Mavzu: Lengston Hyuz,,Raxmat sizga,xonim hikoyasi


Download 1.04 Mb.
Sana01.03.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1240691
Bog'liq
raxmat sizga xonim


Mavzu:Lengston Hyuz
,,Raxmat sizga,xonim” hikoyasi.
Asar matni bilan ishlash.
1.Darsning maqsadi:
1)ta`limiy:o`quvchilarni hikoyasi bilan tanishtirish.
2)tarbiyaviy:o`quvchilarga yaxshilikka yaxshilik bilan javob qaytarish,yomonlik qilmaslik kerakligini tushuntirish
3)rivojlantiruvchi:o`quvchilarning bilim va salohiyatini kretiv fikrlashlarini rivojlantirish hamda tinglab tushunish,o`qish,gapirish va yozish kabi kompetensiyalarini shakllantirish.
2.Darsning uslubi:interfaol
3.Darsning uslubi:tushuntirish,bahs-munozara
4.Darsning shiori:,,Adabiyotga e`tibor-kelajakka e`tibor”
5.Darsning jihozi:6-sinf adabiyot darsligi,L.Huyz hayotiga oid slayd,plakat,hikoyaning audiomayni,Harlem ko`chalariga (hozirgi davr) virtual sayohat,tarqatmalar,rag`bat kartochkalar
1.Tashkiliy qism:
2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
(Kunga boqar (5d) ,Xotira mashqi (5d) )
3.Yangi mavzu bayoni:
(Audiomatn (9d) reja (6d) )
4.Interfaol metodlar bilan mavzuni mustahkamlash.
(Aqliy hujum (5d) Venn diagrammasi (3d) Swot (5d)
5.Baholash:
6.Uyga vazifa:
1 Tashkiliy qism:
1)navbatchi hisobi
2)o`quvchilarning darsga tayyorgarliklarni tekshirish
3)guruhlarga bo`lish
1-guruh ,,Yangi asr avlodi’’
2-guruh ,,Kelajak bunyodkorlari’’
3-guruh ,,Zamonamiz qahramonlari’’

Maktab yoshida she`rlar yozadi.


1930—yilda O`zbekistonga tashrif buyurgan.

1902-yilda tug`ulgan.


Kolumbiya universitetida o`qiydi.

1967-yilda vafot etadi.



AQSHning Missuri shtatida.

Lengston Hyuz

Xotira mashqi:


1.,,Yaxshilik’’ hikoyasi mualifini ayting.
2.Qaysi shoir til bilgan insonlarni ,,Yaktoyi zamon’’ deydi?
3.,,Tilning bilan ko`nglingni bir tut” hikmati g`oya jihatidan qaysi ruboyiga mos keladi?
Guruh a`zolari rag`batlantiriladi
Yangi mavzu bayoni
L.Hyuz ,,Raxmat sizga,xonim’’ hikoyasi asosida tayyorlangan audiomatn tinglanadi.
Audiomatn tinglanayotgan vaqtda doskaga quyidagi reja yoziladi:
1.Tunda ayolning sumkasini o`g`irlamoqchi bo`lgan bola.
2.Huella xonimning mehribonligi.
3.Rojerning orzusi.
4.,,Oyoq kiyim orzusi oyog`ingni yomon yo`lga boshlmasin.”
5. Minnatdorlik hissi. Luella xonimning unitilmas sabog`i.
Interfaol metodlar orqali mavzuni mustahkamlash

  1. Aqliy hujum metodi: Har bir guruhga uchtadan savollar tarqatiladi va 2 daqiqa vaqt beriladi. Savollarga to`g`ri javob bergan guruh a`zolari rag`batlantiriladi.

1-guruh savollari:

  1. “Rahmat sizga xonim” hikoya voqealari qachon va qayerda bo`lib o`tadi? Hikoyaning boshlanish qismini so`zlab bering.

  2. Ayolning xatti harakatlari sizda qanday taassurot qoldirdi? U haqidagi dastlabki fikringiz qanday?

  3. Sizningcha ayolning maqsadi nima? U bolani qayerga olib ketyapti?

2-guruh savollari:

  1. Rojer nima uchun ochiq eshik ko`cha tomonga emas, yuvinish uchun yo`l oldi?

  2. Rojer nega “Meni politsiyaga topshirasizmi?” - deb so`radi? Nima uchun uning xayoliga bunday fikr keldi deb o`ylaysiz?

  3. Rojer Luerlla xonimning gapidan nega hayratlandi? Ayol eshikni nima maqsadda ochiq qoldirdi deb o`ylaysiz?

3-guruh savollari:

  1. “Shunday ishlar qilganmanki, imkoni bo`lsa ularni xudodan ham yashirgan bo`lardim, o`g`lim” Luella xonim bu gapni nima maqsadda aytdi deb o`ylaysiz?

  2. Luella xonim nima maqsadda hamyonini Rojerning oldiga tashlab ketdi? Rojer nima uchun ayolga yordamlashmoqchi bo`ldi?

  3. Oyoq kiyim orzusi, oyoqlaringni yomon yo`lga boshlamasin” Bu gapni qanday tushundingiz?

Venn diagrammasi



Luella xonim Rojer
1.O`rta yosh 1.Rostgo`y 1.Yosh
2.To`ladan kelgan 2.Bolaligi bir xil bo`lgan. 2.Kambag`al
3.Raxmdil 3.Aybini tan oladi. 3.Nimjon
4.Kechirimli 4.Muhiti bir xil 4.Och,zaif
5.Qoli ochiq,saxiy 5.Imkoniyati yetmagan 5.Hech kimi yo`q
narsaga ega bo`lishni xohlaydi.

Guruh a`zolari doskada bajaradilar, rag`batlantiriladi.
SWOT tahlil
S-Kuchli tomonlari O-Imkoniyatlari

W Kambag`al,hech kimi yo`q,nimjon, zaif,kir,cho`pdek ozg`in, politsiyadan qo`rqadi.

S Qo`rqmas,tavakkalchi, nazari to`q,yolg`on gapirmaydi,hushyor.

S

W-Kuchsiz tomonlari T-Xavf-xatar,tosiq



T
Sharoit,yasash muhiti kambag`allik, zamsha tufli orzusi, ,,Imkoniyati yetmagan narsalarga ega bo`lishni xohlaydi.’’

O Yosh,rostgo`y,nasihat quloq soladi, 10 dollarga kitob sotib olib,yutuk inson bo`lish mumkin.

Rojer

Uch guruh+ bir nafar o`quvchi vatman qog`ozga yozilgan SWOT tahlilni taqdimot qiladi. Guruhlar rag`batlatiriladi.
Baholash: Guruhlar dars davomida to`plagan rag`bat kartochkalar sanaladi. G`olib guruh aniqlanadi. G`oliblik timsoli bilan taqdirlanadi.

Uyga vazifa: 82-85 betlar, “Rojer o`g`ri emas....” mavzusida FSMU metodi orqali taqdimot tayyorlab kelish:


F – fikrni bayon qilish
S – sababni keltiring
M – misollar keltiring
U – umumlashtirish

E`tiboringiz uchun tashakkur!



https://www.google.com/maps/@40.8073617,-73.9404765,3a,73.7y,212.12h,84.7t/data=!3m6!1e1!3m4!1sL91Fvnf_R58mHg4_MaPgag!2e0!7i16384!8i8192
Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling