Mavzu: Lug`at turlari haqida ma`lumot berish


Download 238.74 Kb.
bet3/5
Sana13.05.2023
Hajmi238.74 Kb.
#1457043
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu

Ensiklopedik lug‘atlarda tabiat va jamiyatdagi narsa-hodisalartarixiy voqea-jarayonlar, buyuk shaxslar, ilm-fandagi kashfiyotlar, davlatlar, shaharlar haqida ma’lumot beriladi. Demak, bu tipdagi lug‘atlarda asosiy e’tibor tildagi so‘zlarga emas, balki shu so‘zlar yoki so‘z birikmalari vositasida nomlangan hodisalarga qaratiladi.

  • Ensiklopedik lug‘atlarda tabiat va jamiyatdagi narsa-hodisalar, tarixiy voqea-jarayonlar, buyuk shaxslar, ilm-fandagi kashfiyotlar, davlatlar, shaharlar haqida ma’lumot beriladi. Demak, bu tipdagi lug‘atlarda asosiy e’tibor tildagi so‘zlarga emas, balki shu so‘zlar yoki so‘z birikmalari vositasida nomlangan hodisalarga qaratiladi.

Ensiklopedik lug‘atlar o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi.

  • Ensiklopedik lug‘atlar o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi.
  • Universal ensiklopediyalar. Bunday lug‘atlarda ishlab chiqarishning, fan, adabiyot, tabiat, jamiyat va hokazolarning barchasiga oid muhim tushunchalar, predmetlar, hodisalar va shu sohalarda tanilgan buyuk shaxslar (olimlar, ixtirochilar, yozuvchilar, shoirlar, davlat arboblariqahramonlar, san'atkorlar) haqida m a’lumot beriladi. «O‘zbek... ensiklopediyasi» (14-jildlik, 1971 — 1980), shu kunlarda yaratilayotgan «O‘zbek milliy ensiklopediyasi» (uning bir necha jildi nashrdan chiqdi) bunga misol bo‘ladi.
  • Soha ensiklopediyalari. Bunday ensiklopediyalarda faqat bir sohaga oid materiallar beriladi: «Zoologiya ensiklopediyasi» (3 jildlik. Tesha Zohidov, 1960—1969), Botanikadan ruscha-o‘zbekcha ensiklopedik lug‘at (Q.Z.Zokirov, H.A.Jamolxonov, 1973) shular jumlasidandir.

Lisoniy lug‘atlarning ob’ekti so‘zlardir. Bunday lug‘atlar so‘zlarning semantikasi, grammatik xususiyatlari, imlosi, talaffuzi, tarixi, taraqqiyoti, kelib chiqishi va hokazolari haqida ma’lumot beradi. Lisoniy lug‘atlarda so‘z ma’nolari, imlosi, talaffuzi, iboralar (frazemalar), xalq maqollari, xullas, til birliklari va filologik tushunchalarga oid ma’lumotlar beriladi. Demak, lisoniy lug‘atlarda til va nutq birliklari, til kategoriyalari haqida ma’lumot berish, maqol va matal kabi janr boyliklarini to‘plash maqsad qilinadi. Lisoniy lug‘atlarning so‘zligida umumlashgan ifodaga ega lug‘aviy (leksik) ma’noli barcha turkumdagi so‘zlar, shuningdek, yordamchi, modal, undov, taqlid so‘zlar, yuklamalar qayd etiladi.

  • Lisoniy lug‘atlarning ob’ekti so‘zlardir. Bunday lug‘atlar so‘zlarning semantikasi, grammatik xususiyatlari, imlosi, talaffuzi, tarixi, taraqqiyoti, kelib chiqishi va hokazolari haqida ma’lumot beradi. Lisoniy lug‘atlarda so‘z ma’nolari, imlosi, talaffuzi, iboralar (frazemalar), xalq maqollari, xullas, til birliklari va filologik tushunchalarga oid ma’lumotlar beriladi. Demak, lisoniy lug‘atlarda til va nutq birliklari, til kategoriyalari haqida ma’lumot berish, maqol va matal kabi janr boyliklarini to‘plash maqsad qilinadi. Lisoniy lug‘atlarning so‘zligida umumlashgan ifodaga ega lug‘aviy (leksik) ma’noli barcha turkumdagi so‘zlar, shuningdek, yordamchi, modal, undov, taqlid so‘zlar, yuklamalar qayd etiladi.

Download 238.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling