Mavzu m Reja


Download 1.2 Mb.
bet2/10
Sana20.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1628114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu (1)

Bojxona xizmati O‘zbekiston Respublikasida bojxona organlarining yagona tizimi sifatida tarkib topgan va faoliyat ko‘rsatadi. Bojxona organlarning yagona tizimi qoidalari bir tomonlanma prinsip bilan bog‘langan bo‘lib bojxona ishlarini tashkil qilish va boshqarishi qoidalariga asoslanadi, bular yagona bojxona siyosati, yagona bojxona xududi, yagona bojxona qonunchiligi, yagona bojxona qiymati asosida yo‘lga solinib borish va iqtisodiy normalari bilan uyg‘ulantirilib borilishini o‘z ichiga oladi. Umuman olganda O‘zbekiston Respublikasi konistitutsiyasi tizimining asosiy qoidalaridan biri bo‘lgan yagona iqtisodiy sohalarni oddiylashtirib aniq belgilaydi.

O‘zbekiston Respublikasi bojxona kodeksiga binoan bojxona organlarining yagona tizimini tarkibiga bu tizimni tashkil etuvchi quyidagi organlar kiritiladi:

  • O‘zbekiton Respublikasi bojxona davlat qo‘mitasi (O‘zBDK),

  • O‘zbekiston Respublikasining xududiy bojxona boshqarmalari,

  • O‘zbekiton Respublikasi bojxonasi va bojxona postlari,

  • Bojxona postlarini tashkil etish tartibi, qayta tashkil etish va tugatish.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6310-sonli Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining tashkiliy tuzilmasi1:



2.1 –rasm. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining tashkiliy tuzilmasi

2.2–rasm. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasi
Bugungi kunda bojxona organlari tizimi va tuzilmasini yanada takomillashtirish, Respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish, investitsion jozibadorlikni oshirish va mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha vazifalar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Bu borada ko‘plab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari va Farmonlar qabul qilinib, ijro etilayotgani so‘zimiz isbotidir.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son, ya’ni “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” Qarori qabul qilindi va 2018 –yil 13-apreldan kuchga kirdi. Huddi shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son’ ya’ni “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmoni e’lon qilindi va 2018 –yil 13-apreldan kuchga kirdi.
Bu farmon orqali bojxona ishida juda katta tub o‘zgarishlar va islohotlarga tamal toshi qo‘yildi. Shuningdek hujjatda talon-toroj qilish, mansab vakolatini suiiste'mol qilish va boshqa jinoyatlarni sodir etganlik uchun bojxona organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilganligi va tergov olib borilayotganligi aytiladi.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarini isloh qilishning muhim yo‘nalishlari hisoblanadi: 

  1. bojxona organlarining barcha darajadagi tuzilmalari vazifa va funksiyalarini aniq belgilash hamda taqsimlash, shuningdek, bojxona organlari markaziy va hududiy mahkamalarining samarali faoliyat ko‘rsatishini tashkil qilishda sohaviy tuzilmalarning muvofiqlashtiruvchi roli va uslubiy ko‘magini kuchaytirish; 

  2. bojxona organlari tizimida korrupsiya ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish, xalqning ishonchini mustahkamlash va davlat bojxona xizmati obro‘sini oshirish, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish; 

  3. Oliy harbiy bojxona instituti faoliyatini, yuqori professional ko‘nikmaga, ma'naviy-axloqiy sifatlarga va Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usiga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash, tanlash hamda joy-joyiga qo‘yish tizimini tubdan takomillashtirish; 

  4. tovarlarni noqonuniy olib kirishning asosiy shakllari va uslublari hamda bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlash sxemalari haqidagi ma'lumotlarni aniqlash, o‘rganish va umumlashtirish orqali bojxona to‘lovlarining o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini ta'minlash, byudjyetning daromad qismini oshirish; 

  5. “yalpi” bojxona nazoratini o‘tkazishdan har tomonlama tahlil asosida bojxona nazorati obektlarini aniqlash, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun ma'muriy to‘siqlarni kamaytirish imkonini beruvchi xavfni boshqarish tizimiga o‘tish; 

  6. bojxona nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllari, uslublari va texnik vositalarini tatbiq etish hisobiga Davlat chegara o‘tkazish punktlarida bojxona tartib-taomillarini amalga oshirishning davomiyligini qisqartirish; 

  7. bojxona organlari barcha tarkibiy tuzilmalarining faoliyati va idoralararo axborot almashinuvi samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish

  8. xorijiy davlatlarning bojxona organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, bojxona ishi sohasida ilg‘or tajribani, xalqaro norma va standartlarni tizimli o‘rganish va joriy qilish. 

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlangan: 

  • bojxona organlarining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha institutsional o‘zgarishlar, ularning vazifa va funksiyalarini optimallashtirish; 

  • bojxona organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash; 

  • bojxona nazorati samaradorligini oshirish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish

  • samarali idoralararo hamkorlikni ta'minlash; 

  • kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, bojxona organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish. 

Farmonning 5-bandiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tuzilmasida shtat birliklarining umumiy soni doirasida quyidagilar tashkil etildi:


Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling