Mavzu m Reja


Bojxona organlarining intizomiy ustavi


Download 1.2 Mb.
bet6/10
Sana20.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1628114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu (1)

2.3


Bojxona organlarining intizomiy ustavi

O‘bekiston respublikasi bojxona organlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 apreldagi 3665-son qarori 10-ilovasi bilan “O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarining intizomiy ustavi” tasdiqlangan. Mazkur ustav 8 bob va 64 banddan iborat bo‘lib, u o‘z ichiga quyidagilarni oladi:



  • 1-bob. Umumiy qoidalar;

  • 2-bob. Xodimlarning odob-ahloq qoidalari;

  • 3-bob. Boshliqlar va xodimlarning o‘zaro munosabatlari;

  • 4-bob. Rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralari;

  • 5-bob. Boshliqlarning rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha vakolatlari;

  • 6-bob. Rag‘batlantirish choralarini qo‘llash;

  • 7-bob. Intizomiy jazo choralarini qo‘llash;

  • 8-bob. Boshliqning harakatlari ustidan shikoyat qilish.

“Mazkur Intizomiy ustav bojxona organlarining barcha mansabdor shaxslariga tatbiq etiladi.

  • Xizmat intizomi har bir xodimni quyidagilarga majbur qiladi:

  • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilish, O‘zbekiston Respublikasi DBQ hay’ati qarorlarida belgilangan talablarni, O‘zbekiston Respublikasi DBQ raisining buyruq, farmoyish va ko‘rsatmalarini qat’iy bajarish;

  • bojxona organi xodimining qasamyodiga sodiq bo‘lish, «Xalq manfaatlariga xizmat qilish» degan o‘zining xizmat burchini so‘zsiz bajarish;

  • fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, samarali bojxona nazoratini ta’minlash, kontrabandaning oldini olish, bojxona qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish;

  • ishonib topshirilgan tabelь quroli, mol-mulk va texnikani asrab-avaylash;

  • hushyor bo‘lish, davlat va xizmat sirini qat’iy saqlash;

  • xodimlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar qoidalariga amal qilish, boshliqlar va hamkasblarni hurmat qilish;

  • doimiy ravishda o‘z bilim va kasbiy ko‘nikmalarini takomillashtirib borish, malaka va huquqiy madaniyatini oshirish;

  • xizmatdan tashqari holatlarda o‘zini munosib ravishda tutish, jamoat tartibi va odob-ahloq qoidalariga amal qilishda namuna bo‘lish”2.


Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling