Mavzu: Landshaft arxitekturasining inson estetik faoliyatidagi o'rni
Download 0.49 Mb.
|
Презентация1
Eng qadimgi bog‘ parklarning fanga ma’lum bo'lganlari yer yuzining dastlabki sivilizatsiyalaridan biri hisoblangan Misr hududida vujudga kelgan. Sug‘orilish inshootlari va qurilmalarining rivojlangan tizimiga asoslangan yuksak saviyadagi Misr dehqonchiligi o‘lkaga xos issiq iqlim, jazirama quyosh taftidan bekinish va quyuq soyaga erishish ehtiyojlari bu o'lkada bog'lar yaratishni talab qilgan. Misrda eramizgacha II ming yillik o'rtalaridan boshlangan Yangi podsholik davri naqsh-bezaklarida turli hovuzlar va bir-biridan farqlanuvchi ekinlar va daraxtlarga, to‘g‘ri burchakli muntazam me’moriy rejaga ega bo'lgan xususiy bog'larning tasvirlari uchraydi. Bunday bog'lar hukmdorlar saroylari qoshida, badavlat uylaming ichki hovlilarida, ibodatxonalar atrofida, ularning muqaddas hisoblangan bo'limlarida qurilgan. Saroylar va ibodatxonalar, odatda, Nil daryosining toshqini etib bormaydigan tepalik va qirlarda qurilgan. Ehtimol shu sababdan Qadimgi Misr qirlari etaklarida pog'onali (ko'p sahnli) bog'lar vujudga kelgan. Saroylaming ichki hovlilari tekislanib, to'g'ri burchakli tekis bog'lar shakllantirilgan. Bog' chetlariga katta dov-daraxtlar, ichkariga esa pastqamroq daraxt va butalar ekilgan. O'rtada katta hovuz, uning yoniga soyabon qurilgan. Misr bog'larining o'ziga xos xususiyatlaridan biri, ularda hovuzlar, gulzorlar, mevali va manzarali daraxtlar, uzumzor va sabzavod zorlarning aralash ekilishidir. Daraxt qatorlari orasidagi bo‘sh joylarga sabzavot va gullar ekilgan. Tokzorlar uchun esa alohida maydon ajratilgan.Shahar va qishloq aholi punktlarining ko‘kalamzorlar tizimi foydalanishi va ularning qaysi maqsadlarga mo‘ljallanganiga qarab 3 yirik guruhga bo‘linadi: umumiy foydalanishga mo'ljallangan, foydalanishi cheklangan va maxsus maqsadlarga m o'ljallangan ko'kalamzorlar. Umumiy foydalanishga moijallangan ko‘kalamzorlarga umumshahar va tuman markazlarining parklari, qishloq bog’i, xiyobonlar, skverlar, bulvarlar, shahar maydonlari hamda ko‘chalarining ko‘kalamzor hududlari va piyodalar ko‘chalaridagi ko‘kalamzorlar kiradi. Foydalanishi cheklangan ko‘kalamzorlarga turarjoylar hududlari, sanoat va ishlab chiqarish komplekslarida joylashgan ko‘kalamzor hududlar kiradi. Bularga qishloq turaijoy kvartallari va turaijoy oldi uchastkalari, maktablar, bolalar bog‘chalari, shifoxonalar, kollejlar, sport komplekslari, sog‘lomlashtirish muassasalari hamda korxonalar va jamoat tashkilotlari hududlaridagi ko‘kalamzorlar kiradi. Maxsus maqsadlarga moMjallangan ko‘kalamzorlarga esa ko‘cha va transport magistrallari bo‘ylab ekilgan ko‘kalamlar, sanitariyahimoya va suv havzalarini muhofaza qilish zonalari, stadionlar, o‘rmon xo‘jaliklari, qabristonlar, gul va ko‘chatlar yetishtiruvchi xo‘jaliklarning ko‘kalamlari kiradi. Aytib o‘tilgan ko‘kalamzorlar shahar va qishloqlar hududida muayyan bir tartibda joylashib, zamonaviy shahar va qishloq ko‘kalamzorlarning yaxlit tizimini tashkil qiladi. Ko‘kalamzorlar tizimining boshlang‘ich elementi sifatida qishloq kvartallaridagi mavjud turarjoy guruhlarining hovli bogiarini yoki mahallalar markazlari qoshidagi bog‘ni ko‘rsatish mumkin. Agar yana ham ichkariroq kirib borilsa, xususiy uy-joylarning hovli bog‘larini eng boshlang‘ich ko‘kalamzor element tarzida ko‘rsatish mumkin.Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling