Mavzu m Reja
Download 1,2 Mb.
|
2-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi bojxona kodeksiga binoan bojxona organlarining yagona tizimini tarkibiga bu tizimni tashkil etuvchi quyidagi organlar kiritiladi
- PF-6310-sonli
Bojxona xizmati O‘zbekiston Respublikasida bojxona organlarining yagona tizimi sifatida tarkib topgan va faoliyat ko‘rsatadi. Bojxona organlarning yagona tizimi qoidalari bir tomonlanma prinsip bilan bog‘langan bo‘lib bojxona ishlarini tashkil qilish va boshqarishi qoidalariga asoslanadi, bular yagona bojxona siyosati, yagona bojxona xududi, yagona bojxona qonunchiligi, yagona bojxona qiymati asosida yo‘lga solinib borish va iqtisodiy normalari bilan uyg‘ulantirilib borilishini o‘z ichiga oladi. Umuman olganda O‘zbekiston Respublikasi konistitutsiyasi tizimining asosiy qoidalaridan biri bo‘lgan yagona iqtisodiy sohalarni oddiylashtirib aniq belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona kodeksiga binoan bojxona organlarining yagona tizimini tarkibiga bu tizimni tashkil etuvchi quyidagi organlar kiritiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6310-sonli Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining tashkiliy tuzilmasi1: 2.1 –rasm. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining tashkiliy tuzilmasi 2.2–rasm. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasi Bugungi kunda bojxona organlari tizimi va tuzilmasini yanada takomillashtirish, Respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish, investitsion jozibadorlikni oshirish va mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha vazifalar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Bu borada ko‘plab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari va Farmonlar qabul qilinib, ijro etilayotgani so‘zimiz isbotidir. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son, ya’ni “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” Qarori qabul qilindi va 2018 –yil 13-apreldan kuchga kirdi. Huddi shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son’ ya’ni “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmoni e’lon qilindi va 2018 –yil 13-apreldan kuchga kirdi. Bu farmon orqali bojxona ishida juda katta tub o‘zgarishlar va islohotlarga tamal toshi qo‘yildi. Shuningdek hujjatda talon-toroj qilish, mansab vakolatini suiiste'mol qilish va boshqa jinoyatlarni sodir etganlik uchun bojxona organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilganligi va tergov olib borilayotganligi aytiladi. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarini isloh qilishning muhim yo‘nalishlari hisoblanadi:
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlangan:
Farmonning 5-bandiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tuzilmasida shtat birliklarining umumiy soni doirasida quyidagilar tashkil etildi: Download 1,2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling