Mavzu: lok-bo‘yoq materiallar o`qituvchi: t f. n., dots. Xabibullayev Sh. A


Download 26.55 Kb.
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi26.55 Kb.
#1529057
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9.Lok-bo`yoq materiallari

3.Bo‘yoq tarkiblari
Lok-bo‘yoqlar tayyorlashda asosiy komponentlar sifatida organik va noorganik bog‘lovchilar, pigmentlar, kukun to‘ldirgichlar, plastifikatorlar, erituvchilar, sikkativlar hamda yordamchi materiallar-stabilizatorlar, dispergatorlar, suyultirgichlar, qotiruvchilar va boshqalar ishlatiladi.
4.Bog‘lovchi moddalar
Pardozlash ishlarida yuzaga surkaladigan organik moysimon suyuq va har xil tarkibli materiallar lok-buyoq materiallar deb ataladi. Ular pardozlanayotgan yuzaga mustahkam yopishgan yupqa parda hosil qilib qotadi.
Lok-bo’yoq materiallari bino va inshootlarning chidamliligini oshirishda, tasviriy chiroy berishda, sanitariya-gigienasiga doir sharoit yaratishda, changlanish, ifloslanish, namlanishdan, tashqi shovqindan saqlashda katta ahamiyat kasb etadi.
Lok-bo’yoq materiallar quyosh nurida o’z jilosini, rangini yo’qotmasligi nam, qor va yomg’ir ta’sirida ko’chib ketmasligi kerak. Uzoq muddatga chidamliligini ta’minlashda lok-bo’yoq materiallarning asos bilan mustahkam yopishish choralarini ko’rish kerak. Buyoqlar asosan bog’lovchi, pigment, kukun to’ldirgich va erituvchilardan tashkil topadi.
Bog’lovchi sifatida alif va yelimlar ishlatiladi.
Alif. Lok-buyoqlar tayyorlashda asosan tabiiy va sun’iy aliflar ishlatiladi. Tabiiy aliflar o’simlik moyini maxsus ishlab olinadi va surkalgandan keyin havoda tez qurib, yupqa va elastik parda hosil qiladi.
Tabiiy alif zig’ir, kanop, kungaboqar va boshqa o’simlik moylaridan tayyorlanadi. Buning uchun o’simlik moyiga maxsus aralashma (sikkativlar) qo’shilib, u 2000C gacha qizdiriladi. Zig’ir va kanopdan olinadigan alif qurilishda yuqori sifatli material hisoblanadi.
Tabiiy alifning kamchiligi uning sekin qurishi, sun’iy aliflardan qimmatroq turishidir. Tabiiy alif o’rniga quyuq-suyuqligi va parda hosil qilish xossalari unga yaqin bo’lgan sun’iy va yarim sun’iy aliflarni ishlatish mumkin.
Yarim sun’iy alif tayyorlash uchun o’simlik moyi maxsus ishlanib, quyuq yopishqoq modda holatiga keltiriladi, keyin unga teng miqdorda (ya’ni 50%) erituvchi qo’shiladi.
Erituvchi suyuqlik sifatida skipidar, uayt-spirt yoki benzol ishlatish mumkin. Yarim sun’iy alifning tez qurishiga sabab tarkibidagi erituvchining uchib ketishi, hamda moyning havodagi kislorod bilan oksidlanishidir.
Qurilishda eng ko’p tarqalgan yarim sun’iy aliflardan biri oksol­ aralashmadir. Oksol­ aralashmali alif olish uchun zig’ir yoki kanop moyiga kungaboqar moyi aralashtiriladi, keyin unga sikkativ qo’shib, issiq havo bilan ishlov beriladi. Hosil bo’lgan quyuq yopishqoq moyni uaytspirt yoki benzol bilan suyultiriladi. Oksol­ aralashma quyuq bo’yoqlarni suyultirish va binoning faqat ichki yuzalarini moylash uchun ishlatiladi.
Sun’iy (surrogatli) aliflar neft­ mahsulotlaridan, masalan, neftenol­ va karbonol­ aliflar yoki kanifol­, hamda shunga o’xshash organik moddalardan olinadi.
Aliflar qurilishda quyuq moyli bo’yoqlarni suyultirishda, temir konstruktsiyalarni dastlabki moylashda, tunukalarni va deraza panjaralarini va shu kabi qurilish buyumlarini aliflashda, zamazkalar tayyorlashda ishlatiladi. Surrogatli aliflar binoning ichki yuzalari va ikkinchi darajali inshootlar uchungina ishlatiladi.
Buyoqbop yelimlar. Buyoq tarkiblarni tayyorlashda bog’lovchi sifatida hayvonat, o’simlik va polimer yelimlar ko’p ishlatiladi. Bo’yaladigan yuzani gruntlashda, devorlarni shpatlyovkalashda, bo’yoq tarkiblarni tezroq qotirish maqsadida yelimli eritmalardan foydalaniladi. Ular hayvonot yelimi, suyak, kazein va go’sht pardadan ishlangan xillarga bo’linadi.
Suyak yelimi obdan tozalangan va yog’i ajratib olingan hayvon suyaklarini qayta ishlab olinadi. Suyak yelimi 4 xil ko’rinishda: qattiq plitka shaklida, yirik donali qilib tuyilgan, kukun qilib tuyilgan va gallerit deb ataluvchi bo’tqasimon ko’rinishida tayyorlanadi.
Shuni esda tutish kerakki, yelim chirishi mumkin, shu sababli uni quruq joyda saqlash kerak. Yelim eritmasi ayniqsa tez chiriydi. Bunda, chirigan yelimdan foydalanib tayyorlangan bo’yoq ichki yuzalarga surtilsa, xonada badbo’y hid uzoq vaqt saqlanib qoladi.
Go’sht parda yelimi hayvonot tanasidan chiqadigan barcha yaroqsiz paylar, yelimsimon pardalar va teridan shilib olinadigan go’shtlarni, shuningdek, teri parchalarini suvda obdan qaynatib, keyin quritib olinadi. Go’sht parda yelimi plitkalar yoki tuyilgan kukun ko’rinishida tayyorlanadi. Bo’yoq tarkiblar tayyorlash uchun ishlatiladigan suyak va go’sht parda yelimlari quyidagi texnik talablarga javob berishi lozim: qattiq yelimni 24 soat suvga solib qo’yganda unda mog’orlash yoki chirish singari alomatlar bo’lmasligi, u shishmasligi kerak.
Kazein yelimi. Kazein yelimi quruq kazein kukunining ishqor va mineral tuzlar bilan aralashmasidan iborat. Kazein - sut tarkibida 4% miqdorida oqsil moddalar bor. Sutni achitilganda undan suzmasimon quyqa tarzda kazein ajralib chiqadi. Tvorogda 20% ga yaqin tozalanmagan xom kazein bo’ladi.
Texnika kazeini yog’li sutdan tayyorlanadi. Buning uchun sut achitiladi. Ajratib olingan kazein yuviladi va quritiladi. Natijada, xira sariq rangli qattiq kazein olinadi, keyin ular tuyiladi.
Kazein sovuq suvda ham, issiq suvda ham erimaydi. Uni eritish uchun suvga soda, potash, novshadil spirt kabilardan taxminan 5% qo’shiladi. Shunda kazein erib ketadi va bir soatdan keyin undan pishiq yelim hosil bo’ladi. Bunday yelimni ohakka aralashtirganda yuvilmaydigan bo’yoq hosil bo’ladi. Kazein yelimi obdan tuyilgan kozeinga so’ndirilgan ohak va mineral tuzlar, hamda kerosin aralashtirib tayyorlanadi. Ishlatish uchun juda qulay bo’lgan kukunsimon kazein yelimi toza bo’lishi, undan hid kelmasligi kerak. Kazeinli bo’yoq tarkiblarni tayyorlashda, asosan, ishqorga chidamli pigmentlar ishlatiladi.
Qo’shiladigan materiallarning sifatiga qarab kazein yelimi 2 xil: ekstra va oddiy navlarda tayyorlanadi.
Kukun holdagi kazein yelimi bir jinsli, qo’shilmalar aralashmagan va mog’orlamagan bo’lishi kerak. Yelimdan chirigan hid kelmasligi zarur. Bir og’irlik qism yelimga ikki og’irlik qism suv qo’shib, 15-200C haroratda ko’pi bilan bir soat aralashtirilganda barcha bo’laklari erib bitgan bir jinsli eritma hosil bo’lishi kerak. Yelimni quruq joyda saqlash shart. Kazein yelimi asosan fasadlarni bo’yashda ishlatiladi, chunki u juda pishiq, yuvilmaydigan bo’yoq parda hosil qiladi.
O’simlik yelimlari 2 xil bo’ladi: dekstrin va un changi. Dekstrin kraxmalni qayta ishlab olinadi, un changi esa don yanchish sanoatining chiqindisidan olinadi. Ishlatish uchun qulay bo’yoq tarkibi olish uchun 45 g quruq dekstrin, 1 kg bo’r kifoya bo’ladi. O’simlik yelimlari gruntlash, shpatlyovkalash va bo’yoq tarkiblar tayyorlashda, bog’lovchi modda sifatida, shuningdek, gulqog’ozlarni devorga yopishtirishda ishlatiladi.
Sun’iy yelim - sun’iy smolalarning suvdagi eritmasi, ya’ni karboksilmetil sellyulozalari bilan metiltsellyulozalarning suvdagi eritmasidir. Sarg’ish rangli yog’och sellyulozani kimyoviy yo’l bilan qayta ishlashdan hosil bo’lgan mahsulot - karboksilmetil sellyuloza chirishga chidamli, shishish hususiyatiga ega bo’lgan suvda eruvchan smoladir. U yelimli va moyli bo’yoqlar tayyorlashda ishlatiladi.

Download 26.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling