabgacha ta'limni rivojlantirish va yanada takomillashtirishga qaratilgan yondashuvlar, O`zbekiston respublikasi Hukumati, Maktabgacha ta’lim vazirligining maktabgacha ta'limni sifat va samaradorligini ta'minlashga qaratilgan me'yoriy Hujjatlari, Maktabgacha ta'lim Kontseptsiyasi, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev tomonidan 2019 yil 3-aprelda qabul qilingan beshta muhim tashabbus, mavzuga oid ilmiypedagogik, psixologik, metodik manbalar.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: tadqiqot jarayonida ilgari surilgan fikrlar, yondashuvlardan hamda samaradorlikni ta’minlovchi tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim sohasida tadqiqot olib boruvchilarga, shuningdek pedagogik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar, metodik tavsiyalar yaratish, ish tajribalarni ommalashtirishga xizmat qiladi.
Kurs ishning tuzilishi: ish kirish, 3 bo`lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |