Mavzu: Litosvera va uning ekotizimlarini shakillanishi va rivojlanishida tutgan o'rni Reja
Download 31.88 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Mavzu: Litosvera va uning ekotizimlarini shakillanishi va rivojlanishida tutgan o'rni Reja: Litosvera o’zi nima. Litosvera va uning ekotizimlarini shakillanishi. Litosvera va uning ekotizimlarini rivojlanishida tutgan o'rni. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Insoniyat paydo bo‘lgandan boshlab atrof-muhit, o‘simliklar va hayvonot olami, tabiatda sodir bo‘ladigan hodisa va jarayonlarning sirli tomonlarini o‘rgangan. Ulardan kelgusi hayotda foydalanish yuzasidan dastlabki tajribalarga ega bo‘la boshlagan. Dastlab tabiatda sodir bo‘ladigan hodisa va jarayonlarning o‘ziga xos tomonlari bo‘yicha alohida ma’lumotlar to‘plangan. Shu tariqa inson tafakkuri rivojlangan, mantiqiy fikr yuritish orqali tabiatdagi hayotning mohiyati, o‘simliklar va hayvonlar hayotidagi mavsumiy moslanishlar, tabiatda sodir bo‘ladigan hodisa va jarayonlarni tushunish imkoniyati yuzaga kelgan. Odamning tabiat va uning tarkibiy qismlariga bo‘lgan munosabati va tabiatdagi hodisa, jarayonlarning mohiyatini o‘rganishi ilmiy bilishning asosini tashkil qilgan. Ilmiy bilish inson tafakkurining oliy darajasi bo‘lib, ilmiy yangiliklar, kashfiyotlar avval ma’lum bo‘lmagan o‘simliklar va hayvonlarning tuzilishi hayotiy jarayonlar, qonunlar va qonuniyatlarni yaratishga yo‘nalgan bo‘ladi. Shu tariqa inson o‘zini o‘rab turgan atrofmuhitni o‘rganishi natijasida yerda yashaydigan organizmlar, ularning hayotiga ta’sir qiladigan omillar haqida dastlabki ilmiy ma’lumotlar yuzaga kelgan. Antik davrda ilmiy bilimlarning birinchi shakli tabiat falsafasi edi. Tabiat falsafasining obyekti tabiatda sodir bo‘ladigan hodisalarni o‘rganish sanalgan. Tabiat falsafasi tabiat haqidagi ma’lumotlarni to‘plab, XVI–XVII asrlarda tirik va anorganik tabiat haqidagi mustaqil fan – tabiiyotshunoslikning shakllanishiga imkon yaratdi. Tabiiyotshunoslik fani negizida o‘rganish obyekti, maxsus tadqiqot metodlariga ko‘ra fanlarning ixtisoslashishi vujudga keldi. Biologiyaning o‘rganish obyektlari tabiatning tirik materiyasi yoki organizmlardir. Biologiya tirik materiyaning tuzilishi, ularning hayot faoliyati, anorganik tabiat bilan o‘zaro aloqasini o‘rganadi. Tirik materiyaning sistemali tuzilishi. Tirik tabiat dunyosi turli xildagi, tuzilishi jihatidan turli murakkablik darajasiga ega biosistemalarni o‘zida mujassamlashtiradi. Biologik sistema (biosistema) – o‘zaro aloqador va o‘zaro ta’sir ko‘rsatadigan, muayyan funksiyani bajaradigan, rivojlanish, o‘z-o‘zini barpo etish va atrof-muhitga moslanish qobiliyatiga ega biologik obyektlarni o‘zida birlashtiradi. Masalan, gulli o‘simliklar ildiz, poya, barg, gul va meva kabi organlardan tashkil topgan biologik sistema. O‘simlik – yaxlit organizm, uning barcha vegetativ va generativ organlari o‘zaro aloqada bo‘lib, o‘simlikning ko‘payishi va tashqi muhitga moslanishini ta’minlaydi. Bu organizm darajasidagi biologik sistema sanaladi. Cho‘l turli bakteriya, zamburug‘, o‘simlik va hayvonlar populatsiyalaridan iborat biologik sistemaga misol bo‘la oladi. Cho‘lda yashaydigan har xil turlarning populatsiyalari ham bir-biriga ta’sir ko‘rsatib, ularning muhitdagi barqarorligi va rivojlanishini ta’minlaydi. Biologik sistemalarning iyerarxik tuzilishi. Tirik sistemalarning turli xil bir-biriga bog‘liq, o‘zaro aloqada bo‘lgan darajalari iyerarxik tuzilishdan iborat. Hayot tuzilishining yirik darajalari o‘zida kichik darajalarni tarkibiy qism sifatida mujassamlashtiradi va har bir tuzilish darajasining o‘zaro ta’siri ko‘lamiga qaram holda umumiy qonuniyatlarga bo‘ysunadi, ularning o‘zaro ta’siri tufayli umumiy xossalari paydo bo‘ladi. Biosfera o‘zida yerning tirik organizm tarqalgan qobig‘i sifatida sayyoramizdagi barcha biogeotsenozlarni qamrab oladi. Biogeotsenoz o‘z navbatida ekologik jihatdan bir-birini to‘ldiradigan turli populatsiyalardan tashkil topgan. Populatsiyalar esa, avlodlari doimo almashinib turadigan individlardan tuzilgan. Individlar yaxlit organizm bo‘lib, ular organlar sistemalaridan, organlar sistemalari organlardan, organlar to‘qimalardan, to‘qimalar hujayralardan iborat. Tirik organizmlarning eng kichik birligi hujayra sanaladi. Hujayra alohida bir hujayrali organizm sifatida ham, shuningdek, ko‘p hujayrali organizmning bir qismi sifatida barcha hayotiy xossalarni namoyon etadi. Hujayra doimiy bo‘lishi shart bo‘lgan organoidlardan, tarkibi esa anorganik moddalar va makromolekulalardan tashkil topgan. Hujayrada boradigan hayotiy jarayonlar ularning tarkibidagi makromolekulalarning o‘zaro ta’siriga bog‘liq. Hayot darajalari biri ikkinchisiga asos bo‘lib, keyingi darajani vujudga keltirganligi sababli, iyerarxik (zinapoya ko‘rinishiga o‘xshash) tuzilish nomini olgan. Shunday qilib, tabiiy obyektlar va ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik ko‘lami va ta’sir doirasiga ko‘ra juda xilma-xil. Ularni o‘rganish uchun biologiyaning turli bo‘limlari alohida yondashuvlar va tadqiqot metodlarini ishlab chiqqan. Biologik sistemalar bir-biri bilan nafaqat kelib chiqishi jihatidan, balki ular o‘rtasida o‘zaro ta’sir orqali vujudga keladigan, shuningdek, tashqi muhit bilan munosabatlari orqali ham uzviy bog‘langan. Biologik sistemalar tabiatning tarixiy rivojlanish natijasi sanaladi. Ular o‘z-o‘zini boshqarish, rivojlanish, ko‘payish, tarkibiy qismlar o‘rtasida o‘zaro ta’siri barqarorligi va muvozanatning paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Tabiatda tarixiy taraqqiyot natijasida vujudga kelgan biosistema muvozanatining buzilishi ekologik sistemalar strukturasining o‘zgarishiga, ba’zi hollarda ularning nobud bo‘lishiga olib keladi. Tabiat va jamiyatning barqaror hamkorligi uchun atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik boshqarish, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish muammosi paydo bo‘ldiki, bu insoniyat kelajagi uchun muhim hisoblanadi. Insoniyat jamiyatining mavjudligi va rivojlanishi hayot va tabiatning, tabiiy jamoa va tizimlarning rivojlanish qonunlarini chuqur anglash asosida shakllanishi kerak. Ekologiya fan sifatida. XX asrning boshlarida biologiya fanining yangi tarmog‘i – ekologiya vujudga keldi. Bu fan yuqorida keltirilgan muammolarni hal etishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. «Ekologiya» (yunoncha «oikos» – uy, boshpana, «logos» – fan, ta’lim berish) atamasi birinchi marta fanga 1866-yilda nemis olimi Ernest Gekkel tomonidan kiritilgan. Ekologiya ayrim individlarning rivojlanishi, ko‘payishi, yashashini, populatsiya va jamoalarining tarkibi hamda o‘zgarishlarini yashash muhitiga bog‘liq holda o‘rganadi. Ekologiya – organizmlarning o‘zaro va atrof-muhit bilan munosabatlari haqidagi fan. Dastlabki bosqichda ekologiya organizmlarning o‘zaro ta’sirini o‘rganadigan fan bo‘lgan. Hozirgi vaqtda uning vakolat doirasi sezilarli darajada kengaydi. Organizmlardan tashqari, populatsiya, biotsenoz (jamoa), biogeotsenoz (ekotizimlar) va biosferani o‘z ichiga oladi. So‘nggi yillar davomida u ma’lumotlarni maqsadli yig‘ib, insoniyat, inson faoliyatining barcha sohalari – qishloq xo‘jaligi, sanoat, iqtisodiyot va siyosat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyatga nisbatan o‘z ta’sirini kuchaytirmoqda. Ekologik bilimlar asosida tabiatni muhofaza qilishning samarali tizimi va tabiatni oqilona boshqarishni shakllantirish mumkin. Ekologiya fani zimmasiga qator vazifalar yuklangan: – har xil organizm guruhlarining atrof-muhit omillari bilan munosabati qonuniyatlarini o‘rganish; – biologik resurslardan oqilona foydalanish, odam faoliyati ta’sirida tabiat o‘zgarishlarini oldindan ko‘ra olish, tabiatda kechayotgan jarayonlarni boshqarish yo‘llarini o‘rganish; – zararkunandalarga qarshi kurashishning biologik usullarini yaratish; – sanoat korxonalarida chiqindisiz texnologiyani ishlab chiqish va joriy etish; – organizmlarning tuzilishi, hayotiy faoliyati va harakatiga atrof-muhit ta’sirini o‘rganish; – tirik organizmlarning atrof-muhitga moslashishining ekologik mexanizmlarini o‘rganish; – turning turli populatsiyalaridagi individlar sonining o‘zgarishiga nisbatan tashqi muhit ta’sirini o‘rganish; – biosferada yuz beradigan jarayonlarning barqarorligini ta’minlash maqsadida ularni tadqiq etish; – shaxsning egallaydigan kasbi va yoshidan qat’i nazar ularda ekologik dunyoqarash, ong, tafakkur va ekologik madaniyatni shakllantirish. Ekologik madaniyat inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarga nisbatan mas’uliyatli yondashuv asosida paydo bo‘ladi. Ekologik madaniyatga jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtirishga qaratilgan ekologik ta’lim, ekologik ong va ekologik faoliyatning birligi sifatida qaraladi. Sayyoramizning hozirgi ekologik holati tabiatga yanada oqilona munosabatda bo‘lishni talab etadi. Bu esa jamiyatimizning har bir a’zosidan nafaqat keng ekologik bilim, balki tabiatga yangicha munosabatni rivojlantirish, tabiat va jamiyatning barqarorligini ta’minlovchi omillarni izlashga asoslangan ekologik dunyoqarashni shakllantirishni taqozo qiladi. Litosfera – Yerning qattiq qobig’i, Yer po’sti va yuqori mantiyaning bir qismini ichiga oladi. Yerning qattiq holatdagi tosh o’ramining qalinligi okean tubida 5-7 km, 36 quruqliqda 30-40 km va tog’li o’lkalarda 70-80 km gacha boradi, u cho’kindi, metomorfik va magmatik tog’ jinslaridan tashkil topgan. Yer sathida asosan cho’kindi tog’ jinslari tarqalgan bo’lib, ularning qalinligi 20 km gacha boradi. Тog’larning ba’zi yerlarida ular yuvilib ketib, okean tublarida ularning qalinligi bir necha yuz metr bo’ladi. Ular tarkibi bo’yicha chaqiq kimyoviy va organik cho’kindilardan tashkil topgan bo’lishi mumkin. Cho’kindilarning ostida 10-40 km qalinliqdagi granit qobig’i joylashgan bo’ladi, okean tubida ular uchramaydi. Granit va okean cho’kindilari qobig’i ostida bazalt qobig’i joylashgan. Uning qalinligi okean tubida 5-7 km va quruqlikda 20-30 km ga boradi. Yerning tosh o’rami sathining tashqi tuzilishga relef deyiladi. Relefning paydo bo’lishini, uning yoshini, morfologik tuzilishini, o’zgarishini va tarqalishi qonuniyatlarini geomorfologiya fani o’rganadi. Yer sathining tuzilishi, tarixiy taraqqiyoti, unda hayotni rivojlanishi asosan Yerning ichki qismida vujudga keladigan tektonik jarayonlarga va iqlimga bog’liqdir. Yerning muz qoplamagan quruqlik sathi 133,4 mln km2 bo’lib, uning 55,4 mln km2 tropik, 24,3 mln km2 suv tropik, 22,5 mln km2 mo’’tadil, 21,2 mln2 shimoliy qutb mintaqalariga to’g’ri keladi. Quruqlikning 10-11% dehqonchiliqda va 20% pichanzorlar o’rnida ishlatiladi. Dunyo aholisining jon boshiga 0,4 gektar dehqonchilik qiladigan yer to’g’ri keladi. Yer tekis, namlik va harorati yetarli bo’lgan gil tog’ jinslaridan tashkil topgan bo’lsa, u o’simlik, hasharot va mikroorganik qoldiq chiqindilariga boyib, tuproq qatlamining hosil bo’lishi tezlashadi. Тuproq qatlamining qalinligi taxminan 1-3 metr bo’lib, u A, V, S qabatlardan iboratdir. Yuqorida joylashgan chirindiga boy bo’lgan eng unumdor qismi A - gumus qavati hisoblanadi. Uning qalinligi 0,5—0,7 metrgacha boradi. Uning ostida tepadan yuvilib tushgan karbonat tuzli V - illyuvial qavat joylashgan bo’lib, 1,5-2 metr chuqurliqda kam o’zgargan S - ona jins qatlami yotadi. Тuproq turlari qutblardan ekvatorga, hamda tekisliklardan tog’larga qarab iklim o’zgarishi bilan qonuniy ravishda o’zgarib boradi. Mo’’tadil mintaqaning yillik yog’ingarchiligi 500-600 mm bo’lgan cho’l va o’rmon cho’llarida chirindi (gumus)ga boy (10% gacha) eng unumdor, qo’ng’ir, qora tuproqlar tarqalgan. Markaziy Osiyoning dasht va yarim dashtlarida o’simliklarning tabiiy sharoitda rivojlanishi uchun namlik yetishmaganligi sababli, kam (1- 2%) gumusli kulrang bo’z tuproqlar tarqalgan. Geologik zamin, relef va iqlimning o’zgarishiga qarab har yerning o’ziga xos tuproqlari, o’simlik turlari va hayvonot dunyosi rivojlanadi. Insoniyatning dehqonchilik va qurilish faoliyatlari ta’sirida tabiiy landshafti o’zgargan hududlar maydoni yildan yilga oshib bormoqda. Hozirgi vaqtda Yer yuzasidagi quruqlikning 10-11 % ni haydab dehqonchilik qiladigan va 2% ni har xil inshootlar qurib band qilgan madaniy landshaftga aylantirilgan. Yevropada bu ko’rsatkichlar 30% va 10% ni, Osiyoda 21% va 2% ni, Avstraliyada 5% va 2% ni tashkil qilsa, O’zbekistonda 12,5% va 6,5% ni tashkil qiladi. Quruklikning 0,3% ga shaharlar joylashgan. Shaharlar maydoni Germaniya hududining 10% ni, Buyuk Britaniyaning 12% ni, O’zbekistonning 2,2% ni egallaydi. Litosfera satxidan insoniyatning yashashi uchun zarur bo’lgan qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish (kerakli inshootlar qurishda foydalanishdan tashqari) va qazilma boyliklar qazib olishda foydalaniladi. Ochiq usulda qaziladigan konlarning chuqurligi 800 metrga, yopiq usulda qaziladigan konlarning chuqurligi 3-4 km ga yetadi. Yirik metallurgiya sanoat korxonalari atrofida landshaftning o’zgarishi, o’simliklarning qurib dashtga aylanishi yuz berib, BMТ ekspertlarining ma’lumotiga ko’ra quruklikning 1/3 qismi ifloslanib, salomatlikka zararli holatga kelgan. Insoniyatning befarqligi va atrof muhitga e’tiborsiz qarashi natijasida Yevropada birinchi marta Qalmiqlar yerida 500 ming gektarli dasht paydo bo’ladi (u har yili 50 ming gektarga kengayib bormoqda). Mutaxassislarning fikricha XXI 20-yillariga borib quruqlikning 1/6 qismi kon, yo’l va har xil inshootlar tagida qoladi. Aholi sonining oshib borishi qurilishlarning kengayishi dehqonchilikka yaroqli yerlarning kamayishiga sabab bo’lmoqda. Shularni inobatga olib, yerning unumdorligini 3,5-4% ga oshirilmasa, mutaxassislarning fikricha XXI o’rtalariga borib sayyoramizda yiliga 200 mln t don yetishmovchiligi holati yuz berishi mumkin. Yer yuzasidagi suv miqdorining 93-96% ni okean va dengiz suvlari, 1,65% ni muzliklardagi suvlar, 4,12% ni yer osti suvlari, 0,026% ni ko’l suvlari, 0,001% ni atmosfera suvlari, 0,0002% ni daryo suvlari, 0,0001% ni o’simlik va jonli mavjudotlar tanasidagi suvlar tashkil qiladi. Bularning ichida chuchuk suvlar faqat 2% ga yaqin miqdorni tashkil etadi. Lekin chuchuk suvlar yer sathida notekis tarqalganligiga ifloslanib ichishga yaramay qolganligi sababli, 50 dan ortiq mamlakatlarda suv uzoqlardan mashina, poyezd, paroxod va hatto samolyotlarda tashib keltiriladi, yoki quvurlar orqali uzatiladi. Yevropadagi Reyn, Elba va boshqa ko’pgina daryolarning suvi ifloslanganligi sababli Daniya, Gollandiya va Germaniyaga ichimlik suv Norvegiyadan quvurlar orqali keltirilmoqda Hozir Gollandiyaning Rotterdam shahridagi do’konlarda Norvegiyadan keltirilgan toza suvning narxi vinodan ham qimmatdir. Sanoatning rivojlanishi, aholining ko’payishi suv tanqisligini yanada oshiradi. BMТ ning ma’lumotiga qaraganda, hozirgi davrning o’zida shahar aholisining 23%, qishloq aholisining 80% sifatli ichimlik suv bilan ta’minlanmagan. Sifatsiz suv iste’mol etish natijasida yiliga 500 mln kishi kasallanadi. Gidrosferadagi suv doimo harakatda bo’lib, bir holatdan ikkinchi holatga o’tib turadi. Yer yuzasida yiliga 520 ming km3 suv bug’lanib, atmosferaga ko’tariladi va to’yinib, yog’in tarzida yana yer yuzasiga qaytib tushadi. Yog’in suvlarining bir qismi yana bug’ga aylanadi, bir qismi yerga shimilib, yer osti suvlarini tashkil qiladi, bir qismi daryolarga oqib tushadi. Sath tekisligi, o’rmon bilan qoplanishi, tog’ jinslarining suv o’tgkazuvchanligi oshgan sari yog’in suvlarining daryoga oqadigan qismi kamayib boradi. Atmosfera harorati oshgan sari, suvning bug’lanishi oshib boradi. Estoniyada olinadigan chuchuk suvning 3% bug’lanishga sarflansa, Тurkmanistonda uning 25% sarflanadi. Yer kurrasida suvning beto’xtov aylanishi natijasida dunyo okeanlari suvi 3000 yilda, ko’llar 7 yilda, daryo suvlari 12-31 kunda bir marta almashinib, yangilanib turadi. Daryo, ko’l, suv omborlari atrofidagi yer osti suvlari yer ustki suvlari bilan o’zaro bog’liq holda bo’lib, sayoz joylashadi. Ular asosan chuchuk bo’lib, tarkibi yer ustki suvlarining tarkibiga bog’liq bo’ladi. Ularning 100 m chuqurlikkacha bo’lgan qismida yer osti suvlarining bug’lanib, buloqlar holatida chiqib, qayta almashinib turishiga bir necha yillar ketadi. Yer osti suvlarining chuqurligi oshgan sari ularning tezligi, tashqi muhit bilan aloqasi kamayib, almashinib turishiga bir necha minglab yillar ketadi. Shuning uchun 300- 500 m dan chuqurda yotgan yer suvlarining tabiiy to’yinishi, yo’qotgan miqdorini qayta tiklanishi nihoyatda sekin boradi. Bu chuqurliqda suvli qavatlar suv o’tkazmaydigan cho’kindi jinslar qatlamlari orasida yotganligi sababli tashqi muhitdan deyarli ajaralib qolgan. U yerdagi suyuqlik va gazlar tektonik harakat chang hududlarda katta bosim ta’sirida bo’ladi. Bu o’z navbatida qabariq burmalarida neft, gaz, botiq burmalarida artezian suvlarining saqlanib qolishiga qulay sharoit tug’diradi. Cho’kindi jinslar asosidagi kristallangan jinslar mo’rt bo’lganligi sababli tektonik ko’tarilishi va pasayish jarayonlari oqibatida sinib, yoriqlar hosil bo’ladi. Ko’tarilib qabariq burma hosil etayotganda yoriqlar kengayib, yuqori qavatlardagi suyuqliklarni yutadi. Botiq burmalanayotganda yoriqlar torayib, ichidagi suyuqlik va gazlarni yuqori qabatlarga siqib chiqara boshlaydi. Yer sathidan pastga qarab chuqurlashgan sari yer osti suvlarining harorati oshib boradi. Suyuq holdagi suv 10-12 km chuqurlikkacha tarqalgan bo’lib, undan pastda bug’ holda yoki minerallar bilan kimyoviy bog’langan holda uchrashi mumkin. Okeanlar orasida Тinch okeanning Mariana botig’i eng chukur (11022 metr) hisoblanadi. Atmosferada suv bug’lari 10-18 km balandlikkacha bo’lgan masofada uchraydi. Qutblardagi muzliklarning eng qalin joyi 4 km ni tashkil etadi. Oqava suvlar – maishiy, ishlab chiqarish va atmosferadan ajraladigan oqavalar bo’lib, odatda uning tarkibida ko’plab anorganik va organik komponentlar bo’ladi, lekin ularning aniq tarkibini, hattoki sifat nisbatini, doim ham oldindan bilish mumkin bo’lmaydi. Ayniqsa bu kimyoviy va biokimyoviy ishlov berilgan oqavalarga taalluqli. Korxonaning turli sexlaridan chiqadigan oqavalar oddiy qo’shilganda ham ularning tarkibiy qismlari o’rtasida kimyoviy reaksiyalar yuz beradi va yangi moddalar hosil bo’ladi. Oqavalar xlorlanganda anorganik va organik moddalarning oksidlanishi mahsulotlari va ularning xlorli xosilalari paydo bo’ladi. Хo’jalik-maishiy suvlar bilan aralashgan sanoat oqava suvlari biokimyoviy tozalanganda tozalangan suvda butunlay kutilmagan organik birikmalarni aniqlash mumkin. Shuning uchun nafaqat yangi korxonalar paydo bo’lganda, balki yangi texnologik jarayon joriy etilganda va hattoki texnologik jarayonda qandaydir sezilarli o’zgarish yuz berganda yangi oqava suvlar hosil bo’lganda ularni dastlabki tahlil qilish zarurati tug’iladi. Atmosfera yoki litosferaga kelib tushadigan aksariyat zararli chiqindilar tabiiy tarzda gidrosferada yiёiladi. Bu suvning yuqori erituvchanlik xususiyatiga, suvning tabiatda aylanishiga, shuningdek suv havzalarining turli oqava suvlar harakatidagi so’nggi manzil ekaniga bog’liq. Suv muhitida ifloslanuvchi moddalarning mavjudligi tirik organizmlar hayot faoliyatiga va butun suv tizimiga o’z ta’sirini o’tkazadi. Тabiatdagi suv bir jinsli bo’lmagan muhit bo’lib, unda turli kattalikdagi muallaq zarrachalar va mayda gaz pufakchalari mavjud. Cho’kma zarrachalar mineral yadro va organik qatlamdan iborat. Suvda shuningdek juda ko’p miqdorda mikroorganizmlar ham bor bo’lib, ular atrof-muhit bilan muvozanatdadir. Chiqindilar tabiiy suv havzalariga turlicha ta’sir qiladi. Issiqlik bilan ifloslanish suv mikroorganizmlarining hayotiy jarayonlarini jadallashtiradi, bu esa ekotizim muvozanatini buzadi. Mineral tuzlar bir ho’jayrali organizmlar uchun xavfli, muallaq zarrachalar suvning shaffofligini kamaytiradi, suv o’simliklarining fotosintezini va suv muhitini aeratsiyasini buzadi, oqimning kam tezlikdagi zonalarida suv tubida cho’kindilarning xosil bo’lishiga olib keladi, suv organizmlari filtratorlarning hayot faoliyatiga salbiy ta’sir o’tkazadi. Muallaq zarrachalar o’ziga turli ifloslovchi moddalarni sorbsiyalashi mumkin; ular suv tubiga cho’kib, suvning ikkilamchi ifloslanishini keltirib chiqaradi. Suvning og’ir metallar bilan ifloslanishi ekologik zarar yetkazish bilan birga, sezilarli iqtisodiy talofot ham keltiradi. Suvning og’ir metallar bilan ifloslanishi manbalari bo’lib galvanik sexlar, tog’ kon sanoati, rangli va qora metallurgiya korxonalari xizmat qiladi. Suv neft mahsulotlari bilan ifloslanganda suv yuzasida parda xosil bo’ladi va u suvning atmosfera bilan gaz almashinuviga to’sqinlik qiladi. Unda, shuningdek og’ir fraksiyalar emulsiyasida boshqa ifloslanuvchilar yig’iladi, bundan tashqari, neft maxsulotlarining o’zi suv organizmlarida to’planadi. Suvning neft maxsulotlari bilan ifloslanishining asosiy manbalari - suv transporti va shahar xududi yuzasidagi oqavalar. Organik moddalar - bo’yoqlar, fenollar, PAV, dioksinlar, pestitsidlar va boshqalar suv havzalarida toksikologik vaziyat yuzaga kelishi xavfini tug’diradi. Atrofmuhitdagi eng zaxarli va barqarorlari - dioksinlardir. Mutaxassislar umumtexnik, kimyoviy va maxsus fanlarni o’rganish jarayonida olgan bilimlari asosida atmosfera, gidrosfera va litosferaning asosiy xususiyatlarini xisobga olib, ular atmosfera havosi, suv va tuproqni ifloslovchi moddalardan muxofaza qilishning mavjud usullarini takomillashtirishi va yangilarini ishlab chiqishlari kerak. Bu nafaqat sanoat korxonalarida normal mehnat sharoitini ta’minlash uchun, balki insonlar salomatligi va atrofdagi dunyoni saqlab qolish uchun ham zarurdir. Atrof muhitni radioaktiv ifloslanish ekologiyasiga ta'sirini (atom energetikasi, yadroviy qurol sinovlari) qayd etmaslik mumkin emas. Chernobil AESidagi avariyadan so'ng to'g'ridan-to'g'ri qarama-qarshi fikrlar bildirildi: ba'zilari yanada rivojlantirish uchun, boshqalari barcha atom elektr stantsiyalarini tugatish va yangilarini qurishni to'xtatish uchun. Ammo kelgusi yillarda ularning mavjudligi ob'ektiv haqiqatdir. IAEA ma'lumotlariga ko'ra, termoyadroviy sintez - bu ekologiya, xavfsizlik va iqtisodiyot nuqtai nazaridan potentsial ravishda qabul qilinadigan va kelajakda butun dunyoni kerakli miqdordagi energiya bilan ta'minlashi mumkin bo'lgan energiya ishlab chiqarish usuli.Rivojlanayotgan mamlakatlarda ijtimoiy-ekologik vaziyatning og'irligi "uchinchi dunyo" hodisasining paydo bo'lishiga olib keldi. Bu quyidagilar bilan tavsiflanadi: · tropik kamarning tabiiy o'ziga xosligi · ob'ektiv ravishda biosferaga bosimni kuchayishiga olib keladigan rivojlanishning an'anaviy yo'nalishi (aholining tez o'sishi, an'anaviy qishloq xo'jaligi va boshqalar); · dunyoning turli mintaqalarining o'zaro bog'liqligi va o'zaro bog'liqligi (ifloslanishning tarqalishi); · ushbu mamlakatlarning rivojlanmaganligi, sobiq metropoliyalarga qaramlik. Agar sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun ekologik muammolar "sanoat xarakteriga" ega bo'lsa, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun - tabiiy resurslarni (o'rmonlar, tuproq va boshqa tabiiy resurslarni) qayta ishlatish bilan. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, rivojlangan mamlakatlar o'zlarining "boyliklari" dan aziyat chekayotgan bo'lsa, rivojlanayotgan mamlakatlar - "qashshoqlik" dan aziyat chekishadi.Rivojlanayotgan mamlakatlar rivojlangan dunyoni atrof-muhitning ifloslanishi ozon tuynugining kengayishi, issiqxona effekti va boshqalar uchun javobgarlikni tan olishni istamaslikda ayblamoqda. Ularning fikriga ko'ra, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar ekologik falokatni oldini olish bo'yicha global harakatlarda etakchilik qilishi kerak. Katta ehtimol bilan dunyo hamjamiyati murosali echim topadi. Ammo ular amalga oshiriladimi?Daraxtlar va tuproqlar kislorod va uglerodning global aylanishi uchun juda muhimdir. Bu, ayniqsa, atmosferada karbonat angidrid miqdori oshishi sababli iqlim o'zgarishi ehtimoli bilan bog'liq holda juda muhimdir.Jamiyat ehtiyojlarining kengayishi XVI asrdan boshlab G'arbiy Evropada o'rmonlarni kesishni tezlashtirdi. Ammo, hozirgi paytda, mo''tadil kenglikdagi o'rmonlarning maydoni kamaymaydi, balki o'rmonlarni tiklash ishlari natijasida hatto ko'paymoqda.Uchinchi dunyo mamlakatlarida rasm boshqacha. Tropik tropik o'rmonlar misli ko'rilmagan darajada yo'q qilinmoqda va aynan shu o'rmonlar ko'pincha "sayyoramiz o'pkasi" deb nomlanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda o'rmonlarni kesishning asosiy sabablari qatoriga quyidagilar kiradi: an'anaviy qirg'iy dehqonchilik tizimi, o'tinni yoqilg'i sifatida ishlatish, eksport uchun yog'och tayyorlash. Tropik tropik o'rmonlar tabiiy ravishda qayta tiklanishidan o'n baravar tezroq tozalanmoqda. Janubi-Sharqiy Osiyodagi o'rmonlarning halokatli pasayishi ularning 15-20 yil ichida to'liq yo'q qilinishiga olib kelishi mumkin.Tropik tropik o'rmonlarning juda muhim ahamiyati tufayli ularni tozalash butun sayyora uchun muhim iqtisodiy ofatdir. Bu kislorod ta'minotining pasayishi va karbonat angidrid miqdorining ko'payishi, o'simlik va hayvonlarning ko'plab turlarining yo'q qilinishida namoyon bo'ladi.Yo'q qilish jarayonlarining tezligi va hududiy tarqalishi nuqtai nazaridan tog'li hududlarda o'rmonlarning kesilishi juda jiddiy oqibatlarga olib keladi. Bu baland tog 'cho'llanishiga olib keladi.Endi cho'llanish jarayoni mahalliy miqyosda boshlanib, global miqyosga ega bo'ldi.Iqlimiy ma'lumotlarga ko'ra, cho'llar va yarim cho'llar quruqlikning uchdan bir qismidan ko'prog'ini egallaydi va dunyo aholisining 15% dan ortig'i ushbu hududda yashaydi. So'nggi 25 yil ichida odamlarning iqtisodiy faoliyati natijasida 9 million kvadrat kilometrdan ortiq cho'llar paydo bo'ldi. Cho'llanishning asosiy sabablari orasida haddan tashqari yaylov tufayli kamyob o'simliklarning yo'q qilinishi, yaylov maydonlarini haydash, yoqilg'i uchun daraxtlar va butalarni kesish, sanoat va yo'l qurilishi va hk. Bu jarayonlarga shamol eroziyasi, yuqori tuproq ufqlarining qurishi va qurg'oqchilik qo'shiladi.Bularning barchasi "uchinchi dunyo" mamlakatlarida samarali erlarning pasayishiga olib keladi va aynan shu mamlakatlarda aholining eng katta o'sishi kuzatiladi, ya'ni. oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyoj ortib bormoqda.Yaqinda butun dunyoda mafkuraviy emas, balki ekologik muammolar birinchi o'ringa chiqadi va millatlar o'rtasidagi munosabatlar emas, balki millatlar va tabiat o'rtasidagi munosabatlar ustunlik qiladi. Inson atrof-muhitga bo'lgan munosabatini va xavfsizlik haqidagi g'oyalarini o'zgartirishi shart. Jahon harbiy xarajatlari yiliga bir trillionga teng. Shu bilan birga, global iqlim o'zgarishini kuzatib borish, yo'qolib ketish xavfi ostida bo'lgan tropik tropik o'rmonlarning ekotizimlarini o'rganish va cho'llarni kengaytirish uchun mablag 'yo'q. Hukumatlar xavfsizlikka faqat harbiy nuqtai nazardan qarashni davom ettirmoqdalar. Yadro urushini boshlash ehtimoli hali ham mavjud bo'lsa-da, xavfsizlik tushunchasi atrof-muhitga g'amxo'rlikni ham o'z ichiga olishi kerak.Omon qolishning tabiiy usuli tashqi dunyoga nisbatan tejamkorlik strategiyasini maksimal darajada oshirishdir. Ushbu jarayonda jahon hamjamiyatining barcha a'zolari ishtirok etishi shart.Ekologik inqilob odamlar o'z qadriyatlarini qayta baholay olganda, o'zlarini o'zlarining kelajagi va avlodlari kelajagi bog'liq bo'lgan tabiatning ajralmas qismi emas deb qarashlari mumkin bo'lganda g'alaba qozonadi.
men bu mustaqil ishni bajarish davomida litisveraning tuzilishi hayot uchun kerakli ahamyati haqida o’rgandim.Quyosh moddalar aylanishini ta'minlaydigan energiya manbai. U sayyorani qayta tiklanadigan energiya bilan ta'minlaydi, bu esa o'z navbatida doimiy ravishda o'zgarib turadi. Olimlar tomonidan birinchi marta o'rganilayotgan ko'plab tsikllar mavjud. Hatto muomalada bo'lish tsikllari printsiplarini bilgan holda ham mutaxassislar tobora yangi xulosalar va kashfiyotlarga kelishmoqda. Inson tabiat sirlaridan uning ko'zidan yashiringan sirlarning o'ndan birini ham bilmaydi degan taassurot qoldiradi. Kelajak avlodlarning hayot sifati bu sirlarni qanchalik tez ochishimizga bog'liq. Asosiy xulosa bitta: moddalarning aylanishi va ekotizimdagi energiyaning konversiyasi sayyoradagi hayotning kalitidir. Yerdagi hayot tsiklsiz amalga oshirilmaydi.Tabiiy manbalardan oltingugurt atmosferaga vodorod sulfidi, oltingugurt dioksidi va sulfat tuzlari zarralari shaklida kiradi. Atmosferaga oltingugurtning texnogen chiqindilari (asosan oksil shaklida) qazib olinadigan yoqilg'ining yonishi paytida yuzaga keladi. Atmosferada kislota yog'inlanishiga olib keladigan reaktsiyalar paydo bo'ladi. Foydalanilgan adabiyotlar Ekologiya xaqida tushuncha kitobi. B.C Saidov ekologik bilimlar kitobi. WWW.google.uz www.refarat.uz www.ziyo.uz Download 31.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling