Mavzu: lok-bo‘yoq materiallar o`qituvchi: t f. n., dots. Xabibullayev Sh. A


Download 26.55 Kb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi26.55 Kb.
#1529057
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9.Lok-bo`yoq materiallari

5.Pigmentlar va to‘ldirgichlar
Pigmentlar bo‘yoq tarkiblariga rang berish, fizik-mexanik xossalarini yaxshilash, atmosfera va korroziya muhitiga bardoshliligini oshirish maqsadida qo‘shiladi. Pigmentlar suvda, moyda va boshqa erituvchilarda erimaydigan quruq kukun holdagi dispers sistemalardir. Ular bo‘yoq tarkiblarga rang berishdan tashqari kukun to‘ldirgich vazifasini ham o‘taydi.
Pigmentlar kelib chiqishiga ko‘ra mineral va organik, olinishiga nisbatan tabiiy va sun’iy klasslarga bo‘linadi (2-jadval).
Tabiiy mineral pigmentlar tabiiy tog‘ jinslarini, tuzlarni kukun holatgacha maydalab, elab olinadi.
Sun’iy mineral pigmentlar mineral xom ashyoga termik ishlov berib tayyorlanadi (kuydirilgan oxra, umbra) yoki metall oksidlari asosida olinadi (ruxli belila, titanli belila va boshq).
Belila, ya’ni oq pigmentlar tayyorlash sun’iy pigmentlar ichida kamyobi hisoblanadi.
2-jadval
Pigmentlarning hosil bo‘lish tabiatiga ko‘ra klassifikatsiyasi

P i g m ye n t l a r

Mineralli

Oganik

Metall kukunli

Tabiiy

Sun’iy

Bo‘r
Ohak
Kaolin
Oxra
Mumiya
Umbra
Temirli surik
Marganes perikisi
Grafit

Ruxli belila
Titanli belila
Qo‘rg‘oshinli belila
Quruq litopon
Ruxli kron
Kuydirilgan umbra
Saja
Ruxli bargrang
xrom oksidi
Lazur

Sariq pigment
Och qizil pigment
Qizil pigment
Havo rang pigment
Tabiiy kinovar

Aluminiy pudrasi (upasi)
Rux changi
Oltin rangli bronza

Hozirgi kunda oq pigmentlar ichida titan dioksidi belilasi o‘zining zararsizligi va xususiyatlarining noyobligi bilan ajralib turadi. Litopon va ruxli belila bo‘yoq tarkiblari tayyorlashda keng miqyosda ishlatiladi.
Pigmentlar odatdagi kukun xolatidan tashqari konsentratsiyalangan pasta, emulsiya, mikrokapsula ko‘rinishida olinishi mumkin.
Qo‘rg‘oshinli belila asosida tayyorlangan bo‘yoq tarkiblarni turar joy, ma’muriy, maishiy binolarda ishlatish maqsadga muvofiq emas. Ammo uning yuqori sifatliligi korroziya muhitiga bardoshli bo‘yoqlar tayyorlash va insonlar bilan bevosita kontaktda bo‘lmagan joylarda ishlatishni taqozo etadi.
Pigmentlarning dispersligi, yopuvchanligi, ranglash kuchi, nurga chidamliligi, moy sig‘imi, atmosfera va ishqor muhitiga bardoshliligi ularning asosiy xossalarini va ishlatilish sohalarini belgilaydi.

Download 26.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling