Mavzu: kun tartibini tashkil etish metodikasi reja I. Kirish II. Asosiy qism


Download 55.75 Kb.
bet5/15
Sana30.04.2023
Hajmi55.75 Kb.
#1414609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
KUN TARTIBINI TASHKIL ETISH METODIKASI

O‘z-o‘zini tarbiyalash-bu shaxsning o‘zini, shaxsiy sifatlarini takomillashtirishidir, zamon talabiga javob beradigan darajaga ongli ravishda intilishdir. O‘z-o‘zini tarbiyalash yaxshi tarbiya natijasida yuzaga kelib, shaxsning o‘z-o‘zini kamolga yetkazishiga olib keladi.
Pedagogikada tuzatish degan tushuncha ham bor. Bu ba’zi bir salbiy sifatlardan ozod bo‘lishdir. U odatda o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoniga kiradi. Qayta tarbiyalash-kishidagi salbiy sifatlarni yo‘qotib, tarbiya natijasida ijobiy sifatlarni shakllantirishdir.


2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar hayoti va faoliyatini tashkil etishda Kun tartibini to`g`ri rejalashtirishning o`ziga xosligi .
Maktabgacha tarbiya yosidagi bolalar, uzuliksiz ta`lim tizimidagi boshqa o`quv-tarbiyaviy muassasalardagi bolalar hayoti va tarbiyachisini o`ziga xos tashkil etishi bilan ajralib turadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning tarbiyasi maqsad va vazifalarini amalga oshirish, ular hayotini tashkil etishning asosiy xususiyatlarini belgilab beradi. Yasli bog`chalarda bolalar hayotini tashkil etish har tomonlama tarbiyalash vazifalariga kompleks yondoshish asosida, ta'lim-tarbiya mazmuni, shakli va metodlari birligi asosida quriladi.
Bolalar hayotini tashkil etish-bu hayot faoliyatning asosiy jarayonlarini turli yosh guruhlaridagi bolalarning yakka, kichik guruhlar va umumiy guruhlar shaklidagi faoliyati va ta'limini maqsadga muvofiq joriy etish, birga qo`shib olib borish va navbatlashtirib turish, shuningdek har bir bolani har tomonlama va garmonik tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun zarur sharoit yaratishdir.
Hozirgi paytda bolalar bog`chalarida o`quv tarbiya jarayoni sifatini oshirish va bolalar hayotini tashkil etish zarurati vujudga keldi.
Maktabgacha tarbiya pedagogikasi bolalar hayoti va faoliyatini tashkil etishning quyidagi umumiy printsiplarini ishlab chiqqan.
1. Bolalarning har bir yosh guruhlardagi birgalikda hayot tarzi. Bu printsip asosida guruhdagi barcha bolalarni har tomonlama rivojlantirish va ularni jamoatchilik ruxida tarbiyalash uchun bir xil sharoitni ta'minlash ko`zda tutiladi.

Download 55.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling