Mavzu m Reja


Bojxona organlaridagi qat’iy intizomga


Download 1.2 Mb.
bet7/10
Sana20.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1628114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu (1)

Bojxona organlaridagi qat’iy intizomga:

  • Bojxona organlari shaxsiy tarkibini vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-ruhiy va ishchanlik fazilatlari, insonparvarlik va xizmat burchini bajarishga ongli munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash, qasamyodga rioya qilish;

  • Ustav tartibini saqlash;

  • Qonuniylikka so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash;

  • Boshliqlarning o‘zlariga bo‘ysunuvchilarga nisbatan kundalik talabchanligi, ular to‘g‘risida doimiy ravishda g‘amxo‘rlik qilishi, ularning shaxsiy qadr-qimmatini hurmat qilishi, ishontirish va majbur qilish chora-tadbirlarini mohirlik bilan qo‘shib olib borish va to‘g‘ri qo‘llash orqali erishiladi.

Boshliq o‘ziga bo‘ysunuvchilar o‘rtasida intizomning ahvoli uchun javob beradi. U O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, respublika hukumatining qarorlari va farmoyishlariga, qasamyod va mazkur Ustav talablariga, ahloq normalariga rioya qilishda ularga doimiy ravishda namuna bo‘lishi, bo‘ysunuvchilarda xizmat burchini, sha’n va qadr-qimmatni anglashni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, tashabbusni, xizmatda tirishqoqlik va o‘zini ko‘rsatishni rag‘batlantirishi hamda dangasa va ishyoqmaslarni qattiq jazolashi kerak.
Boshliqlarning asosiy e’tibori bo‘ysunuvchilarning individual sifatlarini o‘rganishga, ular o‘rtasidagi Ustavga oid o‘zaro munosabatlarni qo‘llab-quvvatlashga, jamoani jipslashtirishga, bo‘ysunuvchilarning qilmishlari sabablarini o‘z vaqtida aniqlash va ularning oldini olishga, intizomni buzuvchilarga nisbatan murosasizlik munosabatini yaratishga qaratilishi kerak. Bunda u jamoaning ta’sir kuchidan har tomonlama foydalanishi shart.
Bo‘ysunuvchi tomonidan intizom buzilgan taqdirda boshliq bunday harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risida ogohlantirishi, sodir etilgan qilmishning og‘irligiga va aybdorlik darajasiga ko‘ra esa aybdorni intizomiy jazoga tortishga yoki xodimning qilmishi to‘g‘risidagi materiallarni ko‘rib chiqish uchun or-nomus o‘rtoqlik sudiga berishga haqlidir.
Bojxona organlarining intizomiy jazoga tortilgan xodimlari, basharti ularning harakatlarida huquqni buzish tarkibiga kiruvchi belgilar mavjud bo‘lsa, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortishdan ozod qilinmaydi.
Rag‘batlantirishni va intizomiy jazoni faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshliqlargina qo‘llashlari mumkin. Bojxona organlari mansabdor shaxslari xizmat bo‘yicha bo‘ysunadigan boshliqlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshliqlar hisoblanadi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling