Mavzu m Reja


-rasm. Masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona postlarining namunaviy tuzilmasi


Download 1.2 Mb.
bet5/10
Sana20.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1628114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu (1)

2.6-rasm. Masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona postlarining namunaviy tuzilmasi
Bojxona kompleksi boshlig‘ining o‘rinbosari, navbatchilar boshlig‘i hisoblanib, guruhining navbatchilik qismi tuguganida keyingi navbatchilik davrigacha o‘z guruhi bilan u ham almashadi.
Bojxona organlari hodimlari ham davlatning boshqa xuquq-targ‘ibot organlari kabi o‘zining boshqaruvchi tarkiblariga ega bo‘lib u, to‘rt boshqaruvchi tarkibni o‘z ichiga oladi. Unga asosan bojxona hodimlarining bo‘ysinish pog‘onalari ham ishlab chiqilgan bo‘lib, uni organ sifatida shakllanganligidan dalolat beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son’ ya’ni “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” qaroriga asosan quyidagilar:

  • O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining tashkiliy tuzilmasi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari va «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshqaruv apparatlarining namunaviy tuzilmasi;

  • chegara bojxona postlarining namunaviy tuzilmasi;

  • tashki iqtisodiy faoliyat bojxona postlarining namunaviy tuzilmasi;

  • Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari va «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi apparatlari shtatlarining cheklangan soni;

  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining bojxona postlari ro‘yxati;

  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining faoliyati tugatilayotgan bojxona postlari ro‘yxati;

  • O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi Nizom;

  • O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining Intizomiy ustavi;

  • 2018 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha

«Yo‘l xaritasi» (keyingi o‘rinlarda Yo‘l xaritasi deb yuritiladi) tasdiqlangan.
Hujjatning 3-bandiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining (mutaxassis, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) umumiy cheklangan shtatlar soni 4 248 nafar, shu jumladan Qo‘mita markaziy apparati xodimlarining soni 240 nafar etib belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son, ya’ni “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmoniga ko‘ra 26-yanvar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati xodimlarining kuni etib belgilandi. 
Bojxona organlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 16-sentabrdagi 263-son qarori, ya’ni “Bojxona organlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qabul qilingan va 2011 yil 16-sentabrdan kuchga kirgan hujjat yanada asoslab, takomillashtirib bergan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2-noyabrdagi PQ-3995-son, ya’ni “O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori va 2018-yil 11-noyabrdan kuchga kirgan va bu qonun hujjati malakali va halol kadrlar tayyorlash tizimida tub islohotlarga sabab bo‘ldi.
Bojxona organlari mansabdor shaxslarining lavozimlari:
Serjantlar tarkibi:

2. Kichik ofitserlar tarkibi:

3. Katta ofitserlar tarkibi:

4. Generallar tarkibi:

  • Bojxona xizmatining general-mayori

  • Bojxona xizmatining general-leytenanti

  • Bojxona xizmatining general-polkovnigi


Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling