Mavzu. Madaniy boyliklar va muhofaza qilish tushunchasi. Mavzuga oid boshqa asosiy tushunchalar


Download 207.3 Kb.
bet2/3
Sana13.04.2023
Hajmi207.3 Kb.
#1350338
1   2   3
Bog'liq
1-мавзу ТМК (1)

«Madaniy boyliklar» tushunchasi. U ajdodlardan avlodlarga vorisiylik asosida yetib kelgan, insoniyatning buguni va kelajagi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan moddiy va ma’naviy boyliklar, butun insoniyat mulkini tashkil etmehi buyuk madaniy va tabiiy yodgorliklarni ifodalaydi. U xalqning, millatning asrlar mobaynida yozma manbalar va xalq og‘zaki ijodida ifodalangan, obyektivlashgan va subyektivlashgan narsa va buyumlarda aks ettirilgan moddiy, ma'naviy faoliyat mahsulidir. Unda bilim, tajriba, dunyoqarash, ma'naviyat va ma’rifat uyg‘un tarzda muhrlangan. YUNESKO tashkiloti 1972-yilda jahon madaniy va tabiiy yodgorliklarini saqlash to‘g‘risidagi konvensiyani qabul qilgan (1975-yildan kuchga kirgan). Jahon Madaniy boyliklari ro‘yxatiga jami 721 ta madaniy va tabiiy yodgorliklar kiritilgan. Ular ora- sida 0‘zbekistondagi Xiva (Ichan qal’a), Buxoro, Shahrisabz va Samarqandning tarixiy markazlari ham bor.
Yodgorlik va ta ’mirlash tushunchasining shakllanishi
Ma’lumki, har qanday tarixiy obidadan o‘z vaqtida vazifasiga ko’ra foydalanilgan, keyinchalik saqlanib kelingan. Buzilganbo‘lsa, tuzatilgan; ba’zan qayta tiklangan. Qadimda obidalarga nisbatan tarixiylik hissiyoti rivoj topmagan edi. Tarixiy obidalarni qayta qurishda ko‘pchilik ustalar eskisini buzib, yangisini qurishgan. Ba’zan ulardan eski qurilish ashyosi sifatida ham foydalanilgan. Tarixiy binolarni obida sifatida asrab-avaylash uyg'onish davrida taraqqiy etdi. Biroq obidalar bu davrda ham yetarli darajada qadrlanmadi. Masalan, Rimdagi Kolizey binosidan qurilish ashyosi sifatida foydalanish faqat XVII asrdagina to'xtatilgan. Ba’zi obidalardan esa hamisha foydalanib kelingan.
Masalan, Rim ibodatxonasi Panteon VII asr boshidayoq cherkovga aylantirildi. Antik obidalarga bolgan munosabatning ijobiy o‘zgarishi XVII asrga to ‘g‘ri keldi. U davrda tabiiy fanlar rivojlandi. Fandagi ilmiy tavsiflash tamoyillari tarixga, xususan, san’at tarixiga ham tatbiq etildi. O‘sha vaqtgacha antik qurilmalarni o‘rganish faqat o‘sha davrning o’z muammolarini hal etish uchungina olib borilar edi. Endilikda obidaga o‘ziga xos tarixiy qimmatga ega narsa sifatida qaraldi. Bu esa zamonaviy qarashga juda yaqin edi. XVIII asr oxiridan boshlab Rim shahri forumida ham shunday qazuvlar olib borildi.
Olimlar ta'mirning uch xilini ajratadi:
1. Arxeologik ta ’mir (antik yodgorlik uchun, o‘ta aniqlik talab etildi).
2. Erkin ta’mir {o‘rta asr yodgorliklari uchun, qismlari mutlaqo saqlanmagan bo‘lsa ham, bo'lmaganligi begumon bo‘lsa, tiklanadi).
3. Arxitekturaviy tamir (Uyg'onish va undan keyingi davrlardagi yodgorliklar uchun, obidalardagi tartiblilik, muntazamlilik yo'qolgan holda qismlari yetarli miqdordagi aniqlik bilan tiklanadi).
Anastiioz deb asl tosh qurilmalar va qismlarini o‘z joyiga qo‘yish nazarda tutiladi. U yirik tosh bloklaridan ishlangan antik binolarda qoilanildi. Qo‘shimcha miqdori asl qismlami okz o‘miga okrnatish zarurligidan kelib chiqadi. Anastiloz iborasi XX asr boshida Afina akropolini ta’mir etgan Nikolay Balattos tomonidan ishlatilgan.

Arxitektor B.Zasipkin yodgorlikni me’moriy-arxeologik uslubda o'rganishga alohida e’tibor berdi. O‘rta Osiyo obidalarini tiklashda B.Zasipkin yodgorlikni o‘rganishda me’moriy-arxeologik uslubda o'rganishga alohida e’tibor berdi. O‘rta Osiyo obidalarini tiklashda B.Zasipkinning xizmatlari bor. U:«...ko‘pincha saqlangan qismlarni aniqlash va uni mustahkamlash bilan kifoyalanadi. Ba’zan esa oddiygina ochib qo‘yiladi, ya’ni keyingi qatlam lardan tozalanadi», - deb yozgan edi. I.Grabar va B.Zasipkin arxeologik ta’mirlashning prinsiplarini amalda sinadilar.



Download 207.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling