Mavzu m Reja
Bojxona organlaridagi qat’iy intizomga
Download 1,2 Mb.
|
2-mavzu (1)
Bojxona organlaridagi qat’iy intizomga:
Boshliq o‘ziga bo‘ysunuvchilar o‘rtasida intizomning ahvoli uchun javob beradi. U O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, respublika hukumatining qarorlari va farmoyishlariga, qasamyod va mazkur Ustav talablariga, ahloq normalariga rioya qilishda ularga doimiy ravishda namuna bo‘lishi, bo‘ysunuvchilarda xizmat burchini, sha’n va qadr-qimmatni anglashni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, tashabbusni, xizmatda tirishqoqlik va o‘zini ko‘rsatishni rag‘batlantirishi hamda dangasa va ishyoqmaslarni qattiq jazolashi kerak. Boshliqlarning asosiy e’tibori bo‘ysunuvchilarning individual sifatlarini o‘rganishga, ular o‘rtasidagi Ustavga oid o‘zaro munosabatlarni qo‘llab-quvvatlashga, jamoani jipslashtirishga, bo‘ysunuvchilarning qilmishlari sabablarini o‘z vaqtida aniqlash va ularning oldini olishga, intizomni buzuvchilarga nisbatan murosasizlik munosabatini yaratishga qaratilishi kerak. Bunda u jamoaning ta’sir kuchidan har tomonlama foydalanishi shart. Bo‘ysunuvchi tomonidan intizom buzilgan taqdirda boshliq bunday harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risida ogohlantirishi, sodir etilgan qilmishning og‘irligiga va aybdorlik darajasiga ko‘ra esa aybdorni intizomiy jazoga tortishga yoki xodimning qilmishi to‘g‘risidagi materiallarni ko‘rib chiqish uchun or-nomus o‘rtoqlik sudiga berishga haqlidir. Bojxona organlarining intizomiy jazoga tortilgan xodimlari, basharti ularning harakatlarida huquqni buzish tarkibiga kiruvchi belgilar mavjud bo‘lsa, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortishdan ozod qilinmaydi. Rag‘batlantirishni va intizomiy jazoni faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshliqlargina qo‘llashlari mumkin. Bojxona organlari mansabdor shaxslari xizmat bo‘yicha bo‘ysunadigan boshliqlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshliqlar hisoblanadi. Download 1,2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling