Ko‘kalamzorlar tizimini tashkil etishda quyidagi uch asosiy vazifaning hal etilishi zarurdir. — funksional vazifa — turli maqsadlarga mo'ljallangan ko‘kalamzor hududlarni tashkil etish, shu jumladan, aholining qulay dam olishi uchun bog‘-parklar va boshqa yashil muhitlar tizimini yaratish; — sanitariya-gigiyenik vazifa — shahar muhitining ekologiyasini sog‘lomlashtirish va mikroiqlimini yaxshilash; — sanitariya-gigiyenik vazifa — shahar muhitining ekologiyasini sog‘lomlashtirish va mikroiqlimini yaxshilash; — me’moriy-badiiy vazifa — badiiy jihatdan yaxlit va estetik jozibador bo'lgan arxitekturaviy-landshaft muhitini tashkillashtirish va shakllantirish. Aholi yashash joylarini ko‘kalamlashtirish me’yorlari va tamoyillariga rioya qilish, ularni me’moriy-landshaft tashkil etishning yuqorida ko'rsatilgan tamoyillari hamda shakllariga amal qilish shahar va qishloqlarimizning nafaqat ekologik jihatdan toza, iqlimiy qulay bo‘lishligiga, balki madaniy manzaraviy estetik nuqtayi nazardan ham yaxshi natijalarga erishishni ta’minlashi mumkin. Foydalangan adabiyot - Foydalanilgan adabiyotlar 1. Isamuhamedova D.U. , Mirzayev M.K. “Zamonaviy shaharsozlik nazariyasi” o’quv qo’llanma, Toshkent–2015.
- Qalandarov M.M. Ko’kalamzorlashtirish ishlari : o’quv qo’llanma Toshlent-2013, “Faylasufar” nashriyoti.
- E.M. Muhamadiyev, Sh.X.Tugizov, K.B. Yunusova dizayn asoslari: o’quv qo’llanma Samarqand-2018
- Landshaftlarning geokimyoviy xususiyatlari bilan bog’langan endemik kasalliklar, Toshkent-2012.
- Internet saytlari
Do'stlaringiz bilan baham: |