Mavzu: kun tartibini tashkil etish metodikasi reja I. Kirish II. Asosiy qism
Download 55.75 Kb.
|
KUN TARTIBINI TASHKIL ETISH METODIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘qitish
Tarbiya-pedagogik hodisa bo‘lib, yosh avlodga ilmiy bilimlar sistemasini, malaka va ko‘nikmalarni maxsus metod va vositalar orqali rejali ravishda singdirib borish va buning natijasida har tomonlama shakllangan kishini tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yadi.
Ma’lumot-asosiy pedagogik tushuncha bo‘lib, u ijtimoiy hayot voqealarini obektiv aks ettirishdir. Bu jarayon kishi tomonidan tabiat, jamiyat va kishi tafakkuri to‘g‘risidagi umumlashtirilgan ijtimoiy zarur bilim, malaka, ko‘nikmalar sistemasining egallab olinishi natijasidir. Ma’lumot kishini bilishga bo‘lgan talabini ta’minlab, undagi qobiliyatlarni ma’lum darajaga ko‘taradi va amaliy faoliyatga tayyorlaydi. Ma’lumot ta’limning natijasi bo‘lib, u kishi tomonidan bilim, malaka va ko‘nikmalarni mustaqil egallash, o‘z bilim darajasini takomillashtirishdir. Ta’lim-ijtimoiy zarur bilimlar, muayyan ko‘nikma va malakalarni o‘quvchilarga singdirish, ularning ongiga va xulqiga ta’sir etish, dunyoqarashini va bilish faolligini rivojlantirishdir. U insonni mehnatga, hayotga tayyorlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Ta’lim berish jarayonida tarbiya va ma’lumotning maqsadi amalga oshiriladi. Ta’lim ikki tomonlama jarayon-o‘qitish va o‘qishni o‘z ichiga oladi. O‘qitish-pedagogik faoliyat bo‘lib, u bilim, malaka, ko‘nikmalarni bolalarga singdirish, ularning bilish va amaliy faoliyatiga rahbarlik qilishdir. O‘qish-o‘quvchining bilim, malaka, ko‘nikmalarni egallashdagi amaliy faoliyatidir. U o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi. Bola shaxsini uyg‘un rivojlantirish shaxsni insoniyat tomonidan to‘plangan hamma boyliklarni hozirgi zamondagi fan-texnika taraqqiyoti va madaniyat darajasida egallab olishni, har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsning insoniy sifatlarini tarbiyalashni taqozo etadi. Tarbiya pedagogning faoliyati jarayonida va bolalarning bir-birlariga ta’sir etishlarida amalga oshadi. Jamiyatda har bir kishi o‘zining erkin rivojlanishi uchun hamma imkoniyatlardan foydalanib o‘z-o‘zini rivojlantirib borishi zarur. Download 55.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling