Mavzu: lok-bo‘yoq materiallar o`qituvchi: t f. n., dots. Xabibullayev Sh. A
Download 26.55 Kb.
|
9.Lok-bo`yoq materiallari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pigmentning yopuvchanligi
- Pigmentning nurga chidamliligi
- Pigmentning moy sig‘imi
Pigmentning dispersligi bo‘yoq tarkiblarining xossalarini belgilovchi eng muxim ko‘rsatkichdir. Disperslik ortgan sari pigmentning yopuvchanligi, ranglash kuchi va moy sig‘imi oshib boradi. Pigmentning tarkibi bir-birini to‘ldiruvchi fraksiyalardan iborat, ya’ni polidispers bo‘lsa, bog‘lovchining sarfi kamayadi va sifatli bo‘yoq qoplamasi hosil bo‘ladi.
Pigmentning yopuvchanligi 1m2 yuzani qoplash uchun bo‘yoq tarkibidagi pigment (g) sarfi bilan o‘lchanadi. Pigmentning ranglash kuchi oq pigment bilan aralashtirilganda o‘zining rangli tusini berish qobiliyati bilan belgilanadi. Pigmentlarning yopuvchanligi va ranglash kuchi ularning turiga, tabiatiga hamda dispersligiga bog‘liq bo‘ladi. Pigmentning nurga chidamliligi ultrabinafsha nurlar ta’sirida uzoq muddat rangini saqlab qolish xususiyati bilan ifodalanadi. Odatda tabiiy mineral pigmentlar nur ta’siriga chidamli bo‘ladi, organik pigmentlar esa ultrabinafsha nur ta’sirida vaqt davomida rangi va xususiyatlarini o‘zgartiradi. Pigmentning moy sig‘imi 100g pigmentni pastasimon holatga keltiruvchi olif miqdori (g) bilan o‘lchanadi. Uning moy sig‘imi dispersligiga va kukun donachalarining mikrog‘ovakligiga bog‘liq. Pigmentning atmosfera muhitiga chidamliligi suv, kislorod, nordon gazlar, xo‘llanish va qurishning almashishi, muzlash va erish kabi atmosferada yuz beradigan tabiiy jarayonlar ta’siriga uzoq muddat bardosh berishi bilan belgilanadi. Xususiy xollarda pigmentning ishqor muhitiga chidamliligi talab etiladi, chunki ba’zi pigmentlar ishqor eritmalari ta’sirida rangi va xususiyatlarini o‘zgartiradi. Bunday pigmentlar asosida olingan bo‘yoq tarkiblarni sementli beton va qorishma yuzalarni qoplashda, ishqoriy agressiv muhit mavjud bo‘lgan sanoat korxonalarida ishlatish maqsadga muvofiq emas. Deyarli hamma tabiiy pigmentlar va ko‘pchilik sun’iy pigmentlar (titanli belila, xrom oksidi va boshq) ishqoriy muhitlarga chidamli bo‘ladi. Kislota muhitiga chidamli bo‘lgan xrom oksidi, titanli belila, grafit va boshqalar ushbu muhitlarga bardoshli bo‘ladi. Download 26.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling